Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

So„z juda o„jar narsa bo„ladi. Unga befarq qarasang, ma`nosidan bir 

chimdim yashirib qolishga, hamma rangini namoyon qilmaslikka urinadi

‖ [3, 294]. 

Erkin  Vohidov  ijodida  so‗z  o‗zining  o‗rnini  topa  olganligini  ko‗rish  mumkin. 

ayniqsa  ―



so„z  olamiga  sayohat

‖  ga  yetaklovchi  ―



So„z  latofati

‖  asarida  ularning 

ma`nosi, kelib  chiqishi, qo‗llanilishi,variatlariga  e`tibor  qaratib,  quyidagi  fikrlarni 

keltiradi:  ―



Adabiy  ijod  hamisha  so„z  olamiga  sayohatdir.  Ijodkor  so„zni  tirik  jon 

deb biladi va so„z bilan so„zlashadi. Mening bu yozganlarim ana shunday jonli til 

bilan jonli suhbat bo„lishini istayman” 

[4, 9-10]



.

  

 



Asarda  so‗zning  kelib  chiqishi  va  bugungi  mazmuni  to‗g‗risida  qimmatli 

fikrlarni  keltiradi.  Masalan,  ―



dong„i  ketgan

‖  iborasidagi 



dong

  so‗zining  kelib 

qichishini  quidagicha  izohlaydi:  ―… 

Eng  muhim  xabarlar  elga  nog„ora  chalib 

yetkazilgan.  Dang„illagan  bu  sado  ham  so„zga  aylandi.  Kimning  nomi  elda 

nog„ora  bo„lsa, u  dang„  chiqardi…  Biz  bugun  shuhratli  odamni  dongdor  deymiz, 

dong  taratgan  deymiz.  Lekin  el  ichida  dong  chiqargan  uy  dang„illama  bo„lib 

aslicha qoldi. Qirg„iz tilida ham bu so„z dang„ deb aytiladi. Lekin ma`no tomonida 

ozgina  farq  bor:  shon-sharaf,  olqish  mazmunida  qo„llaniladi.  El-jurtqa  dang„ 

kabi

‖  [4,  17-18].  Ko‗p  qo‗llaniladigan 



dongdor,  dong„i  ketgan,  dang„illama

 

so‗zlarining  asli  kelib  chiqishi,  qanday  qilib  shu  holatga  kelgani  va  ma`no 



taraqqiyotidagi  o‗zgarishlar  haqida  atroflicha  to‗xtalgan.  So‗zlarni  bir-biri  bilan 

asosli dalillagan.  

So‗zning  asl  ma`nosini,  kelib  chiqishini  ham  bir  qiziqarli  asar  tarzida 

o‗quvchiga yetkazishning o‗zi ham ijodkorning katta mahoratidir. Masalan, toshni 

toshga urganda chiqqan ―

chaq

‖ degan ovozning yetilib, ―ulg‗ayib‖ ―



chaquv

‖ degan 


so‗zga aylangunga qadar qanday yo‗lni bosib o‗tganligiga to‗xtaladi: ―

… u toshni 

toshga  urib  chaq  etgan  tovushni  eshitgan-u  chaq  deya  ovoz  chiqarib  o„zining 

birinchi  so„zini  aytgan.  Toshni  toshga  chaqqan,  keyinroq  tosh  bilan  danak 

chaqqan, yong„oq chaqqan, bolasiga ham chaq! deb buyurgan. 


325 

 

 



…Tosh  bir-biriga  urilganda,  uchgan  yeri  chaqa.  Toshga  qoqilganni  oyoq 

barmog„i chaqa. Ko„p gapirganning tili chaqa. 

 

Tosh  maydalab  chaqa  degan  inson  uchun  hamma  mayda  narsalar  chaqa 

bo„ldi. Pul maydalab: chaqa dedi. Mayda bolasini bola-chaqa dedi. Eng maydasi 

chaqaloq bo„ldi.  

 

Gap  chaquvchining  oti  ham  chaqdan  uzoq  ketmadi.  Uni  chaqimchi, 

chaqmachaqar  dedilar…  Birovning  gapini  birovga  aytsa,  bu  chaqimchilik, 

insonning  gapini  yuqoriga,  podshoga  yoki  hukumatga  yetkazsa,  chaquv  bo„ladi. 

Chaquv oldida chaqmachaqarlik holva bo„lib qoldi”, 

deyiladi [4, 8].



 

Ko‗rinadiki, 

so‗zning  kelib  chiqishining  o‗zini  ham  shoir  she`r,  g‗azal  kabi  ravon  o‗qilishi  va 

o‗quvchi uchun qiziqarli tarzda ifodalagan. 

 

Doimo  ishlatib  keladigan,  biror  narsadan  hayratlanganimizda  qo‗llaydigan 





qoyil

‖  so‗ziga  to‗xtalar  ekan  bu  so‗zning  ham  ma`no  taraqqiyoti  davomida  asl 

mazmunidan  uzoqlashgan  holda  qo‗llanilishini  ko‗ramiz.  ―

Qoyil  –  so„zlovchi 

degani. Bu so„z aslida so„zamol odamga nisbatan ishlatilgan. Gap bilgan qoyil, ish 

bilgan  omil  atalgan

‖ [4, 42]. Bugungi kunda qoyil so‗zi barcha narsaga nisbatan 

qo‗llaymiz. Nimadan hayratga tushsak, shuni ―

qoyil”

 deymiz. 



 

 

Til  taraqqiyoti  davrida  so‗z  tarkibida  tovush  o‗zgarib  va  bugun  ham  bu 



so‗zlar  o‗zgargan  holida  og‗zaki  va  yozma  shaklda  qo‗llanilib  kelinmoqda.  Bu 

o‗zgarishlar  tilning  ma`lum  taraqqiyot  davriga  xos  ekanligi  tilshunoslar  yaxshi 

bilishadi.  Shoir  asarida  ham  bunga  alohida  to‗xtaladi:  ―

“Devonu lug„atit turk”da 

edgu  deb  bitilgan,  yaxshilikni  anglatuvchi  bu  asl  turkiy  so„z  bugungi  adabiy 

tilimizda ezgu shaklida qo„llaniladi. Bamisoli arabcha darbni zarb, daifni zaif deb 

aytganimiz  kabi

‖  [4,  30].  Shuningdek,  shoir  izlanishlarida 



zimiston 

so‗zining 

ma`nosi

  qorong„ulik 

emas,  balki



  qish 

ekanligi,



  xunik 

so‗zining  ma`nosi



  ko„rksiz 

emas, 


sovuq 

ekanligi,



  tamanno 

so‗zining  ma`nosi



  noz-u  karashma 

emas,


  istak, 

xohish 

ekanligi va yana ko‗plab so‗zlarning asli ma`nosini izohlab beradi.  

 

Umuman  olganda,  ―



So„zda  har  qanday  yaxshilikning  imkoni  bor…

‖,  deya 

aytgan  hazrat  Navoiyning  fikrlarni  nechog‗lik  to‗g‗riligini  Shoyir  ijodida 

ko‗rishimiz mumkin. Unda so‗zni ulug‗likka ko‗tarmoq, uning ma`no noziklaridan 

bahra  olmoq  va  bularni  o‗quvchiga  ham  yetkazishdek  ulug‗  ishlarni  yaqqol 

ko‗rishimiz mumkin.  

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.

 



Kaykovus. Qobusnoma. Nashrga tayyorlovchilar: S.Dolimov, U.Dolimov. 

 



T.: Yangi asr avlodi, 2018. – B. 224. 

2.

 



Navoiy A. Mahbub ul-qulb. – T.: Sano-standart, 2018. – B.192.  

3.

 



Sharafiddinov O. Birinchi mo‗jiza. – T.: Adabiyot va san`at, 1979. – B 464.  

4.

 



Vohidov E. So‗z latofati. – T.: O‗zbekiston, 2018. – B. 216. 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish