Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

IJTIMOIY FAOL SHE`RIYAT 

Husniddin UMAROV,  

katta o„qituvchi (GulDU) 

Rayxona XUDOYOROVA,  

 Guliston shahar 2-maktab

 

o„qituvchi  

 

O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov dastlabki she`rlarini maktabda o‗qib 



yurgan  paytidayoq  e‘lon  qila  boshlagan,  birinchi  she`riy  to‗plami  esa  ―Tong 

nafasi‖ nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning ellikdan 

ziyod  kitobi  o‗quvchilarga  tortiq  etildi.  Erkin  Vohidovning  ―Tong  lavhasi‖, 

―Kamtarlik  haqida‖,  ―Buloq‖,  ―Sevgi‖,  ―Ona  tuproq‖  kabi  qator  she`rlaridagi 

chuqur ma`no go‗zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‗unlashib ketgan. Masalan, 

shoir turmushdagi oddiygina holatdan - choy suzilayotganda choynakning piyolaga 

―egilishi‖,  choy  ichayotganda  inson  piyolaning  peshonasidan  ―o‗pishi‖dan  ajoyib 



328 

 

she`r yaratadi:  



Garchi shuncha mag‗rur tursa ham,  

Piyolaga egilar choynak.  

Shunday ekan, manmanlik nechun,  

Kibr-u havo nimaga kerak?  

Kamtarin bo‗l, hatto bir qadam 

O‗tma g‗urur ostonasidan.  

Piyolani inson shuning-chun 

 O‗par doim peshonasidan [1, 38]. 

Uning  she`rlaridan  tashqari  ―Palatkada  yozilgan  doston‖,  ―Ruhlar  isyoni‖, 

―Istanbul  fojiasi‖  singari  dostonlari,  ―Donishqishloq  latifalari‖  nomli  hajviy 

turkumi,  ―Oltin  devor‖  komediyasi,  ―Shoir-u  she`r-u  shuur‖  deb  atalgan  adabiy-

falsafiy to‗plami XX asr o‗zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo‗lib qo‗shilgan.  

Erkin Vohidov she`riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida 

birdek  yuksak  saviyada  ijod  qiladi.  Yetmishincni  yillarda  aruz  vazni  ―eskirgan, 

zamonga  javob  bera  olmay  qolgan  vazn‖  deya  inkor  qilina  boshlagan  bir  paytda 

Erkin Vohidov ―Yoshlik devoni‖ (1969) kitobini yozgan, undan joy olgan o‗nlab 

go‗zal  g‗azallari  bilan  bunday  da‘volarning  asossiz  ekanini  isbotlagandi.  Erkin 

Vohidov  g‗azallari  muayyan  kam-ko‗stlariga  qaramay,  she`riyatimiz  rivojida 

o‗ziga  xos  hodisa  bo‗la  oladi.  ―Yoshlik  devoni‖  60-yillar  o‗zbek  she`riyati 

taraqqiyotidagi muayyan tamoyillarning ko‗rinishi sifatida ham qimmatlidir. 

Shoir  ijodini  uning  tarjimonlik  faoliyatisiz  tasavvur  etish  qiyin.  U  ko‗plab 

mashhur  jahon  shoirlarining  asarlarini  o‗zbek  tiliga  mahorat  bilan  o‗girgan. 

Xususan, dunyo  she`riyatining  yorqin  vakillari  Sheroziy, Bedil, Gyote, Shiller,  S. 

Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko‗plab asarlarini 

ona tilimizga tarjima qilgan. Ayniqsa, ijodkor tomonidan ulug‗ nemis mutafakkiri 

Gyotening  ―Faust‖  asari  o‗zbek  tiliga  yuksak  mahorat  bilan  tarjima  qilinishi, 

(1974-yilda) kitob holida nashr etilishi nafaqat adabiyotimiz, balki madaniyatimiz 

tarixida ham muhim voqea bo‗lib qoldi.  

 

Erkin  Vohidov  mohir  tarjimon  ham,  u  kabilarning  asarlarini  mahorat  bilan 



tarjima qilgan. 

 

 E.Vohidov faqat she`r va dostonlar yozibgina qolmay, boshqa janrlarda ham 



barakali  ijod  qildi.  U  dramaturgiya  sohasida  ham  o‗z  qalamini  sinab,  ―Oltin 

devor‖,  ―Istanbul  fojiasi‖  kabi  dramalar  yaratdi.  Ayniqsa,  ―Oltin  devor‖ 

komediyasi  uzoq  yillar  o‗zbek  teatri  sahnasidan  tushmay  keldi.  Bu  komediya 

jahonning qator tillariga tarjima qilinib, teatrlarda sahnalashtirildi. E.Vohidov ellik 

yildan  ko‗proq  davr  mobaynida  ijod  etgan  asarlarini  to‗lplab,  ―Ishq  savdosi‖, 

―She`r  dunyosi‖,  ―Umr  daryosi‖  va  ―Ko‗ngil  nidosi‖  nomli  to‗rt  jildlik 

saylanmasini  o‗quvchilarga  taqdim  etdi.  Bu  asarlar  faqat  shoir  qalbining, 

kechinmalarininggina  emas,  balki  xalq  hayotining  ham  ko‗zgusidir.  Shoir 

asarlaridan  hayotga,  go‗zallikka  muhabbat,  yovuzlikka,  tubanliklka  nafrat  yaqqol 

sezilib  turadi.  Uning  ilk  dostoni  –  ―Nido‖da  insoniyatga  og‗ir  judoliklar,  bitmas 

jarohatlar  keltiradigan  urush  qattiq  qoralansa,  keyinroq  bitilgan  ―Ruhlar  isyoni‖ 

dostonida  xalqlar,  millatlar,  dinlar  o‗rtasidagi  nizolar  bashariyatga  naqadar  katta 




329 

 

falokatlar  olib  kelishi  teran  tasvirllangan.  Bu  esa  shoir  ijodida  insonparvarlik 



hamisha bosh mavzu bo‗lib keliganligini ko‗rsatadi. 

Qadim-qadimdan  insoniyat  boshiga  katta  kulfatlar  solib  kelgan  urushlar 

tufayli  qanchadan  qancha  odamlar  qurbon  bo‗lgan,  ayollar  tul,  bolalar  yetim 

qolgan,  gullab-yashnab  yotgan  shahar-u  qishloqlar  kultepaga  aylangan.  Shuning 

uchun ham yuragida odamzodga mehr muhabbat bo‗lgan har qanday inson urushni 

qattiq qoralagan, hamisha unga qarshi chiqqan. Tinchlik uchun kurashda, ayniqsa, 

olimlar,  san`atkorlar,  shoir-u  yozuvchilarning  xizmati  kattadir.  Chunki  ular 

yaratgan  asarlardan,  ilgari  surgan  g‗oyalardan  millionlab  kishilar  bahramand 

bo‗ladi. Afsuski, fan-texnika rivojlanib, qurol-yarog‗lar takomillashib borgani sari 

urush  qurbonlarining  ham  soni  ortib,  u  keltirgan  vayronkorliklarning  ko‗lami 

kengayib bordi.  Eng oxirgi – Ikkinchi jahon urushida ellik milliondan ortiq odam 

halok bo‗ldi. 

Erkin  Vohidovning  ―Nido‖  dostoni  ham  xuddi  ana  shu  urush  va  u  olib 

kelgan  kulfatlar,  u  yetkazgan  jarohatlar  haqidadir  [2].  Bu  doston  qisman 

avtobiografik  xarakterga  ega,  ya`ni  shoirning  tarjimayi  holi  bilan  bog‗liqdir. 

Chunki  uning  ayni  qalam  ushlab,  savod  chiqarish  davri  ana  shu  urush  yillariga 

to‗g‗ri  keladi.  Bu  doston  avvalo  yuksak  badiiyati,  samimiyati,  teran  insoniyligi 

bilan  ajralib  turadi.  Doston  urush  va  inson  muammosiga  bag‗ishlangan. 

Adabiyotda  qay-qayta  qalamga  olingan  bu  muammo  E.Vohidov  dostonda  o‗ziga 

xos tarzda ishlangan hodisaga shaxsiy daxldorlik asarga samimiyat baxsh etgan. 

Doston  yigirma  yil  avval  urushda  halok  bo‗lgan  otasini  xotirlayotgan 

farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan yigirma yil o‗tib ketgan 

bo‗lsa-da,  hamon  uning  jarohatlari  bitgani  yo‗q.  Hamon  yer  qa‘ridan  ―O‗g‗lim!‖ 

degan  nido  yangrab  turadi.  Bu  nidoning  ma`nosi  nima?  Shu  o‗rinda  shoir  olis 

bolalik  yillarini  eslab  ketadi.  Ko‗z  oldidan  to‗p-to‗p  bo‗lib  jangga  ketayotgan 

odamlar  o‗ta  boshlaydi.  Yoshgina  bolakay  hali  urush  nima  ekanligini  to‗liq 

tasavvur qila olmaydi. Biroq ko‗p o‗tmay bu bolakay ko‗cha changitib yurgan olis, 

sokin qishloqda ham urush o‗z fojiali qiyofasini namoyon eta boshlaydi. 

Rustamning akasi bilan Xol aka-ku nogiron bo‗lishsa ham qaytib kelishibdi. 

Ammo  el-yurtning  tinchligi,  farzandlarning  baxtiyor  kelajagi  deb  jon  bergan 

insonlar  qancha!  Bu  doston  hozirgi  tinch  va  osuda  hayotimizning  qadriga 

etishimiz, asrab-avaylashimizga undashi bilan ahamiyatlidir [3]. 

Darhaqiqat, Erkin Vohidov o‗zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-

o‗ylarini badiiy ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko‗tarib 

chiqish, kishilarimiz  madaniy-estetik  saviyasini  yuksaltirishdek  ezgu  maqsadlarga 

yo‗naltirgandir.  

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.

 



Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2016.  

2.

 



Vohidov E. Ishq savdosi. – T.: Sharq, 2002. 

3.

 



To‗xliev B. Adabiyot o‗qitish metodikasi. –T.: Yangi asr avlodi, 2006. 

4.

 



Vohidov E. Shoiru, she`ru, shuur. – T.: Yosh gvardiya, 1987. 

5.

 



To  quyosh  sochgayki  nur.  E.Vohidov  zamondoshlari  nigohida.  –  T.: 

O‗zbekiston, 2018. 




330 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish