Xalq bo„l, elim,
xalq bo„l, elim,
xalq bo„l, elim!
Muhammadning bilgan buyuk oyati – shu!
Shoirimiz istagan orzu bu yil chin haqiqatga aylandi. Boshiga kulfat
tushganda, kutilmagan fojea yuz berganda millat farzandlari xalq bo‗lib
shakllanganini ko‗rsatdi. Xalqsevar,insonparvar Prezidentimiz bilan birga bir tanu
bir jonga aylanib, kutilmagan balo-ofatlarga qarshi birday oyoqqa turdi, qo‗zg‗aldi.
Oti o‗chsin virus balosi, Sardoba, Mirzaobod fojeasi buni sinovdan o‗tkazdi.
Yuzimiz yorug‗. Vabo chekinmoqda. Yurtimizning barcha go‗shalaridan birdamlik
karvonlari jabrdiyda Sardoba, Mirzaobod tomon oqib kelmoqda. Jonajon
O‗zbekistonimizda buyuk birdamlik harakati boshlanib, toshqin ko‗rgan tumanlar
bunyodkorlik markaziga aylandi. Yurtboshimiz alqagan mard va olijanob xalqimiz
uning boshchiligida dunyoda o‗zbek degan xalq, O‗zbekiston degan davlat va
uning Shavkat Mirziyoev degan davlatboshisi borligini jahonga tanitib qo‗ydi.
320
Shoirimiz orzu qilgan xalq bo‗lib birlashdik, xalq bo‗ldik. Millat uchun bundan
ortiq baxt yo‗qligini his qilmoqdamiz. Birdamlikda ekan xalq bo‗lishning kaliti.
Shunday evrilishni bilganmi shoir? Balki... Nima bo‗lganda ham u topib
aytgan. Hamma zamonlarning buyuk shoirlari o‗z she`r lari bilan xalqining ovozi,
ruhi, vijdoniga aylanib ketadi, deganlari rost-da. Qisqa umr ko‗rsa-da, Muhammad
Yusufga ham shunday baxt, oliy saodat nasib etdi. Uning she`r i shoir tirik
paytidayoq xalq so‗ziga aylanib ketgan. Qo‗shiq bo‗lib ketgan so‗zlari. Kamdan-
kam shoir, she`r iyat qismatiga shunday taqdir bitiladi.
Zotan,Muhammad Yusuf she`r iyatida shunday bir yoqimli joziba, go‗zal
samimiylik ustuvorki, maftun qilmay qo‗ymaydi, ohanraboday o‗ziga tortib oladi.
Bir eshiting-a:
Muhabbat bog‗iga kirmadim bor,
Suyib bir gulga qo‗l urmadim bir bor.
Endi tunlar yig‗lar menga qo‗shilib,
Ko‗nglimda bir yoru qo‗ynimda bir yor.
Birin erkalayman dudog‗im bilan,
Birisin erkalab nigohim bilan.
Yashayman savobu gunohim bilan-
Ko‗nglimda bir yoru qo‗ynimda bir yor.
Ha endi, bu muhabbat-da, muhabbat she`r siz ham maftunkor, deydiganlar
chiqib qolar. Unda bu yog‗iga nima deysiz?! Uning shoir uchun umrbod sevimli
bo‗lib qolgan mavzu-onajonimiz tabiat haqidagi she`r lari ham bag‗oyat
fusunkor,dilrabodir.Ayniqsa, yosh kelinchaklardek bezanib keladigan bahorga,
uning tili bilan aytganda, ko‗klamoyga bag‗ishlanganlarining maqtoviga til ojiz:
Dil yayrasin dala-dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo‗yiga yastanib.
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko‗klamoyim, ko‗kingdan ber bir chimdim.
Muhammad Yusuf tabiat bilan tillashgan, uning ko‗nglini topgan,
ko‗nglini olgan, ko‗nglida qolgan shoir. Uning uchun tabiat oddiy bir o‗t,
o‗sib yotgan buta-daraxt emas: uning uchun tabiat qadrdon do‗st,yor-
jo‗ra,yukini erda qoldirmaydigan, ko‗ngilochar hilqat,oydin kecha,
yorug‗diydor,
bag‗ri
keng
panoh,
mangu
kuy-qo‗shiq,
unsiz
nido,hayqiriqlar, so‗zsiz sado-navolar maskan topgan quchoq. Bu quchoqda
shunaqangi go‗zalliklar borki, ular hatto... keling yaxshisi o‗zingiz baho
bering.
Oq tulporim bor edi,
Beklar unga zor edi.
Og‗aynilar, ot menga
Ham do‗stu ham yor edi.
Yordan kechdim otni deb,
Elga bo‗ldim ermaklar.
Qaydan bilsin ot qadrin
Ot minmagan erkaklar.
321
Uning she`r iyat bo‗stonida gulu giyohlar, yalpizu rayxonlar xush bo‗ylar
taratib orolanadi, orolanadi-da shoirning singlisiga, shoir esa ularning sevimli
og‗asiga aylanib, dildan suhbat qurishadi ular, ko‗ngil yoradi.
O‗zim jannatdayu, do‗zaxda ko‗nglim,
Yalpizjon, sen o‗sgan o‗tloqda ko‗nglim,
Sen jilg‗a bo‗yida sarg‗aygan singlim,
Men ummonda senga mushtoq og‗angman.
Osmonin tusi yo‗q bu taxtni netgum,
Rayxonin isi yo‗q bu baxtni netgum,
Bosh olib keladi yoningga ketgum,
Dalangdan olamga bir sadaqangman
Do‗lana – o‗z yorini topolmay uydan bosh olib chiqib ketgan oshiq yigit -
tog‗larda yorijonini yolg‗iz kutadi,bir o‗zi.Faqat oy hamroq, yolg‗iz Muhammaddir
uning jo‗rasi, dilochar do‗sti. Hech kim bilan ishi yo‗q ―beozor‖kapalaklar guldan-
gulga qo‗nib beozor, sassiz gulbarglar,g‗unchalarning dilrozlaridan darak beradi,
haqqiga o‗pich olib qochadi. Oq oydin tunda ham bu beg‗ubor anvoyi ―qushcha‖
gullar bilan sirlashishdan to‗ymaydi. Mahliyo bo‗lasiz uning ishiga va she`r
tug‗iladi shoir qalbida:
Tunda she`r aytishdik kapalak bilan,
Yalpizni aldadim,
Gulni aldadim...
***
Gulga qo‗nsa, qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi,
Bir kun yashar, bir-birini sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan yaxshiroq.
Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo‗q,
Na tovushi, na qo‗shig‗i, kuyi yo‗q.
Kapalakning kambag‗ali, boyi yo‗q,
Kapalaklar odamlardan yaxshiroq.
Tabiatning kelinchak qizi –qizg‗aldoq-chi? Bu gullar malikasi, bu qirolicha
qizarib-yonib, yolqinlanib, shoir akasiga nelar so‗zlaydi? Nelar uqar shoir ulardan?
Qizg‗aldog‗im, qirdan bo‗lak koshonang yo‗q,
Kokil yoysang, erdan bo‗lak toshoynang yo‗q.
O‗ksib-o‗ksib turganingda o‗zim borib,
Peshonangdan o‗pay desam,peshonang yo‗q.
Qizg‗aldoqning opachasi Lolada, Lolaqizg‗aldoqda esa chinakamiga
yetilgan go‗zallik bor. Ammo, ammo dardlari ko‗p bu go‗zalning ham. Yolg‗iz
Muhammadga ayon barisi, shunday udir uning dil tarjimoni:
Buni hayot derlar,
Unutma aslo.
Bir kun ochilasan,
Bir kun so‗lasan.
Qalbimda-ku, faqat
322
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O‗zing bo‗lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira-bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‗aldoq.
O‗tlab yurgan hurkak kiyiklar hadik bilan o‗qtin-o‗qtin boqib qo‗yadi-da
xayolingizni o‗g‗irlaydi: ‖Buncha go‗zal: kiyikmi bu,farishta?!‖. Yaqinroq borib u
bilan gaplashgingiz kelib ketadi.Bu yog‗i shoirga havola.
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo‗lib, sahrolarda etalasam,
Bu dunyoda birday g‗arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi, bir erkalasam.
Shudringlar ko‗zida hayrat-hayajon yaproqlardan ayrilgisi kelmay ularga
mahkamroq yopishadi-hayot uchun kurash, yashash uchun jang. Ammo na iloj:
qismatda ayriliq bor- judolikdan ado bo‗ladi. Shorda shunday: she`r tabiatga, tabiat
esa she`r ga aylanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |