Kurs ishi tuzilishi (rejasi): Uy-joy kommunal xo’jaligi, kommunal xizmatlar, uy-joy jamg’armasi, uy-joy binolari, uy-joy mulkdorlarining shirkati va o’zini o’zi idora qilish organlari mahallalar, uy-joy fondiga xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, mexmonxona xizmatlari, maishiy xizmat ,kommunal-maishiy texnika, kommunal korxonalarni regional (mintaqaviy) joylashtirish.
1. Topshiriq berilgan sanasi: 21.02.2020
2. Kurs ishini himoya qilish sanasi:07.05.2020
Rahbar: Dotsent. Rahimov Qodir
|
|
|
|
|
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………
|
|
|
I-BOB
|
UY-JOY KOMMUNAL XO’JALIGI…………………..
|
|
|
1.1
|
Kommunal xizmatlar…….................................................
|
6
|
|
1.2
|
Uy-joy jamg’armasi...........................................................
|
8
|
|
1.3
1.4
|
Uy-joy binolari...................................................................
Uy-joy mulkdorlarining shirkati va o’zini o’zi idora qilish organlari mahallalar..........................................................
|
14
|
|
II-BOB
|
UY-JOY FONDIGA XIZMAT KO’RSATISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH……………………………….
|
|
|
2.1
|
Mexmonxona xizmatlari....................................................
|
24
|
|
2.2
|
Maishiy xizmat…………………………………………....
|
29
|
|
2.3
|
Kommunal-maishiy texnika..............................................
|
32
|
|
2.4
|
Kommunal korxonalarni regional (mintaqaviy) joylashtirish……………………………………………….
|
37
|
|
|
Xulosa va takliflar………………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………...
|
38
|
|
|
|
|
|
KIRISH
Bozor munosabatlariga o’tish davrida har bir shaharning rivojlanishi va uning obodonlashtirilishi darajalari keng aholi qatlamining farovonligi va madaniyat darajasini oshishini asosiy dastagi hisoblanadi. Bu insonning yashashi, mehnat qilishi, dam olishi bilan bog’liq sharoitlar va vositalar majmuasini yuzaga keltirish bilan chambarchas bog’liqdir.Ushbu borada respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimov tomonidan aytilgan gaplar e’tiborga loyiqdir: ―Kommunal xo’jaligi - bu davlat oldida turgan asosiy vazifalarning yettinchi ustunidir.
Xalq xo’jaligining bir tarmog’i sifatida uy-joy-kommunal xo’jaligi sohasiga: uy-joydan foydalanish, markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari, shahar transporti, kommunal energetika, yo’l-ko’prik xo’jaligi va aholi yashaydigan punktlarni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, yo’llar va hududlarni sanitar tozalash, ko’chalarni yoritish, hammomlar, kir yuvish ishxonalari va boshqa kommunal korxonalar, mehmonxonalar xizmatlari va h.k. faoliyat turlari kiradi.Insonning hayot kechirishi, dam olishi, mehnat qilishi uchun qulay shart- sharoitlarning yaratilishi oxir-oqibatda uning mehnat faoliyatiga, ish unumdorligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida ish kuchini qayta ishlab chiqarish, ya’ni malaka oshishi, dunyoqarashining kengayishi bilan bog’liq bo’lib, xalq xo’jaligining hech bir tarmog’i texnik va texnologik yuksalishsiz oldinga qarab harakatlanmaydi.Uy-joy kommunal xo’jaligi sohaning turli tarmoqlariga tegishli bo’lgan korxonalar, tashkilotlar, uyushmalar va hokazo xo’jaliklar yig’indisidan tashkil topadi va umumiy qoida-qonuniyatlar hamda oldiga qo’yilgan maqsad-vazifalariga asoslangan holda yagona tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi.O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning tub mazmun-mohiyati xalq farovonligini yuksaltirishdan iborat bo’lib, eng avvalo, ijtimoiy sohaning muhim qismi bo’lgan uy-joy kommunal xo’jaligi sohasini yangi texnologiyalar manbaida rivojlantirishdan iborat bo’lib kelmoqda.Uy-joy kommunal xo’jaligi – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, aholining hayotiy ehtiyojlarini qondiradi, xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlarga ichimlik va issiq suv, oqava suvlarni chetlatish, issiqlik, gaz, elektr energiyasi kabi zarur resurslarni etkazib berish bilan birga katta miqdorda mehnatga layoqatli aholini ish o’rinlari bilan ham ta’minlaydi.
Uy-joy kommunal xo’jaligi tizimi aholi turar-joylari, ishlab chiqarish, xalq xo’jaligining turli sohalarida foydalanilayotgan bino va inshootlar, qurilish, transport, energetika va hokazo turli tovarlarni ishlab chiqaruvchi va xizmatlarni amalga oshiruvchi mustaqil korxonalardan tashkil topgan.Uning keng qamrovli faoliyatini pirovard natijasi – insonning hayoti va faoliyatini tashkil etuvchi, shahar infratuzilmasini rivojlantiruvchi va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi soha ekanligi hisoblanadi.
Uy-joy-kommunal xo’jaligining rivojlanishi bir qator ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: kommunal xizmatga ega bo’lgan shaharlar soni, kommunal korxonalar quvvatlarining o’shishi, aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar (ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar) hajmi, aholi jon boshiga iste’mol qilinayotgan kommunal xizmatlar va h.k. Ushbu ko’rsatkichlar nafaqat kommunal xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning rivojlanishini baholashga imkon yaratadi, balki ularni ham tarmoq ham hududlararo mutanosibligini (proporsionalligini) aniqlash imkonini beradi. Sifat ko’rsatkichlari ikkita asosiy guruhga bo’linadi: xizmatlar va aholiga xizmat ko’rsatish, kommunal xo’jalik korxonalarini ekspluatatsiya qilish. Birinchi guruh ko’rsatkichlari uy-joy- kommunal xo’jaligini har bir tarmog’i faoliyati sifatini tavsiflaydi.Ikkinchi guruhning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bu ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, mehnat samaradorligi, mehnatni mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning malakasi va h.k. tasvirlaydi.
Tarmoqning kelajakda rivojlanishi, ya’ni aholiga xizmat ko’rsatish hajmlarining oshishi, xizmatlar va xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, qishloq joylarda ko’rsatiladigan xizmatlar darajalarini shaharlardagi ko’rsatkichlarga tenglashtirish albatta qo’shimcha ish kuchi talab qiladi. Shuning uchun uy-joy- kommunal xizmat xo’jaligining barcha sohalarida mehnat samaradorligini oshirish tarmoqni yanada rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |