III. Katta sinf o’quvchilari uchun
Tuman sanoat korxonalariga, yo’l va boshqa qurilishlariga ekskursiya uyushtirish va o’lkashunoslikka doir kuzatishlar olib borish. Mexnat jamoalari bilan tanishish.
Marshrut masofasi 10-15 kilometr.
Poxod mavzulari: «Jamoa yoki shirkat xo’jaliklariga yordam berish», «Tumandagi tarixiy joylar bo’ylab», «Tumandagi daryolar va suv havzalari bo’ylab!»
Turizm malakalarini egallash.
Mamlakatimizda turizmning vazifalari va tashkil qilinishi. SHaxsiy gurux uchun va maxsus asbob anjomlar. Ryukzakka buyum joylash. Joylarda karta va kompas yordamida tomonlarni aniqlash. Yo’l va topografiya belgilari. Buyumgacha bo’lgan masofani, uning balandligini, daryoning enini aniqlash. Ko’z bilan chamalab ko’rish. Gulxanda ovqat tayyorlash. Ovqat maxsulotlari. Menyu (tartibini) tuzish. Yo’lda turli xil to’siqlardan o’tish. Poxodda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. «Dorilar qutichasi» tajribasini bilish.
O’yin musobaqalar.
O’lkashunoslik viktorinasi. Asosiy maqsad - o’z o’lkasini bilishdan iborat. Viktorina o’z tumani, viloyati to’g’risida tuzilib, tuman, viloyat va hakozolarning tabiati va tabiiy boyliklari, voqealari, xo’jaligi va madaniyati, atoqli kishilari to’g’risida savollarni o’z ichiga olishi mumkin.
Bitta guruxga har bir bo’limdan 1-2 ta savol beriladi. Berilgan javoblarga besh balli tizim asosida baho quyiladi. Ochkolarning umumiy soni 15-25 ga teng bo’ladi. Butun gurux qatnashadi.
Daryoga ekskursiya.
Buloqlarni o’rganishni daryolarni o’rganish bilan birga qo’shib olib borish qo’lay bo’ladi. Bunday o’rganishni biror kichikroq soydan boshlash kerak: mayda soychalarda yuz beradigan hodisalarni kuzatish uchun qulay, yaqqol ko’zga ko’rinib turadi va uncha xafli emas.
Boshqa har qanday geografik ekskursiyadagi singari dastlab mazkur daryo bilan kartada tanishib chiqish, lozim. Suv haroratini o’lchash, turli xil chuqurliklarda haroratning bir me’yorda bo’lishini aniqlash, bu haroratning kunduzgi issiqa va tungi sovunishiga, sizot suvlar oqib kelib turishiga bog’liqligini ko’rsatish zarur. Shundan keyin daryoning umumiy quvvatini bilib olish uchun muayyan vaqt ichida (bir soniya yoki bir daqiqada) oqib o’tadigan suv miqdori aniqlanadi. Buning uchun esa oqim tezligi va daryo uzanining rel’efini aniqlash lozim.
Suvning xossalari va rejimi bilan tanishib chiqqandan keyin daryo o’zanini va uning vodisini o’rganishga kirishish mumkin. Avvalo daryo o’zani qanday tog’ jinslari orqali o’tganligini, tagida qanday qoplam borligini, bu qoplamda qanday jinslar mavjudligi va ular qaerdan kelib chiqqanligini aniqlash zarur. Bular esa daryoning eroziyalovchi faoliyat va undagi egri bugriliklarning kelib chiqishi to’g’risidagi masalalarga o’z-o’zidan e’tibor berishga majbur etadi. Daryoning egri bugriligi shu qadar keng tarqalgan va tipik hodisasi, bu masalani aniqlash ustida to’xtalib o’tmaslik mumkin emas. Shu sababli ekskursiyada daryo oqimining egri bugriligi doimo orta borishini, ichkariga o’yilib kirgan qirog’oqning yuvilib turishi va shu tariqa oldinga turtib chiqqan joylarda loyqa toshlar to’planib qolishini ko’rsatib o’tish muxim ahamiyatga ega. Qirog’oqlardagi osilib qolgan, o’pirilib tushgan joylar va terrasalarga (supachalar) ekskursiyachilarning e’tiborini jalb qilish, bularning qanday kelib chiqqanligini tushuntirib berishga harakat qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |