Ryukzakka yuk va buyumlarni joylash. Ryukzakka buyumlarni joylaganda uning og‘irligi yelkadan to belgacha to‘g‘ri taqsimlanishi lozim. Buning uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Sayohat paytida tez-tez zarur bo‘ladigan narsalarni (shaxsiy gigiyenik vositalar, idish-tovoq va boshq.) ryukzakning olish osonroq joyiga solish lozim. Buning uchun, avvalo, ryukzak tekis joyga qo‘yiladi. Uning tag qismiga polietilen to‘shaladi (namlikdan asrash uchun). So’ngra kishining bel qismiga botmas- ligi uchun yumshoq narsalardan ishlangan buyumlar (ya’ni to‘- shak, issiq kiyimlar, gilamchalar, ko‘rpa qop va b.), keyin og‘ir narsalar (qo‘shimcha issiq oyoq kiyimi, konserva, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va h.k.) solinishi lozim. Ryukzakning tashqi qismidagi cho‘ntak va qo‘shimcha joylariga krujka, flyaga, kundalik daftar, ruchka, xarita, fotoapparat, kameralarni joylashtirish sayohatchini ortiqcha ovoragarchilikdan asraydi.
Chodirni o‘rnatish sayohatdagi eng muhim sinov va mashq- lardan biridir. Sababi, chodirni to‘g‘ri o’rnatish sayohatchilarning yaxshi dam olishlari uchun sharoit yaratishi bilan birga, xavf-xatardan, turli ko’ngilsiz hodisalardan asraydi. Musobaqa jarayonida chodirni o‘rnatish shartini boshlashdan oldin tekis joy tanlanadi. Chodir yoyilgandan keyin uning istalgan ikki uchi bir-biriga nisbatan diagonal ravishda to‘g‘ri qilingan holda tortiladi va yerga qoziqcha (qoziqlar 45° qiyalikda qoqilishi kerak) yordamida qoqiladi yoki katta toshlarga bog‘lab qo‘yiladi. So‘ngra chodirning ichkarisidagi ustuni va eshik qismidagi ustunlari o‘rnatiladi. Chodirning qolgan ikki tag va ikki yon tomonlaridagi iplari tortib, mahkamlanadi. Chodir shunday o‘rnatilishi lozimki, u tekis, mustahkam, joyning tabiiy sha- roitiga ko‘ra (quyosh, shamol, soy, o‘choq va boshq.) yaxshi joyda bo‘lsin.
Parallel arqondan o‘tish. Parallel arqon tabiiy to‘siqlar, ya’ni soy, daryo, jarlik, dara va shu kabi to‘siqlardan osonlik bilan o‘tishda qo‘llaniladi. Buning uchun tabiiy to‘siqning ikki che- tida arqon tortish uchun qulay sharoit bo‘lishi kerak (3.6-rasm). Aksariyat hollarda parallel arqonni o‘rnatishda daraxt, katta tosh va ulkan qoyalardan foydalaniladi. Parallel arqonni o‘rnatishda arqon bogMash usullariga, daraxt, qoya yoki xarsangtoshning mustahkamligiga, xavfsizlik choralariga, daryo yoki jarlikning chuqurligiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Bir vaqtning o‘zida arqonda faqat bir o’quvchining o'tishi talab qilinadi. Parallel arqondan shoshilmasdan, oyoqlarni arqondan uzmagan holda, xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilgan tarzda o‘tish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |