II-BOB. UY-JOY FONDIGA XIZMAT KO’RSATISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH.
2.1 Mexmonxona xizmatlari.
Respublikamiz shaharlarida mehmonxonalar xizmatlari xizmat ko’rsatish sohasining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shu bois uni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Mehmonxonalar boshqa shaharlardan kelganlar uchun vaqtinchalik yashash joyi hisoblanadi. Mehmonxonalarda yashashning maksimal muddati 60 sutka.Taklif qilinadigan qulayliklar, xona (nomer)larning soni, mebel va tele-radio apparatura bilan jihozlanganligi va hokazo xizmatlarga qarab – uch, to’rt va besh yulduzli mehmonxonalarda ijtimoiy-madaniy xizmat turlari mavjud. Shu sababli, yulduzli mehmonxonalarda mintaqaviy va dunyo miqiyosidagi yig’inlar: konferenstiyalar, simpoziumlar, anjumanlar va hokazo tadbirlar (konsertlar) ham o’tkaziladi.
Zamonaviy mehmonxonalarni jihozlashda ortiqcha jihozlar (buyumlar) bo’lmasligi kerak, aksincha oddiy va ko’rkam (nafis) shakllar dizaynini qo’llashga intilish tavsiya etiladi.
Turizm rivoj topishi bilan, ayniqsa, xorijdan kelgan mehmon turistlarni mahalliy aholining ijtimoiy turmushi va uning yashab turgan manzillarida qadimiy me’moriy yodgorliklar va eski tipdagi turar-joy binolaridagi turmush tarzi, ishlatilgan qurilish materiallari, xonadonlar tarxi hamda mahalla choyxonasiga bo’lgan qiziqishlari yuqori darajada desak, mubolag’a bo’lmaydi. Shu bois, qurilishi eski tarxda bo’lgan mahalla xonadonlarida mehmonxonalar tashkil etishni tashabbuskor tadbirkorlar o’z zimmalariga olganlar. Bunday mini mexmonxonalar: Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Xiva va Shahrisabz shaharlarida mavjud. Ular xizmatidan mahalliy aholi ham foydalanmoqda. Umuman, ushbu sohada tadbirkorlik respublikamizda avj olmoqda.
Zamonaviy kompyuterlarni qo’llanilishi mehmonxona xo’jaligining boshqarish tizimini, ya’ni kompyuter ma’lumotlari markazini tashkil etishga imkon beradi. Ushbu tizimga shahar mehmonxonalarining jamg’armasi amal qiladi va tizim xizmatiga muhtoj bo’lgan tashkilot va jismoniy shaxslar murojaat qilib, ehtiyojlarini qondiradilar.
Mehmonxona xo’jaligida bunday tizimni joriy etilishi ayniqsa, iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilaydi, fuqarolarni mehmonxonada joy olishga sarflagan vaqtini tejaydi, xo’jalik boshqaruvi va buxgalteriya hisob-kitobi sifatini oshiradi.
Mehmonxona xo’jaligida kompyuterlar: arizalarga ko’ra joylarni zahiraga olish va bekor qilish, mehmonxonalar jamg’armasida joylarni taqsimlash, ularning ma’lum bir muddatga bo’shligi to’g’risida ma’lumot olish va istiqomat qiluvchilarning buxgalteriya bilan hisob-kitob ishlarini yaxshilash, ta’mirlash-tiklash ishlari rejasini tuzish va hokazo kabi vazifalarni bajaradi.
Kompyuter ma’lumotlari markazini abonentlar bilan bog’lovchi aloqani bir yoki ikki yoqlama sxemada bajarilishi mumkin.Ikki yoqlama sxema ma’lumotlarni abonentdan kompyuterlar tomon va unga teskari yo’nalishda tashkil etadi. Bir yoqlama sxema abonentdan markazga kelayotgan ma’lumotlarni yig’ish uchun yoki aksincha, abonentga markazdan axborotni yuborish uchun qo’llaniladi.
Ma’lumotlar markazini tarkibiga: buyurtmalar byurosi, markaziy dispetcher xizmati, markaziy ma’lumotnoma xizmati, ma’muriy-xo’jalik va buxgalteriya xizmati hamda mehmonxona g’aznasi kiradi.
Ma’lumotlar markazining ikki yoqlama sxema aloqasiga ega bo’lgan abonentlar operatorga qulay va zarur bo’lgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va chiqarishni ta’minlaydi, shuningdek, mazkur hujjatlarni tezkorlikda to’ldirish imkonini beruvchi uslub bilan ish olib boriladi.
Kompyuter tizimida faoliyat ko’rsatadigan barcha mehmonxonalarda, shuningdek, doimo mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda buyurtmalar byurosi mavjud. Buyurtmalar byurosining asosiy vazifasi mehmonxona o’rinlarini zahiraga olishdan iboratdir.
Mehmonxonalarning buyurtma byurosi ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga mehmonxonaning zahiraga olingan o’rni uchun mijoz (mehmon)dan olinishi kerak bo’lgan mablag’ning miqdori to’g’risida so’rovnoma shakllantiradi.
Mijozlarni arizalari bo’yicha mehmonxona o’rinlarini zahiraga oluvchi maxsus buyurtmalar byurosining faoliyati maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mehmonxona g’azna (kassa)larini aholi ko’p bo’lgan joylarda: temiryo’l va avtobus vokzallari, aeroportlar va shular kabi hokazo gavjum joylarda joylashtirilishi tavsiya etiladi. G’aznalar ma’lumotlarni kompyuter markazi bilan ikki yoqlama aloqa orqali bog’lagan bo’ladilar. G’azna abonentlari bo’lib mehmonxonalarga joylashish ehtiyojida bo’lgan mehmonlar hisoblanadi. Agar ariza topshirilganida mehmonxonada bo’sh o’rin bo’lmasa, kompyuter ushbu arizani "elektron navbat"ga qo’yadi. Arizalari navbatga qo’yilgan mijozlar telefon orqali ushbu arizalarni bajarish vaqtini bilishlari mumkin.Markaziy ma’lumotnoma xizmati barcha mehmonxonalarning joriy va istiqbolda joylar bilan to’lishi va zahiraga olish to’g’risidagi ma’lumotlarni tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlardan mehmonxona xo’jaligi, tashkilotlar va jismoniy shaxslar ham foydalanadilar.
Mehmonxonalar qurilishi bo’yicha turar-joy binolaridan deyarli farqlanmaydi. Ularni tarx(plan)lash o’ziga xos xususiyatga ega: nomerlarning eshigi koridorli uzun yo’laklar, xollar, vestibyullar bo’lishi kerak. Muhandislik asbob-uskunalari: issiq va sovuq suv, kanalizastiya, ventilyastiya, sun’iy yoritish, liftlar, radio va televideniye, yong’inga qarshi signalizatsiyadan iborat. Bularning barchasi uy-joy binolariga o’xshash. Mexmonxonalarni joriy va mukammal ta’miri ham xuddi uy-joy binolari singari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |