Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 6,07 Mb.
bet39/54
Sana08.07.2022
Hajmi6,07 Mb.
#756426
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
5. Туризм ЎУМ 2021-22 2-курс 70559

Mojal olish (oriyentirovka) termini lotincha «orientis» so‘- zidan olingan bo'lib, «sharq» degan ma’noni bildiradi2. Muayyan joyda ufq tomonlarini aniqlash mo‘ljal olish deb ataladi. Mo‘ljal olish bevosita va bilvosita usullarga bo‘linadi
Bevosita mo‘ljal olishga quyosh, yulduzlar, o‘simliklar, tog‘ jinslari, relyefga qarab aniqlash kiradi. Buning uchun joyda tabiiy holat va obyektiv mavjud borliq asos bo‘lib xizmat qiladi.



Kesilgan daraxtning to‘nkasidagi halqalar uning yoshini bildiradi. To'nka halqalarining keng tomoni janub, halqalar ensiz bo'lsa shimol tomon ekanligidan dalolatdir.





Yakka turgan daraxtning shoxi va barglari janub tomonda quyosh nurining ko‘p boiishi tufayli ko'p va qalin bo'ladi, shimol tomonda esa, siyrak va kam bo'ladi.
Tabiatning o'zi ufq tomonlarini aniqlashga bevosita yordam beradi. Bu usulni mutaxassislar mahalliy usullar ham deyishadi. Bilvosita mo‘ljal olish inson tomonidan yaratilgan, ixtiro qilingan asbob va anjomlar yordamida amalga oshiriladi. Ya’ni, gnomon, qo‘l soati, kompas kabi an’anaviy asboblar bilan birga, hozirgi kunda elektron uskuna va moslamalar yordamida ufq tomonlari aniqlanmoqda. Bilvosita mo‘ljal olishda kompas katta ahamiyatga ega, chunki kompasning ilmiy-amaliy o‘quv ahamiyati o'quvchi- larga ko'proq foydalidir.


Kompas eramizdan avvalgi III asrda Xitoyda ixtiro qilingan. U doira shaklidagi qutichadan iborat boiib, uning markaziga o't- kir uchli igna, igna ustiga magnitlangan mil o'rnatilgan bo‘ladi. Mil igna ustida erkin aylanadi va u teng ikkiga, ko‘k va qizil rang- larga bo‘lingan bo'ladi. Quticha tagida ufq tomonlarini ko'rsatuvchi

Sayyohlik yo‘nalishidagi to‘garaklaming bosh maqsadi o‘quv- chilarni komil inson qilib tarbiyalashda oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishdir. Vaholanki, jonajon Vatanni sevish, ardoqlash, millati va uning urf-odatlarini, Vatanning betakror manzaralaridan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlatirishda ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sayyohlik yo‘nalishidagi to’garaklar ancha yaxshi samara beradi.


Ta’lim muassasalaridagi nazariy bilimlar o’quvchilarning intellektual salohiyatini oshirsa, sayyohlik yo’nalishidagi to‘garaklar va undagi musobaqalar, turli tadbirlar farzandlarimizni sog’lom, baquwat bo‘lishiga hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini baholashga yordam beradi. Umuman sayyohlik musobaqalari o'quvchilarning ham ruhan, ham jismonan barkamol bo’lishida katta turtki bo’ladi.
Odatda, ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan tadbir (musobaqa yoki tanlov)lar ish rejasiga binoan yoki biror bayram munosabati bilan o‘tkaziladi. Reja asosida o'tkaziladigan tadbirlar ko‘p bosqichli (muassasa, hudud, tuman, viloyat, respublika va boshq.) boiib, unda g‘olib jamoa yoki o’quvchi (talaba)lar yuqori bosqichga yuboriladi. Muayyan sabab bilan o’tkaziladigan tadbirlar yilning muhim sanalarini yoki bayramlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadlarida uyushtiriladi. Masalan, «27-sentabr — Xalqaro turizm kuni» munosabati bilan festival yoki turiadani, may oyi alpiniadasini misol qilib keltirish mum­kin. Ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan har bir tadbirning albatta, bosqichi boiadi. Tadbirni tashkillashtirayotganda buni yoddan chiqarmaslik lozim.
Ta’lim muassasalarida sayyohlik musobaqa va tadbirlarini o'tkazishda joy tanlash alohida e’tiborga loyiq. Muassasa atrofida sayohat davomida uchraydigan turli tabiiy (soy, jarlik, botqoq, tik qiyalik va boshqa) to'siqlarning bo’lgani yaxshi. Agar bunday tabiiy sharoitlar mavjud bo’lmasa, u holda sun’iy to’siqlar tashkil etiladi.
Ta’lim muassasalarida musobaqa va tadbirlar o’tkazilishida eng avvalo, muassasaning ichki buyrug’i asosida tashkiliy qo’mita va hakamlar hay’ati tarkibi, tadbir Nizomi, tadbirni mazmunli o’tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi, sinov jarayonlarini baholash mezoni, tadbirning xarajatlar smetasi tasdiqlanadi va bir oy oldin ishtirokchilar o‘rtasida ushbu tadbir (musobaqa) o‘tkazilishiga oid tushuntirish ishlari olib boriladi.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan musobaqa, tanlovlar uchun quyidagi hujjat va ma’lumotlar talab qilinadi:

  • tadbirda ishtirok etish uchun buyurtma;

  • jamoadagi o‘quvchilar soni va ularning tibbiy ko‘rik xulosasi;

  • jamoaning yil davomidagi sayyohlik yurishlari soni va ularga doir hisobotlari, fotoalbomi va ko'rgazmali qurollari;

  • quyi bosqichda g‘olib chiqqanligi to‘g‘risida o‘sha bos- qich hakamlar hay’atining qarori (agarda tadbir muassasa, hudud, tuman, viloyat, respublika bosqichlarida o‘tkazilayotgan bo‘lsa);

  • musobaqada qatnashuvchi jamoaning qo'lga kiritgan yutuq- lari va boshqalar (qo‘shimcha kerakli hujjatlar tadbir Nizomida ko‘rsatilgan bo‘ladi).

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan sayyohlik yo‘nalishidagi musobaqa yoki tanlovlar sayyohlikning asosiy elementlaridan iborat bo‘ladi. Sayyohlik elementlari past-baland joylarda yurish, tabiiy to‘siqlardan sayyohlik anjomlari yordamida o‘tish, shikastlanganda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, xarita-sxema bo‘yicha berilgan joylarni aniqlash va xaritasini tuzish, kompas yor­damida azimutni aniqlash, chodirni o'rnatish, ryuzakka kerakli buyum va anjomlarni joylash, gulxan yoqish kabi ko’plab shart va talablardan iborat.

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish