Mojal olish (oriyentirovka) termini lotincha «orientis» so‘- zidan olingan bo'lib, «sharq» degan ma’noni bildiradi2. Muayyan joyda ufq tomonlarini aniqlash mo‘ljal olish deb ataladi. Mo‘ljal olish bevosita va bilvosita usullarga bo‘linadi
Bevosita mo‘ljal olishga quyosh, yulduzlar, o‘simliklar, tog‘ jinslari, relyefga qarab aniqlash kiradi. Buning uchun joyda tabiiy holat va obyektiv mavjud borliq asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kesilgan daraxtning to‘nkasidagi halqalar uning yoshini bildiradi. To'nka halqalarining keng tomoni janub, halqalar ensiz bo'lsa shimol tomon ekanligidan dalolatdir.
Yakka turgan daraxtning shoxi va barglari janub tomonda quyosh nurining ko‘p boiishi tufayli ko'p va qalin bo'ladi, shimol tomonda esa, siyrak va kam bo'ladi.
Tabiatning o'zi ufq tomonlarini aniqlashga bevosita yordam beradi. Bu usulni mutaxassislar mahalliy usullar ham deyishadi. Bilvosita mo‘ljal olish inson tomonidan yaratilgan, ixtiro qilingan asbob va anjomlar yordamida amalga oshiriladi. Ya’ni, gnomon, qo‘l soati, kompas kabi an’anaviy asboblar bilan birga, hozirgi kunda elektron uskuna va moslamalar yordamida ufq tomonlari aniqlanmoqda. Bilvosita mo‘ljal olishda kompas katta ahamiyatga ega, chunki kompasning ilmiy-amaliy o‘quv ahamiyati o'quvchi- larga ko'proq foydalidir.
Kompas eramizdan avvalgi III asrda Xitoyda ixtiro qilingan. U doira shaklidagi qutichadan iborat boiib, uning markaziga o't- kir uchli igna, igna ustiga magnitlangan mil o'rnatilgan bo‘ladi. Mil igna ustida erkin aylanadi va u teng ikkiga, ko‘k va qizil rang- larga bo‘lingan bo'ladi. Quticha tagida ufq tomonlarini ko'rsatuvchi
Sayyohlik yo‘nalishidagi to‘garaklaming bosh maqsadi o‘quv- chilarni komil inson qilib tarbiyalashda oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishdir. Vaholanki, jonajon Vatanni sevish, ardoqlash, millati va uning urf-odatlarini, Vatanning betakror manzaralaridan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlatirishda ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sayyohlik yo‘nalishidagi to’garaklar ancha yaxshi samara beradi.
Ta’lim muassasalaridagi nazariy bilimlar o’quvchilarning intellektual salohiyatini oshirsa, sayyohlik yo’nalishidagi to‘garaklar va undagi musobaqalar, turli tadbirlar farzandlarimizni sog’lom, baquwat bo‘lishiga hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini baholashga yordam beradi. Umuman sayyohlik musobaqalari o'quvchilarning ham ruhan, ham jismonan barkamol bo’lishida katta turtki bo’ladi.
Odatda, ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan tadbir (musobaqa yoki tanlov)lar ish rejasiga binoan yoki biror bayram munosabati bilan o‘tkaziladi. Reja asosida o'tkaziladigan tadbirlar ko‘p bosqichli (muassasa, hudud, tuman, viloyat, respublika va boshq.) boiib, unda g‘olib jamoa yoki o’quvchi (talaba)lar yuqori bosqichga yuboriladi. Muayyan sabab bilan o’tkaziladigan tadbirlar yilning muhim sanalarini yoki bayramlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadlarida uyushtiriladi. Masalan, «27-sentabr — Xalqaro turizm kuni» munosabati bilan festival yoki turiadani, may oyi alpiniadasini misol qilib keltirish mumkin. Ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan har bir tadbirning albatta, bosqichi boiadi. Tadbirni tashkillashtirayotganda buni yoddan chiqarmaslik lozim.
Ta’lim muassasalarida sayyohlik musobaqa va tadbirlarini o'tkazishda joy tanlash alohida e’tiborga loyiq. Muassasa atrofida sayohat davomida uchraydigan turli tabiiy (soy, jarlik, botqoq, tik qiyalik va boshqa) to'siqlarning bo’lgani yaxshi. Agar bunday tabiiy sharoitlar mavjud bo’lmasa, u holda sun’iy to’siqlar tashkil etiladi.
Ta’lim muassasalarida musobaqa va tadbirlar o’tkazilishida eng avvalo, muassasaning ichki buyrug’i asosida tashkiliy qo’mita va hakamlar hay’ati tarkibi, tadbir Nizomi, tadbirni mazmunli o’tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi, sinov jarayonlarini baholash mezoni, tadbirning xarajatlar smetasi tasdiqlanadi va bir oy oldin ishtirokchilar o‘rtasida ushbu tadbir (musobaqa) o‘tkazilishiga oid tushuntirish ishlari olib boriladi.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan musobaqa, tanlovlar uchun quyidagi hujjat va ma’lumotlar talab qilinadi:
tadbirda ishtirok etish uchun buyurtma;
jamoadagi o‘quvchilar soni va ularning tibbiy ko‘rik xulosasi;
jamoaning yil davomidagi sayyohlik yurishlari soni va ularga doir hisobotlari, fotoalbomi va ko'rgazmali qurollari;
quyi bosqichda g‘olib chiqqanligi to‘g‘risida o‘sha bos- qich hakamlar hay’atining qarori (agarda tadbir muassasa, hudud, tuman, viloyat, respublika bosqichlarida o‘tkazilayotgan bo‘lsa);
musobaqada qatnashuvchi jamoaning qo'lga kiritgan yutuq- lari va boshqalar (qo‘shimcha kerakli hujjatlar tadbir Nizomida ko‘rsatilgan bo‘ladi).
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan sayyohlik yo‘nalishidagi musobaqa yoki tanlovlar sayyohlikning asosiy elementlaridan iborat bo‘ladi. Sayyohlik elementlari past-baland joylarda yurish, tabiiy to‘siqlardan sayyohlik anjomlari yordamida o‘tish, shikastlanganda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, xarita-sxema bo‘yicha berilgan joylarni aniqlash va xaritasini tuzish, kompas yordamida azimutni aniqlash, chodirni o'rnatish, ryuzakka kerakli buyum va anjomlarni joylash, gulxan yoqish kabi ko’plab shart va talablardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |