Ximiyaviy tarkibiga ko`ra yoqilg`i shartli ravishda uchta guruhga bo`linadi.
Birinchi guruhga malum, uziga xos ximiyaviy tarkibga ega, moddalardan hosil bo’lgan yoqilg`ilarni kiritish mumkin bo`ladi. Misol uchun barcha gazsimon yoqilg`i turlari xar xil CO, CO2, CH4, C2H6, H2, N2 gazlardan, namlikdan va chang zarrachalaridan iborat.
Ikkinchi guruhga, asosan murakkab tuzilishga va xar xil molekulyar massaga ega uglevodorod birikmalaridan iborat yoqilg`ilarni kiritish mumkin. Misol uchun: neftdan haydash yo`li bilan olingan suyuq yoqilg`ilar, xar xil uzunlikka ega uglevodorod zanjiridan iborat uglevodorod birikmalaridan tashkil topgan.
Uchinchi guruhga nomalum tuzilishga ega yoqilg`ilarni kiritish mumkin. Bunday yoqilg‘larga qattiq holatdagi yonuvchi qazilmalar mansub.
Iste’molchilarga yuborilayotgan barcha turdagi yoqilg`ilar, O`zbekiston Rsspublikasi Davlat Standarti (O`zDavSt) bilan o`rnatilgan texnikaviy talablar yoki texnikaviy sharoitlarga javob bernshlari lozim.
O`zDavSt tarafidan nazarda tutilgan yoqilg`ilarni tekshirish usullari sifatini baholash, undan foydalanganda oqilova usullarni qo`llash va ayrim yoqilg`ilar xossalarini, oldindan berilgan yoki o`rnatilgan ko`rsatkichlar bilan solishtirishga muljallangan. Yoqilg`ini tekshirish petrografik guruhli, termik, element va texnik usullari yordamida o‘tkaziladi.
Petrografik tahlil qattiq. yoqilg`i unsurlarining minerealogik tuzilishini o`rganadi.
Guruhli tahlilda yoqilg`ilarning ximiyaviy tarkibi aniqlanadi. Usulning moxiyati, malum ximiyaviy reagentlar va erituvchi yordamida yoqilg`ilardan xar xil ximiyaviy birikmalarini ajratib olishdan iborat.
Termik taxlilda t=450-500 oC haroratda yoqilg`ining ximiyaviy tabiati aniqlanadi.
Element taxlilda yoqilg`ida ayrim tashkil qiluvchilar: uglerod C, vodorod H, azot N, kislorod O va oltingugurt S %da massaviy miqdorining aniqlanishi utkaziladi. Bu vaziyatda yoqilg‘i ayrim elementlar yoki unsurlardan nborat mexanikaviy aralashma sifatida berilishi mumkin.
Usulning mohiyati yoqilg`ining malum miqdorini kup miqdorda olingan ortiqcha kislorodni tejamli yoqishdan va bunda hosil bo’lgan yonish mahsulotlari maxsus yutgichlar bilan yutilishdan iborat. Yutgichlarnish sarfiga ko`ra unsurlarning miqdori aniqlanadi. Yutgichlarni guruhli termik va element taxlillari maxsus jixozlangan ilmiy tekshirish tajriba xonasida o‘tkaziladi. Yoqilg‘idan foydalanadigan korxona tajriba xonasida texnikaviy taxlil deyiladigan yoqilg`ini eng oddiy tekshirish qo`llaniladi. Texnikaviy taxLilda yonish issiqligi va uning texnologik qayta ishlanishi mumkinligi to`g`risida ma’lumot beruvchi tavsiflari aniqlanadi. Barcha yoqilg`i turlarini texnnkaviy taxlilini utkazish usullari standartlashtirilgan va tegishli O`zDavST larda keltirilgan.
QATTIQ YOQILG`INING TEXNIKAVIY TAXLILI.
Qattiq yoqilg`ining texnikaviy taxlilida yonish issiqligi va undagi namlik miqdori, uchuvchan moddalarning ajralib chiqishi, toblangan tavsiflari va yoqilg`ini boshqa sifat kursatkichlari aniklanadi. Yoqilg`ining o`rta namunasini olish. Yoqilg`ining o‘rta namunasini namoyonli olish katta ahamiyatga ega, chunki bitta yoqilg`ini har xil muayyan miqdori bir xil bo‘lmagan xossalarga ega bo`lishi mumkin.
O`rta namuna ushbu yoqilg`ini barcha afzalliklarini va kamchiliklarini yaqqol namoyon etish va namoyonli bo`lish lozim. Namuna olinishi malum vaqt davomida (vaqtda ko`ra olish) yoki yoqilg`ini bir xil bab-baravar miqdorini har bitta vagondan, malum vagonetkalar soni bilan aniqlanishi mumkin bo`ladi. G‘aramdan urta namuna olishda g‘aramda bab-baravar taqsimlangan joylar tanlanadi va g‘aramning ustki qismidan chukurligi 0.3 m ni tashkil qiladigan joydan yoqilg`i olinadi. Misol uchun 3.1-rasmda g‘aramdan yoqilg`i namunasini olish joyining joylashish chizmasi keltirilgan. Birlamchi namuna uchun 0.5 dan 1 t gacha yoqilg`i miqdori olinadi. Bu yoqilg`i miqdori maydalanganda va aralashtirilgandan sung balandligi 8-10 sm kvadrat shaklida bab-baravar qatlamga taqsimlanadi. Ikkita qarshi qismlar olib tashlanadi; qolgan yoqilg`ining ikkita qismi esa, yana aralashtiriladi va qo`shimcha maydalashdan so‘ng xuddi shunday yoqilg`ini o`rtalash operatsiyasi bajariladi. Yoqilg`ini o`rtalash operatsiyasi 3 kgga yaqin miqdorda namuna qolguncha takrorlanaveradi. Qoldiq ikkita idishga yaxshi yopilib joylashtiriladi; birinchi idish taxlil uchun tajribaxonaga yuboriladi, ikkinchisi esa ushbu yoqilg`ini nazorat qilish uchun qoldiriladi. Tajriba sinovlariga tanlab namunani ishlanishda tashqi namlikni xalos qilish maqsadida yoqilg`i quritiladi hamda maydalanadi. O`zDavSt ga ko`ra analitik namunada yoqilg`i zarrachalarining o`lchami 0,2 mm dan oshmasligi lozim. Analitik namunalarni tayyorlashda tezkor usulni tavsiya etish mumkin. Bunda massasi 500 gr dan kam emas tajribaxona namunasini quritish shkaf idishiga 10 mm dan yuqori bo‘lmagan qalinligida qatlam joylashtiriladi va quritish shkafida 15 minut davomida 130±5°C haroratda bajariladi.
Yonish issiqligini aniqlash UzDavst. 147 95 Yoqilg`ining yonish issiqligini aniqlashda yoqilg`ining uncha ko`p bo’lmagan namunasida, kalorimetrik qurilmada, siqilgan kislorod muhitida yoqish bilan aniqlanadi (3.2-rasm). Kalorimetrik qurilmaga kalorimetrik bomba deb ataladigan pulatdan yasalgan idish o‘rnatiladi (3.3-rasm). Bombaning ichiga 0,8-1,5 gr. massaga ega briketli yoqilg`i tigelda joylashtiriladi. Kalorimetrik bombaga 10 ml distillangan suv quyiladi. Yig‘ilgan holda bomba 25-30 bar bosimga ega kislorod bilan to‘ldiriladi va u suv to`ldirilgan idishga (kalorimetrga) o‘rnatiladi. Bombaning klemmalariga elektr toki manbai ulanadi. Zanjir ulanganda, briketga presslangan simcha orqali elektr toki o‘tib, simni va sinalayotgan yoqilg`ining briketini yondiradi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan issiqlik bombaning devori orqali kalorimetr idishi suviga utadi. Tajriba vaqtida aylantirgich uzluksiz idishdagi suvni aralashtirib turadi.
3.1.-rasm. G‘aramdan yoqilg`i namunasini olish joyining joylanish chizmasi.
1-7-namuva olish joylari.
Kalorimetrda maxsus termometr yordamida, suvdagi haroratning o`zgarishi aniqlanadi. Tajriba vaqtida suvning tuliq haroratining o`zgarishi odatda 4o gradusga yaqin. Yoqilgan yoqilg`idan ajralib chiqqan issiqlikning bir qismi kalorimetr qurilmaning elementlarini isitishga sarflanadi. 1°C harorat ko‘tarilishida ajralib chiqqan issiqlik suv va kalorimetrik qurilmalarni elementlari bilan yutilgani qurilmaning «suv ekvevalenti» deb aytiladigan bir necha suvning ekvivalent miqdori bilan qoplanadi.
Suv ekvalenti deb, suvning massali miqdoriga aytiladi uning issiqlik sitimi, kalorimetrik tizimining issiqditga, un dagi suvga, kalorimetrik bombaning ichidagiga, aralashtirgichga vg ma’lum satxda tushirilgan termometrning issiqlik chfhmhhhhi yigipdisiga tsng. Kalorimetrik qurilmaning suv ekvalenti ma’lum yonish issiqligiga eta standart benzoy kislotaning bombadg yoqish yo`li bilan qoplanadi.
3.2-rasm. Kalorimetrik qurilma:
1-kalorimetrik bomba; 2- tashqaridagi idish; 3-aylantirgich; 4- kalorimetrik idish; 5-elektr yuritgich; 6,7- elektr tok manbaiga ulanadigan klemmalar; 8-metastatik termometr; 9-tutgichlar; 10-ushlab turuvchilar; 11-qopqoq
Aniqlanayotgan yoqilg`ining massasini, qurilmaning suv ekvivalentini va suvning harorati o`zgarishini bila turib, yoqilg`ining yonish issiqligini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
bunda: G - qurilmaning suv ekvalenti, kg;
C - suvning issiqlik sigami 4,19 kJ/kg°C ga geng deb olinadi;
- aniqlavayotgan yoqilg`ining massasi, kg;
- tajribaning bosh davrdagi oxirgi harorat, °C;
- kalorimetr atrof-muhit bilan issiqlik almashinuviga qo`shimcha, °C;
q - yondiruvchan simning yonishida ajralib
chiqadshan issiqliq u q=v∙Qdast. kJ bilan aniqlanadi,
bunda v - dastlabki simning massasi, kg.
Qdast -dasglabki simning yonish issiqligi, kj/kg, u temir sim uchun 6698 kJ/kg ga teng deb olinadi; nikel uchun 3244 kJ/kg; konstatan uchun 3140 kJ/kg va mis uchun 2512 kJ/kg.
Yonish issiqligini aniqlashda tajriba o`tishi uchta davrga bo`linadi: boshlang‘ich, bosh va oxirgiga.
Boshlang‘ich davri yoqilg`ining yonishidan oldingi davrga to`gri keladi va qurilma elementlarini atrof-muhit bilan issiqlik sig‘imini boshlang‘ich harorat sharoitini inobatga oladi.
Bosh davrda – yoqilg‘ining yonishi kechadi; kalorimetrik tizimiga issiqlik berish va uning barcha elementlarida haroratning tenglashishi kuzatiladi.
Oxirgi davr - kalorimetrik tizimini atrof- muhit bilan issiqlik almashinuvini oxirgi harorat sharoitida inobatga oladi. Boshlang‘ich va oxirgi davrlardagi olingan natijalar asosida, kalorimetrik qurilmaning atrof-muhit bilan issiqlik almashinuviga °C harorat farqi ko`rinishida qo`shimcha aniqlanadi.
Kalorimetrik bomba.
1-bombaning korpusi; 2-qopqoq; 3-siquvchi halqa;
4 va 5-zichlantiruvchi xalqalar; 6-kirgizish klapani;. 7-chiqarish klapani; 8-kislorodni kirgizish uchun quvurcha; 9- elektr tok manbaga ulanadigan klemmalar; 10 - tok o‘tkazuvchi ux; 11-yoqilg`i namunasi uchun tigel; 12-kirgizish klapanining prujinasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |