2.2.1 – rasm. Bevosita ólchashga amaliy misollar
2.3 Bevosita bir marta ólchashning matematik modeli
Bir martalik bevostia ólchashlar uch martadan kóp ótkazilmaydi. Bunday holda takroriy kuzatishlar adashishlar bólishi mumkinligidan ehtiyot bólish uchun xizmat qiladi. Bir martalik kuzatishlar bilan bevosita ólchashlarning yigʼindi noaniqligini baholash uchun uning barcha asosiy tashkil qiluvchilarni qiymatlarini aprior tarzda bilish lozim bóladi. Shunday qilib, bir martalik kuzatishlar bilan bevostia ólchashlarning yigʼindi noaniqligi V tur bóyicha baholanadi. Bunday holatda А tur noaniqlik baholanmaydi.
Bevosita bir marta ólchash natijalarining qayta ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.Ólchash sxemasi, ólchashlar ótkazish sharoiti tógʼrisidagi aprior maʼlumot, qóllanilgan texnik vositalarning (ólchash vositasi, sinov uskunasi v.x.) metrologik tavsiflari tahlil qilinadi.
2. Ólchanayotgan kattalikning 1-3 ta kuzatishlar olib boriladi. Tarkibila qópol xatolik yóq deb qabul qilingan natijalardan biri ólchash natijasi deb qabul qilinadi.
3. Ólchanayotgan kattalikning V tur bóyicha standart noaniqligi topiladi. Bunda boshlangʼich maʼlumotlar bólib quyidagilar xizmat qiladi:
- oldin bajarilgan ólchash maʼlumotlariga asoslangan holda ólchanayotgan kattalikning ehtimollik taqsimoti tógʼrisida maʼlumotlar;
- maʼlum qurilmalar va materiallarning mos xususiyatlari tógʼrisida umumiy bilimlar yoki tajribalarga asoslangan maʼlumotlar;
- konstant va maʼlumotnomalarga asoslangan noaniqliklar;
- qurilmalarni attestatlash, qiyoslash, kalibrlash sertifikat (yoki bayonnomalari) ga asoslangan maʼlumotlar v .b.
Boshlangʼich maʼlumotlarning turli variantlari holatida standart noaniqlikni hisoblashning quyidagi variantlaridan biridan foydalangan holda baholash mumkin.
Аgarda ólchash natijasining Y taqsimot qonuni maʼlum bólsa, uning standart ogʼishi standart noaniqlik U1(Y) sifatida qabul qilinadi.
Аgarda qóllanilgan ólchash vositasi texnikasini yuqori va pastki chegarali maʼlum bólsa, ushbu holatda standart noaniqlik kirish kattaligini taqsimot qonuniga mos ravishda hisoblanadi.
Berilgan intervalda maʼlum ishonchlilik darajasi bilan taqsimotning normal qonuni deb baholangan holatda B tur bóyicha noaniqlik quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: k - ishonch darajasi 0,9; 0,95 va 0,99 bólgan holatlarda mos raavishda qamrab olish koeffitsientlari 1,64; 1,96 va 2,58.
Ólchashlar noaniqligini barcha tashkil qiluvchilarini aniqlagandan keyin ularni quyidagi ifodaga muvofiq yigʼindi noaniqlgi topiladi:
Berilgan ishonchlilik darajasi P bilan ólchash natijasini taqsmot qonunini hisobga olgan holda kengaytirilgan noaniqlik aniqlanadi
bu yerda: k- qamrab olish koeffitsienti.
Qamrab olish koeffitsienti 2 dan 3 gacha bólgan diapazonda tanlanadi. Xatoliklarni tashkil qiluvchilarni taqsimot qonunlari kompozitsiyasi hisoblangan ólchash natijasining taqsimot qonuni maʼlum bólsa yanada aniq qiymatini aniqlash mumkin. Аsosan normal va tekis taqsimot qonulari amaliy ólchashlar holatlariga mos keladi.
Ólchash natijasi quyidagi kórinishda yoziladi
1-MISOL.Manometr yordamida bevosita bir marotaba ólchash ótkazilganda kengaytirilgan noaniqlikni hisoblash.
|
Metrologik tavsiflari (pasport maʼlumotlari asosida):
|
Do'stlaringiz bilan baham: |