1.1 Kommunal xizmatlar.
Kommunal xo’jalikda ikki guruh sifat ko’rsatkichlari mavjud:
aholiga xizmat ko’rsatish;
kommunal xo’jalik korxonalarini ekspluatatsiya qilish (foydalanish).
Birinchi guruh ko’rsatkichlari uy-joy-kommunal xizmat korxonalarining har birini faoliyat turini sifatini tavsiflaydi.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajalarini, mehnat samaradorligini, mehnatni mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar malakasini va h.k. tavsiflaydi.
Kommunal xizmatda asosan 4 xizmat turi mavjud. Bular:
Alohida olingan shaxsga emas, balki shaharning barcha aholisiga ko’rsatiladigan xizmatlar. Bularga ko’chalar va yo’llarni, maydonlar, hiyobonlarni saqlash, ko’chani yoritishi, yo’l-ko’prik xo’jaligi, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, muhandislik inshootlari va moslamalari kiradi.
Uy-joylarni ichki qismiga ko’rsatiladigan xizmatlar. Bularga zinapoyalar, liftlar, axlat tashlanadigan quvurlar, umumiy teleantenna, turar joyga tutashgan hudud, daraxtlar va gullar ekilgan maydonchalar, cherdaklar, tashqi yoritish, bolalar maydonchalari, trotuarlar, irrigatsiya inshootlari va h.k. kiradi.
Xonadon ichkarisida ko’rsatiladigan xizmatlar: sovuq va issiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish, gaz ta’minoti, telefon aloqasi xizmatlari, radio- televideniya.
Shahar jamoat transporti xizmatlari, ushbu xizmatlarni uchinchi guruhga kiritish mumkin, sababi ular o’ziga hos xususiyatga ega. Biroq, ushbu xizmatlar ham
jamoat xizmatlari hisoblanadi, sababi aholiga shaharning markazlashtirilgan muhandislik tizimlari xizmat ko’rsatadi.
Kommunal xizmatlar sohasida talab va taklif mexanizmi yo’q. Bu quyidagilar yordamida izohlanadi:
Birinchidan, bu iste’molning zaruriyligi va kam uchraydigan tavsifga egaligi, ya’ni narx oshishi yoki pasayishidan qat’iy nazar, iste’mol qilinadigan xizmatlardan voz kechib bo’lmaydi, ularni kamaytirib bo’lmaydi.
Buning teskarisi bo’lishi ehtimoli ham mavjud, ya’ni iste’molchi kiyim- kechak, oziq-ovqat va boshqa sarflarni kamaytirsa ham, issiq va sovuq suv, issiqlik, gaz va elektr energiyasi iste’molini kamaytirmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, narxlarning o’zgarishi kommunal xizmat iste’moli hajmiga o’z ta’sirini ko’rsatmaydi.
Ikkinchidan, kommunal xizmatlarni tovardan farqlantiruvchi xossalari – ularning hammabopligi va ehtiyoj sezilganda hamma vaqtda iste’mol qilinishi. Demak, xizmatlarning uzluksizligi va ishonchliligi turar joylarni shinam va qulay qiladi. Narxlarning o’zgarishi holatlarida xizmatlar hajmini cheklanishi narxlarni aholini ijtimoiy kamsitilishi instrumentiga aylantiradi.
Uchinchidan, iste’molni to’liq xajmda ta’minlash imkoniyati, bu iste’molni to’yinganlik hususiyati hisoblanadi - bu esa kommunal xizmatning muhim ko’rsatkichidir.
Muhandislik jihozlari tizimsi azaldan u yoki bu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar haqiqiy iste’molga to’g’ri keladigan qilib hisoblangan. Shuning uchun kommunal xizmatlar bozori qancha xizmat ko’rsatilganidan qat’iy nazar doimo muvozanatda bo’ladi.
Yuqorida qayd qilingan sabablarga ko’ra kommunal sohada narxlar o’zini obyektiv xarakterini yo’qotadi va bozorni o’z-o’zini tartibga solishni mezoni bo’la olmaydi (kuzata olmaydi, o’lchay olmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |