To‘sin yordamida kechuvdan o‘tish. Tog li hududlarda, asosan, soy va daryolardan o‘tishda parallel arqon vositasida o‘tish- dan tashqari osma holatda va to‘sin yordamida o‘tish ham mumkin. Bu usullarni qo‘llashda daraxtning o‘tish uchun yaroqli ekanligiga (chirimaganligiga), daryo yoki soyga yaqinligiga e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, xavfsizlik (arqonlari) choralarini ham unutmaslik kerak
Parallel arqondan o'tish (a, b).
Gulxan yoqish. Musobaqa jarayonining eng qiziqarli va o‘ziga xos murakkab sinovlaridan biri gulxan yoqishdir. Gulxan yoqish o‘ta murakkab sinovlardan biri bo‘lmasa ham ma’lum darajadagi bilim, ko‘nikma va malakani talab qiladi. Avvalo, ikkita tayoq yerga qoqiladi. Tayoqlarning yerga va bir-biriga nisbatan oralig‘i 60 sm.dan100 sm.gacha bo‘lishi lozim. Yerdan 20—40 sm. balandlikda metall sim tortiladi, uni o‘rnatishdan maqsad, o‘tinni mazkur balandlikda qo'ymaslikdir. Keyin yerdan 50—60 sm oraliqda tabiiy toladan qilingan ip (suvga bo‘ktirilgan bint) tortiladi. O‘quvchilar ana shu ipni qisqa vaqt ichida, xavfsizlik choralariga amal qilgan holatda olov yordamida uzishlari lozim. Shuningdek, musobaqa paytida ishtirokchilarga bir dona gugurt cho‘pi beriladi. Ikki va undan ko‘p gugurt cho‘pidan foydalangan jamoaga jarimalar beriladi.
Gulxan yoqish usullari: a — quduq; b — chayla yoki konus; d — yulduz.
Qoyaga chiqish va tepalikdan tushish. Musobaqa ishtirokchilarining qoyaga chiqishi va tepalikdan tushishi eng murakkab elementlardan biridir. Chunki, qoyaga ko‘tarilish maxsus moslama va anjomlarni qo‘llash bilan birga, o‘ta ehtiyotkorlik va ziyraklikni talab etadi. Qoyaga chiqish uchun jumar, karabin, arqon, qoyatosh bolg‘asi, muzo‘yar kabi aslahalar kerak bo‘ladi. Umumta’lim mak- tablari o’quvchilari o‘rtasida qoyaga chiqish sinovi o‘tkazilsa, qoya balandligigacha bo‘lgan masofa 30-45 metr bo‘lgani yaxshi. Qiyalik esa, 40-50° bo‘lishi lozim. Chiqib ketayotganda tizzalar tepa- likka tegmasligi kerak. Pastda bir nafar o‘quvchi arqon tarangligini saqlab turishi maqsadga muvofiq. Tepada himoya arqoni bilan qutqaruvchi turadi, himoya arqoni chiquvchining bel qismiga mahkamlangan boiadi. Chiqish paytida arqonda faqat bitta o‘quvchining boiishi talab etiladi. Chiqishda, asosan, jumar, arqon va karabinlardan, tushishda arqon, vosmyorka, karabinlardan foydalaniladi.
Hakamlar hay’ati ushbu elementlar bo‘yicha musobaqa yoki tanlov qatnashchilari topshiriqni o‘z vaqtida bajarganligini nazorat qiladi. Agarda musobaqa qatnashchilari tomonidan berilgan vazifa o‘z vaqtida yoki to‘g‘ri bajarilmasa jarimalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |