MUNDARIJA
Ma’ruza mahĝulotlari
Amaliy mashĝulotlar
Mustaqil ta’lim mavzulari
Glossariy
Baholash kriteriyasi
Fan dasturi
Ishchi fan dasturi
Foydalanilagan adabiyotlar róyxati
NAZARIY MASHĜULOTLAR
1-mavzu. Ólchanadigan kattalik tavsifi
1.1. Fizik kattalikning tavsifi tushunchasi va uni modellashtirish
Fizik kattalik tushunchasi metrologiya fanida muhim ahamiyatga ega. Chunki, ólchash jarayonining birdan-bir obʼekti bu – kattalikdir. Ólchashlar noaniqligini baholashda ólchanayotgan kattalik haqida mutaxassisning aprior maʼlumotlari, bilimi, maʼlum kattalikning ólchash jarayonini fizik-kimyoviy asoslari, qóllanilayotgan ólchash usulining afzalliklari va kamchiliklari, ishlash printsipi, qóllanilayotgan ólchash vositasining metrologik, texnik va ekspluatatsiya xususiyatlari, kattalikni ólchash jarayonidagi fizik jarayon va uning asosiy parametrlarini aniqlashda matematik modellashtirishda muhim bosqich hisoblanadi.
Shu órinda kattalik bilan bogʼliq bólgan bazaviy tushuncha va ularning taʼriflari bilan tanishib chiqamiz, jumladan:
kattalik - sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bólgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir;
ólchanadigan kattalik - ólchash vazifasining asosiy maqsadiga muvofiq ólchanishi lozim bólgan, ólchanadigan yoki ólchangan kattalik;
kattalik ólchami - muayyan miqdoriy obʼekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bólgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi;
kattalikning qiymati - kattalik uchun qabul qilingan birliklarning maʼlum bir soni bilan kattalikning ólchamini ifodalash;
taʼsir qiluvchi kattalik - ólchanadigan kattalikning ólchamiga va (yoki) ólchashlar natijasiga taʼsir etuvchi kattalik.
Noaniqlikni baholash zaminidagi «ólchanadigan kattalikning tavsifi» nafaqat aynan nimaning ólchanayotganini ravshan va bir maʼnoli ifodalashni, balki ólchanadigan kattalikni óziga taʼsir etuvchi parametrlarga bogʼlovchi miqdoriy ifodani, yaʼni ólchanadigan kattalikning matematik modeli (keyinchalik matnda – ólchash modeli) ni ham talab qiladi.
Bizga maʼlumki, matematik model asosan grafik, jadval yoki analitik ifoda (formula) shakllarida beriladi. Аmmo, ólchashlar noaniqligini baholashda tadqiqotlarni tahlil qilish shunday xulosa beradiki, bunda ólchanayotgan kattalikni asosan analitik modellaridan kóproq foydalaniladi.
Ólchashlar noaniqligini baholashning modelli yondashuviga asosan ólchash tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
Bu erda - kirish kattaliklari; Y - chiqish kattaligi (ólchash natijasi).
Modelli yondashuvning soddalashtirilgan kórinishi 2.1.1 – rasmda kórsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |