326
Hozirgi o‗zbek tilining lug‗at tarkibi o‗zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti
davomida shakllangan hodisadir. O‗zbek tili leksik qatlamiga yangi so‗zlar, arabiy-
forsiy izofalar, iboralar, hattoki so‗z yasovchi qo‗shimchalar ham kirib keldi.
Bunday so‗zlar, avvalo, mavhum, keyinchalik ularning ko‗pchiligi o‗z qatlam
so‗zlari kabi tilimizga moslashib, ajratib bo‗lmas holatda o‗rinlashdi. Ularni
o‗zlashgan qatlam ekanligini o‗rganish tilshunoslikning dolzarb muammolaridan
biri hisoblanadi.
Tilshunos O. Azizovning ta`kidlashicha, ―boshqa tillardan birorta ham so‗z
kirmagan sof til dunyoda bo‗lmagan va bo‗lishi ham mumkin emas‖ [1, 35]. O‗zga
tillardan lug‗at tarkibiga biror so‗z olib kirmagan til eng qashshoq tildir.
―O‗zlashmalar tilning kambag‗alligini bildirmaydi, odatda, ularning o‗zaro
boyishiga olib kelgan va olib keladi‖ [2, 207]. Shuning uchun o‗zlashmalarning
lug‗at tarkibi rivojidagi o‗rni katta. Lekin ―O‗zbek tili leksikologiyasi‖ kitobida
ta`kidlanishicha, ―Til o‗zida vositalar, imkoniyatlar bo‗lgan holda boshqa, o‗zga
tildan so‗z olmaydi. Qabul qilinuvchi so‗z ma`lum, biror yangi tushuncha anglatsa,
yangi informatsiya tashisa, yoki u yoki bu semantik yukka ega bo‗lsagina tilga
kirishi mumkin‖.
E.Vohidov so‗zni zabarjad, gavhar, oltinga, shoirni zargarga qiyoslaydi.
Zargar oltinni havas bilan kaftiga olib, undan mashaqqatli mehnati natijasida
go‗zallik yaratsa, shoirlar so‗zga mehr qo‗ygandagina, ta`sirchan misralar yarata
oladi [3, Ziyouz.uz].
E.Vohidov ―Uch daryodan suv ichgan dengiz‖ maqolasida tilimizning ichki
va tashqi omillar asosida rivojlanib borishi xususida so‗z yuritadi. Shoir ―o‗zbek
tilining buyuk dengizi uch buyuk daryo – turkiy, arabiy va forsiydan suv ichish
barobarida eski lotin, xitoy, hind, mo‗g‗ul, rus, Evropa tillaridan bahramand
bo‗lgan‖ini to‗g‗ri ta`kidlaydi.
E.Vohidov to‗g‗ri ta`kidlaganidek, o‗zga tillardan so‗z olmagan birorta til
yo‗q. Barcha tillar o‗zining ichki imkoniyatlari bilan birga, tashqi omillar hisobiga
ham boyib boradi. Tilimizga kirib kelgan arabiy, forsiy so‗zlarni sohalar bo‗yicha
tasnif qilar ekan, muallif diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarning ko‗pi arab tilidan, bir
qator ish qurollarimiz,
jomadon, xokandoz
,
dastsho„, jomashu, dazmol, qog„oz
kabi
hunarmandchilikka oid so‗zlar, shuningdek, yuksak she`riy uslubga xos so‗zlar
fors tilidan olinganini, ayrim so‗zlarning o‗zbekchasi ham, forschasi ham tilimizda
barobar ishlatilishini bayon qiladi [3, Ziyouz.uz].
O‗zlashmalar – bu biror bir tildan boshqa bir tilga ko‗chgan lug‗at
birliklaridir. O‗zlashmalar, shuningdek, o‗zlashma so‗zlar deb ham yuritiladi.
Amerikalik tilshunos olim U.Vaynrayxning yozishicha, o‗zlashmalarni, ko‗pincha,
til aloqasi sodir bo‗ladigan madaniy muhit ehtiyojlariga lug‗atning mos kelmay
qolish hollarini tadqiq etgan holda izohlash mumkin. O‗zlashmalar yangi termin,
so‗z birikmalari uchun asosiy manba bo‗lib xizmat qiladi.
Shuningdek, o‗zlashmalar ichida kalkalab olish orqali o‗zlashgan leksemalar
ham uchrab turadi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: