6-mavzu. Ólchashlar noaniqligining turlari va tasnifi
Metrologiya bóyicha xalqaro lugʼatda (VIM 3) ólchashlar noaniqligi bóyicha bazaviy tushunchalar va ularning taʼriflari berilib, mazmuni standartlashtirilgan. Ushbu xalqaro hujjatda quyidagi asosiy tushunchalar keltirilgan:
ólchashlar noaniqligi ̶ foydalanlgan axborot asosida ólchanayotgan kattalikka tegishli bólgan kattalik qiymatlarini sochilishini xarakterlaydigan nomanfiy parametr;
А-tip bóyicha ólchashlar noaniqligini baholash ̶ maʼlum ólchash sharoitlarida olinadigan kattalikning ólchangan qiymatlarini statistik tahlil qilish yóli bilan ólchashlar noaniqligini tashqil qiluvchilarni baholash;
B-tip bóyicha ólchashlar noaniqligini baholash ̶ А tip bóyicha ólchashlar noaniqligini baholashdan farq qiladigan usullar bilan ólchashlar noaniqligini tashkil qiluvchilarini baholash;
ólchashlarnng standart noaniqligi ̶ standart ogʼish shaklida ifodalangan ólchashlar noaniqligi;
ólchashlarnng yigʼindi standart noaniqligi ̶ ólchash modelidagi kirish kattaliklari bilan bogʼliq bólgan, ólchashlarning xususiy standart noaniqligi oqibatidan olinadigan ólchashlarning standart noaniqligi;
ólchashlarnng nisbiy standart noaniqligi ̶ mutloq qiymatga (kattalikning ólchangan qiymati) bólingan ólchashlarning standart noaniqligi;
noaniqlik byudjeti ̶ noaniqlik, uni hisoblash va ularning yigʼindisidan tashkil topgan ólchashlar noaniqligi tógʼrisida hisobot;
ólchashlarning kengaytirilgan noaniqligi ̶ yigʼindi standart noaniqlikni birdan katta bólgan koeffitsientga kópaytmasi;
Izoh: koeffitsient ólchash modelidagi chiqish kattaligining ehtimolliligining taqsimot qonuniga va qamrab olishning tanlangan ehtimoligi bogʼliq. Ushbu taʼrifdagi “koeffitsient” tushunchasi “qamrab olish koeffitsienti” ga tegishlidir. Kengaytirilgan noaniqlik shuningdek “tóliq noaniqlik” (“overall uncertainty”) deb ham nomlanadi.
qamrab olish intervali ̶ berilgan ehtimollikda ólchanayotgan kattaliklarni chin qiymatlari majmuasidan iborat bólgan axborotlarga asoslangan interval;
izoh: ISO/IEC Guide 98-3:2008 xalqaro standartida órnatilgan qoidalarga asosan, qamrab olish interval markazi kattalikning ólchangan qiymati bilan mos kelishi majburiy talab bólmasdan, qamrab olish intervalini ólchashlarning kengaytirilgan noaniqligidan chiqarib olish mumkin. Shu bilan birga, ólchash natijalarini statistik qayta ishlash bóyicha “ishonchli interval” va “qamrab olish intervali” tushunchalarini mazmunan turli tushunchalardir.
qamrab olish ehtimoli ̶ ólchanayotgan kattaliklarning chin qiymatlari majmui kórsatilgan qamrab olish intervalida joylashish ehtimoli.
Ushbu taʼrif Ólchashlarda noaniqlikni ifodalash bóyicha qóllanma (GUM) da ifodalangan noaniqlik kontseptsisiga tegishli bólib, ushbu halqaro hujjatda “qamrab olish ehtimoli” tushunchasi órnida “ishonch darajasi” tushunchasi qóllaniladi.
Ólchashlar noaniqligi turlari 3.1.1 – rasmda kórsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |