Turizm malakalarini egallash.
Xarita yordamida va xaritasiz, kompas bilan va kompassiz, quyoshga, soatga qarab, mahalliy mo’ljal (orientir) buyumlar, narsalar yordamida joylarni aniqlash. Yo’l va topografiya belgilari. Biror buyumgacha bo’lgan masofani buyumning balandligini ko’z bilan chamalab bilish. Daryoning kengligini aniqlash. Yo’lda uchraydigan tabiiy to’siqlardan o’tish, dam olinadigan manzilgohni tanlash, palatkalar o’rnatish, gulxan yoqish, ovqat tayyorlash, poxod vaqtidagi odob qoidalari, jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni o’rganish lozim.
O’yin - musobaqalar.
Yopiq marshrut bo’ylab musobaqalashish.Bu marshrutni shuning uchun yopiq deb ataladiki, toki musobaqa boshlanguncha marshrut qatnashchilariga noma’lum bo’lib, sudyalar kollegiyasi uni sir saqlaydi. Musobaqa masofasi tog’li-past baland, yo’lsiz joylardan o’tadi va qing’ir-qiyshiq chiziq bo’ylab kompas yordamida belgilab chiqiladi. Har bir komandada 5-10 kishi bo’ladi. Marshrut uzunligi va uni bosib o’tish vaqti musobaqa to’g’risidagi nizomda aniq ko’rsatilgan bo’ladi. Masofani bosib o’tish uchun nizomda belgilangan vaqt nazorat vaqt deb ataladi. Agar komanda finishga belgilangan vaqtdan ertaroq yetib kelsa, uning vaqti, belgilangan vaqt «deb, kechikib kelingan vaqt esa jarima (shtraf) vaqt» deb hisoblanadi.
Har bir komandaga bo’lak - bo’lak (5-10 daqiqa oralashib, start beriladi. Start navbati chek tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Kapitanning qo’liga yozma buyruqli paket kelib tekkan payt «start payti»deb hisoblanadi. Buyruqda birinchi etap yo’nalishining azimuti hamda bosqichning taxminiy masofasi metr hisobida ko’rsatilgan bo’ladi. Ana shu ma’lumotlardan foydalanib, komanda birinchi nazorat punktga yetib kelishi kerak. Bu yerda u nazoratchi hakamlardan yana buyruq oladi, unda ikkinchi bosqichning azimuti va masofasi ko’rsatilgan bo’ladi. Komandalar toki finishga yetib kelguncha shu tartibda harakat qiladilar. Yo’lda kelayotganda komanda kompas yordamida yo’nalishini aniqlab, masofani qadamlab hisoblab boradi, shuningdek yopiq marshrut sxemasini tuzadi (ob’ektni, joyni ko’z bilan chamalab, homaki rasmi chiziladi, bu rasm joyning umumiy xarakterini (tasnifini) ifodalashi va eng muhim buyumlar yaqqol ko’zga tashlanib turishi kerak.
Agar komanda nazorat puntkga yetib kelganda o’ng yoki chap tomonga 20 metrdan ortiq burilib ketgan bo’lsa, nazoratchi - hakamlar shu puntkdagi nazorat kartochkaga komanda uchun 10 ball shtraf yozib qo’yadilar. Agar komanda orqa tomondan kelib chiqsa, unga 30 ball shtraf solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |