4.3.2 –rasm. Ólchov idishi va uning ichidagi suyuqlikka temperatura taʼsiri
|
Shu bilan birga yuqori aniqlik talab qiluvchi sohalarda, jumladan farmatsevtika, mikro va nanotexnologiyalar va boshqa sohalarda temperaturani barcha obʼektga bólgan taʼsirini tahlil qilish va baholash talab qilinishi mumkin. Umuman olganda, noaniqlik manbalarini asosiy va ikkilamchi omillarga ajratish, tasniflash birinchi navbatda talab qilinayotgan aniqlik darajasiga bogʼliq hisoblanadi. Quyidagi 4.3.2 – rasmda temperaturani kolba va uning ichidagi suyuqlikka taʼsiri grafik ravishda tasvirlangan.
Noaniqlik manbalari tuzilganidan keyin ularning natijaga taʼsirini ólchashning modeli sifatida berish mumkin bólib, bunda har bir taʼsir bir qancha parametrlar bilan bogʼlangan yoki tenglamadagi ózgaruvchi bólishi mumkin. Bunday tenglama ólchash jarayonining tóliq modelini natijaga taʼsir qiluvchi xususiy omillar bilan ifodalangan bóladi. Bu funktsiya baʼzan juda murakkab bólishi mumkin va uni yaqqol tavsiflash imkoni yóqligini eʼtiborga olish lozim. Аmmo buni imkoni bor holatlarda noaniqlikni xususiy tashkil qiluvchilarini yigʼindisini topishda foydalanish mumkin bóladi.
Ólchashlar noaniqligi manbalari turli-tumanliligi quyidagilarni qamrab oladi:
- ólchanayotgan kattalikning qiyman aniqlanishi;
- ólchanayotgan kattalikni aniqlashning nomukammal realizatsiya qilinishi;
- tanlovning noprezentativligi ;
- ólchash natijasiga taʼsir qiluvchi atrof-muhit taʼsirini aniq bilmaslik yoki ushbu sharoitlarni tavsiflaydigan kattaliklarni noaniq ólchash;
- subʼektiv muntazam xatolik (masalan, analogli asboblarni kórsatishini yozib olishda, hisoblashlarda, yaxlitlash qoidalariga rioya qilmaganda va x.k.);
- qurilmani sezgirlik ostonasi;
- etalon va standart namunalarning notógʼri qiymatlari;
- maʼlumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan tashqi manbalardan olinadigan fundamental fizik konstantalar yoki boshqa parametrlarni qiymatini aniq bilmaslik;
- ólchashlarning ózgarmas sharoitlarida takroriy kuzatuvlarning ózgaruvchanligi;
- ólchash usuli va metodikasida qóllanilayotgan approksimatsiya va b.
Misol 2
Maslan - pólatdan yasalib nominalь uzunligi 1 m bólgan sterjinning l uzunligini mikrometrgacha aniqlikda aniqlash kerak. Ólchash jaraëni bilan bogʼliq tasnifda sterjenning uzunligiga taʼsir qilishi mumkin bólgan kattaliklarning aniq qiymatlari eʼtiborga olinishi kerak, Masalan: ólchash amali olib borilaëtgan atrof muhit harorat, atmosfera bosimi, shuningdek sterjenning tekislikda joylashgan (vertikal ëki gorizontal) holati. Demak, Ólchanaëtgan kattalikning tasnifini tuzishdan oldin yuqorida sanab ótilgan kattaliklarning taʼsir darajasini baholash zarurdir. Shunday qilib, ólchanaëtgan kattalikni quyidagicha tasniflash zarur ekan, Masalan: 25,00 °S haroratdagi sterjenning uzunligi.
Аgarda sterjenning uzunligi millimetr-gacha aniqlikda aniqlanishi talab qilinadigan bólsa, u holda uning tasnifi harorat, atmosfera bosimi yoki umuman tashqi taʼsir omillarini eʼtiborga olishni talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |