AYOL SHOIRALAR IJODIDA ERKIN VOHIDOV POETIK USLUBI
AN`ANALARI
Nigora SALOHIDDINOVA,
mustaqil izlanuvchi (ADU)
Ijodkor uslubining o‗ziga xosligi u yaratgan asarning g‗oyaviy-badiiy
xususiyatida, dunyoqarashini ifodalovchi poetik tafakkurida aks etadi. Shu bilan
birga shoirning g‗oya, mavzu, til kabi badiiy komponentlar yaratishdagi mahorati
ham ayni chog‗da uning individual uslubini ko‗rsatib turadi. M.Sultonovaning
―Yozuvchi uslubiga doir‖ kitobida: ―…yozuvchi uslubi – bu metod, mahorat bilan
ham, traditsiya va novatorlik bilan ham, asar asosiga olingan hayotiy material bilan
ham, qolaversa, asar g‗oyasini ochuvchi barcha badiiy komponentlar yaratishdagi
yozuvchining o‗ziga xosligi bilan ham izohlanadi‖ [3, 3], deb bayon qilinadi.
Bugungi kun o‗zbek she`riyati ham yuqoridagi mulohazalardan holi
bo‗lolmaydi. Chunki badiiy adabiyotda hamisha o‗zgarib turuvchi jarayonlar
bo‗lsada, baribir o‗zidan avvalgi ijodkorning ifoda uslubidan, til xususiyatidan
oziqlangan holda sayqal topib boraveradi.
Chunonchi, Halima Ahmedova, Farida Afro‗z ijodiga shoir Erkin
Vohidovning o‗ziga xos ifoda uslubita`sir etganligi ularning bir qator she`rlarida
yaqqol ko‗rinadi. Avvolo Erkin Vohidov she`riyatiga nazar tashlaydigan bo‗lsak,
bu buyuk ijodkorning o‗zbek adabiyotida tutgan o‗rni beqiyos. U olam va odam
haqidagi mushohadalarini bir nuqtaga shunday tutashtiradiki, natijada shu nuqtada
yangi poetik olam kashf etiladi. Mazmunning salmoqdorligi, falsafiyligi uning
naqadar teran tafakkur egasi ekanligini ko‗rsatib turadi. Shoir ijodida takrorlanmas
―men‖ hamisha sezilib turadi. Erkin Vohidov o‗z ijodida she`riyatning rang-barang
janr va shakllariga murojaat qiladi, hamda har safar uning yangi-yangi
namunalarini yaratadi. Shunisi muhimki, shoir xalq va jamiyat taqdiriga taalluqli
jiddiy she`rlarida ham hajviy she`rlarda ham voqea hodisalarni quruq bayon etish
yo‗lidan emas, aksincha asar g‗oyasini badiiy tarzda gavdalantirish, sodda va
obrazli ixcham va teran badiiy go‗zal asarlar yaratish yo‗lidan boradi va jiddiy
yutuqlarga erishadi. Shuning uchun ham shoir o‗zbek xalqining haqiqiy milliy
shoiri sifatida e`tirof etiladi.
Shoir qaysi mavzuni qalamga olmasin, eng avvalo unga chuqur falsafiy
qarash bilan yondashadi. Tasvir reallikda kechayotgan jarayonga o‗xshasada,
mantiqan uning zamirida tarbiyaviy ahamiyatga ega fikrlar jamlangan bo‗ladi.
Jumladan uning ―Qilurman tavbalar‖ she`rida xuddi shunday jarayonlar
tasvirlanadi.
Qilurman tavbalar, garchi
Tazarrulik gunohim yo‗q.
Gunohim yo‗qligiga lek
Netay, isbot, guvohim yo‗q.
Eshitmas el fig‗onimni,
Kelar olmoqqa jonimni,
Olurga lek yonimni
331
Mening bir xayrixohim yo‗q.
She`r mazmunidan ko‗rinadiki, shoir ko‗nglidan kechayotgan tuyg‗ularini
kontrast uslubda ifoda etishga harakat qiladi. U sodda va ravon til orqali o‗y-
mushohadalarini bayon qiladi. Ifodada ortiqcha mavhumlik, mubolag‗a sezilmaydi.
Shundanmi, she`r mazmunini tushunish oson. Lirik qahramon o‗z qalbining
pokligiga ishora qilish bilan odamning so‗nggi manzili o‗lim ekanligiga urg‗u
beradi.
Tavba, tazarru, gunoh, jon
kabi leksemalar diniy mazmunni o‗zida
umumlashtirgani holda ijodkorning bevosita hayot va o‗lim oralig‗idagi umr
manzaralarini chizmoqqa urinayotgani seziladi. Keying bandlarda bu holat yaqqol
ifoda etiladi.
Bu sarson yo‗lda behamroh,
Topolmam manzili dilxoh
Muhabbatdan bo‗lak, billoh,
Ilohim, sajdagohim yo‗q.
Ishq avvalo Alloh bilan boshlanadi. Yaratganning huzuriga bormoq yo‗lida
bandasi turli qiyinchiliklarga duch kelar ekan, shoir ham o‗zining ―behamroh‖,
―manzili dilxoh‖i yo‗qligidan o‗kinadi. Alal-oqibat Allohga bo‗lgan ishq umrining
oxirigacha hamroh ekanligini qat‘iy ishonch bilan aytadi.
Bu olamdan uzib ko‗ngil,
Yonib ketsam, vujudim kul,
Unar ishq bog‗ida bir gul
Bu guldan ishtibohim yo‗q [4, 22]
She`riyatning hayotni qaysi xil timsollar asosida, qay yo‗sinda badiiy tadqiq
etishi lirik qahramon siymosining qay suratda namayon bo‗lishi shoir iste`dodi,
e`tiqodi va ma`naviyati bilan birgalikda ijtimoiy adabiy muhitga ham bog‗liq,
nazarimizda. E. Vohidov she`rlarida falsafiy ohangdorlik asosiy o‗rinda turadi. U
inson obrazi orqali tabiatni, jamiyatni, davrni ana shu obraz zamiriga singdiradi va
mazmunning kutilmagan qiyofalarini yaratadi. Yuqoridagi she`rda ham
Do'stlaringiz bilan baham: |