oqimi kuchli bo‗lgan shoiralardan biri bu Farida Afro‗zdir. Uning ijodida Erkin
Vohidov uslubining ayrim qirralari sezilib turadi. Ya`ni, yuqorida aytib
ko‗nglidan kechayotgan asov hislar faqatgina ko‗ngil deb atalmishdan dargohdan
332
G`aflat ichra sizni yo‗qotdim,
Hasrat ichra o‗zimni topdim
Qolganlari hammasi yolg‗on [2, 71].
She`rda ―men‖ va ―dunyo‖ obrazlarining qarama-qarshiligi seziladi. Chunki
lirik qahramon mardonavor ruhda barcha kamchiliklarini meniki degani holda
dunyoning qolgan barcha narsalarini yolg‗on deb baholaydi va aynan shu satrlar
band so‗ngida naqarot sifatida yangraydi.
Olam va odam mushtarakligidan hamisha yangi ma`no, yangi mazmun
topmoqqa urinadigan shoiralardan yana biri bu Halima Ahmedovadir. Uning
ijodida ham
umr, tiriklik, o„lim
kabi tushunchalar an`anaviy timsollar qatoriga
kiradi. Lekin ijodkor bu timsollardan shunday foydalanadiki, ifodada goh alamli,
goh sokin, goh keng dunyoqarash shakllangan bo‗ladi.
Bu kunlar o‗taro, bu kunlar o‗tar,
Ortimizdan kulib dunyo qoladi.
Talpinchoq yuragim, talpinma buncha,
Bizlar o‗tkinchimiz, dunyo qoladi [1, 74]
Ijodkor bu o‗rinda o‗zini bu hayotga beparvo tutadi. She`rda esa dunyoning
ortda qolishi va inson o‗limi azaliy haqiqat ekani sokin kayfiyat bilan ifoda etiladi.
Bu bilan lirik qahramonning aksincha dunyoning ustidan kulayotgandek ko‗rinadi.
Shoiraning boshqa she`rida esa umuman aks hodisa tasvirlanadi:
Bir tushkun ko‗ngilga o‗xshaydi dunyo,
Ichsang zahardir ul, ichmaganing bol.
Qushlarning tushiday hurkak va bejo,
Oxir tashlab ketar munavvar xayol [1, 67]
Yashash og‗ir sinovdek tuyuladi lirik qahramon uchun. U o‗zi xohlasa
xohlamasa umr deb atalmish dengizdan suzib o‗tishi kerak. Lekin bu azobli yo‗l
uning uchun zahar ichish bilan barabor. Shundanmi ijodkor deyarli har bir she`rida
dunyo bilan ziddiyatga kirishadi.
Chayqal, dengiz, qutirgin, bo‗ron,
Bu dahshatdan uyg‗onsin dilim.
Jahannami sari yo‗l olsin
Menga ertak so‗zlagan o‗lim.
Chayqal, dengiz, najotkor bo‗ron,
Tunni buzib uchsin telba ruh.
Axir, senga ne tutdi dunyo,
Kishan hamda bir hovuch anduh [1, 92]
Shoira qaysarlik bilan hayot oqimiga bo‗ysunishni istamaydi. U dengiz va
bo‗ronni chayqalishi bilan o‗z dilini va dunyoni uyg‗otmoqchidek bo‗ladi. O`z
ruhini ozod va hur bo‗lishini xohlayotgan lirik qahramon ko‗ngliga qarata
“Axir,
senga ne tutdi dunyo, Kishan hamda bir hovuch anduh”
deyish bilan dunyoga
nisbatan alamzadaligini yashirmaydi.
Xulosa o‗rnida shuni aytishimiz mumkinki, Erkin Vohidov she`riyatining
ayrim qirralari bugungi ayol ijodkorlar she`riyatida yanada sayqal topib bormoqda.
Marhum shoirning keng dunyoqarashi bilan yaratilgan har bir she`ri o‗zbek
333
adabiyotining ulkan xazinasi va kelajagini belgilovchi muhim asosdir. Kitobxon
uning sodda tilda yaratgan asaridan o‗zgacha zavq tuyadi. Uning nima
deyayotganini oson ilg‗aydi. Keyingi avlod shoirlari esa E. Vohidovning boy
ijodiy merosidan foydalangani holda, yangidan-yangi poetik obrazlarni kashf
etaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ahmedova. H. Erk darichasi. G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va
san`at nashriyoti. – T.: 1996.
2.
Farida Afro‗z. Ko‗zim manim… – T.: G`afur G`ulom nashriyoti. 1999. –
B.71
3.
Sultonova. M. Yozuvchi uslubiga doir. – T.: Fan. 1973 .– B.3.
4.
Vohidov. E. Saylanma. Uchinchi jild. Umrim daryosi. – T.: Sharq. 2001.
– B.22.
Do'stlaringiz bilan baham: