ta`kidlash lozimki, badiiy asarning qimmati unda xalq iboralarining qancha ko‗p
qo‗llanilganligi bilan emas, qay darajada o‗rinli qo‗llanilgani bilan belgilanadi.
Erkin Vohidov qo‗llagan xar bir maqol va ibora voqeylik ruhiga monand tarzda
qo‗llanilganligi bilan ajralib turadi. Badiiy uslub boshqa uslublardan o‗zining
obrazliligi, ekspressivligi bilan ajralib turadi. Uning o‗ziga xosligi adabiy til
me'yorlariga bo‗lgan munosabatda (til vositalaridan foydalanish) yaqqol ko‗rinadi.
Badiiy adabiyotning quroli so‗zdir. Hayot manzaralari, obrazlar va ularning tavsifi
so‗z yordamida kitobxonga yetkaziladi. Demakki, so‗z obraz va xarakter, manzara
yaratish vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Yozuvchi asar yaratar ekan, turli maqsadlar
uchun asar g‗oyasi, obrazlari ruhiga mos tushadigan til vositalarini qo‗llaydi.
Taniqli tilshunos A.N.Gvozdev yozganidek, «bu uslubda adabiy til me'yorlaridan
chetga chiqish hollari ham uchrab turadi. Adabiy til me'yorlarida chetga chiqish
ma`lum personaj, muhit yoki davrga nutqiy tavsif berilganda sodir bo‗ladi. Bunda
314
yozuvchi oddiy nutq elementlaridan, dialektizmlardan, arxaizm va chet til
leksikasidan foydalanadi». Bu holat matnning ekspresivligi, emotsionalligi uchun
xizmat qiluvchi iboralarga ham taalluqlidir. Taniqli adib Erkin Vohidov asarlarida
qo‗llangan iboralarni kuzatganda, quyidagilarga duch kelamiz: ularda ko‗chma
ma`noda qo‗llangan asli bir gap shaklida bo‗lgan, frazeologizmga aylanib ketgan
konstruktsiyalar ham uchraydiki, bu oddiy so‗zlashuvga tegishli bo‗lib,
emotsionallik ifodalashga xizmat qilgan.
Bu o‗rinda uning mustaqillik yillarida kurash maydonida jon olib-jon
berayotgan vatandoshlarimizga bag‗ishlab yozgan she`rlari alohida o‗rin tutadi.
Misol uchun ―O‗zbegim‖ qasidasi o‗zbek xalqiga bo‗lgan muhabbati va dil izhori
tasvirlangan: Masalan:
Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‗kragimni tog‗ qilib.
Ko‗kragida tog‗ ko‗targan
Tanti dehqon o‗zbegim.
Qayga bormay, boshda do‗ppim,
G‗oz yuraman gerdayib.
Olam uzra nomi ketgan,
O‗zbekiston, o‗zbegim.
Bu o‗rinda, ayniqsa, ―g‗oz yuraman‖, ―ko‗kragida tog‗ ko‗targan‖ iborasi
juda o‗rinli qo‗llangan. Xalq nutqida bu ibora mard, tanti, botir, qo‗rqmas va
qahramon insonlarga nisbatan qo‗llaniladi. Shoir esa bu o‗rinda o‗zbek millati
farzandi botir, qo‗rqmas, shu bilan birga mard o‗g‗lon nisbatan qo‗llaydi. Ibora shu
daraja o‗rinli qo‗llanganki, jang tasviriga singib,quyma misraga aylangan. Yoki
shu she`rdagi ―‖iborasini olib ko‗radigan bo‗lsak,u Ham matnga singib,
―yashindek‖so‗zi bilan qo‗shilib badiiy qimmati yana ham ortgan.
Ilmu she`rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul.
O‗z elida chekdi g‗urbat,
Zoru nolon o‗zbegim.
Xalqimizning ―taqdiriga qul‖ iborasini she`r bandlariga singib ketganligini
ko‗rib, shoirning so‗z qo‗llash mahoratiga, xalq maqol va iboralarini o‗rinli
qo‗llash mahoratiga tan bermay ilojimiz yo‗q. E.Vohidov faqat bag‗ishlov
mavzuidagi she`rlaridagina emas,ijodining boshqa qirralarida ham xalqona maqol
va iboralardan o‗rinli foydalanish mahoratini ko‗rish mumkin. Masalan, xalqi
uchun yozilgan ―Nidodostonida ham bu holni uchratish mumkin.
Tengdoshim,
Asrdosh birodar!
Kel, bir on jim o‗yga cho‗maylik.
Bu yerda yotibdi fidolar,
Kel, uni gullarga ko‗maylik.
Shoir chorasiz qolgan ona va bolaning ruhiy azobini ―...bir on jim o‗yga
cho‗maylik‖ iborasi orqali tasvirlaydi. Bunday misollarni shoir ijodidan cheksiz
keltirish mumkin. Lekin biz yuqorida keltirilgan misollar bilan so‗zimizni
315
muhtasar qilamiz. Chunki shoirning so‗z qo‗llash mahoratini bir maqola orqali
yoritib berish qiyin.
Adabiyotlar ro‗yxati:
1. E.Vohidov. Saylanma. I jild. –T.,‖Sharq‖ nashriyoti. 2000.
2. N.Rahimjonov. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. –T., Tafakkur, 2011 y.
3. E.Vohidov. Saylanma. – T., Sharq, 2016 y.
Do'stlaringiz bilan baham: