Shunday daho ijodkorlar borki, ular yaratgan asarlarni millionlarning qalb
ular ta`sirida yuzlab nurli iste`dodlar kamol topib yuqori cho‗qqilarni zabt etadilar.
O‗z navbatida bu shaxslar daho ijodkorlarni o‗zlarining ustozlari deb biladilar.
306
Hayratlanarlisi shundaki, ana shu ustozlik va shogirdlik munosabatlariga hatto ular
yashagan davr oralig‗idagi yuzlab yillar ham mone bo‗la olmaydi. Alisher Navoiy
va Erkin Vohidov faoliyatlari misolida ushbu holni ko‗rishimiz mumkin.
Bugun jahon ilm-u fani, adabiyoti, san`ati rivojida o‗zbek xalqining o‗rni va
roli tayin etilgan bo‗lsa, Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar va Erkin Vohidov
kabi xalqparvar shoir, allomalar tufaylidir. So‗nggi yillarda mamlakatimizda yuz
berayotgan o‗zgarishlarning ko‗lami nihoyatda katta, aytish mumkinki shu davr
mobaynida yurtimiz dunyoga tamomila bir yangi qiyofa, yangi tashabbus, yangi
g‗oyalar bilan tanildi. Tom ma`noda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari
qadam tashladik. Bu yuksalish va o‗zgarishlar zamirida ilm-fan, adabiyot, san`atga
ulkan e`tibor yotishini mamlakatimiz rahbari o‗zining har bir nutqida qayta va
qayta ta`kidlab kelmoqda. Albatta, bejiz emas. Millatning borligini, ulug‗ligini
namoyon etib turuvchi jihatlar, bu uning tili, adabiyot va san`atidir.
Shavkat Mirziyoyev O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangach,
ilk imzolagan qarori ham bevosita adabiyot sohasiga dahldor bo‗ldi. Ya`ni
elimizning suyukli farzandi, zabardast shoiri, taniqli davlat va jamoat arbobi,
O‗zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash
to‗g‗risida maxsus qaror e‗lon qilindi. Qarordan kelib chiqib tug‗ilib o‗sgan
Farg‗ona viloyati, Oltiariq tumani, ―Beglar‖ mahallasida Erkin Vohidov uy-muzeyi
ochildi. Birgina shoir timsolida butun millat adabiyoti, ma`naviyatga ko‗rsatilgan
bunday ulkan e`tibor va g‗amxo‗rlik yurtimiz ziyoliylarini hayajonga soldi.
Xalqimiz suygan shoiriga bo‗lgan e`tibor yanada oshib, uning ijodini o‗sib
kelayotgan yangi avlodga yetkazish bizning oliyjanob burchimizdir. Chunki,
adibimizning ijodda bosib o‗tgan yo‗lining o‗zi yoshlarga ibratdir. Birgina bolalik
xotiralarini yodga oladigan bo‗lsak: shoir shunday xotirlaydi: ―Otam frontda
ekanida onam qishloq kengashida kotiba bo‗lib ishlar, qiyinchilik bilan kun
kechirar edik. Juxori poyasini shimib tilimni qonatganim, bolalarga qo‗shilib
kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va o‗zi kechgacha
yig‗laganini unutmayman‖ (1, 14.). Bundan ko‗rinib turibdiki, adabiyotimizda
aruzda ijod qilib, Navoiy ijodining mukammal qirralaridan bahramand bo‗la olgan,
hatto dunyo adabiyoti durdonalarini bizga tarjima qilib, tuhfa etgan adibimizning
bolaligi ham qiyinchilik vaqtlarga to‗g‗ri kelgan ekan. Ehtimol, Navoiy ijodiga
bo‗lgan buyuk ehtirom, milliy adabiyot va tilimizga bo‗lgan muhabbat adibni
vodiydan azim shaharga olib kelgandir. Xalqimizda ―Ertani degan kechani
qo‗ymas‖ mazmunidagi ajoyib bir naql bor. Buni milliy adabiyotning kelajagi
uning o‗z o‗tmishini qanday idrok qilinishiga bog‗liqligini juda erta anglab yetgan
adibimiz mumtoz adabiyotdagi eng ulug‗ adiblar tajribasidan bahramand bo‗lib
ijod qildi. Xalq shoiri bilan bo‗lgan uchrashuvlarning birida: ―Navoiyning ijodini
tushunish, anglash uchun fors, arab, eski o‗zbek tillarini o‗rganish bilan bir qatorda
Qur`oni karim, hadis, tasavvuf ilmidan bohabar bo‗lish, undan keyin Navoiy
davrini, u yashagan muhitni bilish lozim. Bugungi kunda Navoiyni imkon qadar
to‗liq anglashga intilish uchun hamma sharoit yetarli.Bu imkoniyatdan
foydalanishimiz kerak. Navoiyni bilsak, ijodiga chuqur kirib borsakgina, ―Men
o‗zbekman, Navoiy avlodiman‖ deya olamiz! (2, 12), - degan fikrlarida ham
307
yoshlarga ibratomuz tarzda har qanday millat o‗z mumtoz so‗z, ko‗ngli tarixini
bilishga chaqiradi. Shu bilan bir qatorda, bugungi tezkor jarayonda madniyatlararo
xilma-xillik vujudga kelib, milliy madaniyatda transformatsion jarayonlar
kuchaygan bir paytda mumtoz adabiyotimiz, qolaversa, Navoiy ijodi namunalarini
o‗rganish borasida ham qimmatli mulohazalarini berishga harakat qilgan adibimiz.
Bu to‗g‗rida: ―Navoiyni o‗rganishdan asosiy maqsad, faqatgina so‗z boyligini
oshirish emas, balki ana shu xazinani tiklash hamdir. Bir zamonlar davr taqozasi
bilan mumtoz adabiyotimizdan yiroqlashdik, so‗z boyligimiz nihoyatda
qashshoqlashdi. Endi yangi avlodimiz oldida til boyligimizni tiklash vazifasi
turibdi. Navoiyni o‗rganish, uni xalqqa tushuntira bilish, yetkazish uchun, avvalo
undan zavqlanish kerak. Navoiy ijodi zamirida inson qalbini zabt etuvchi lutf,
yashirin tashbeh, muammolar bor. Ularni tadqiq qilish, tahlil etish katta ma‘suliyat
talab etadi. Agar navoiyshunoslar shoir she`riyatining go‗zalligi, sehrini xalqqa
etkaza olishsa, o‗z-o‗zidan yoshlarda ham ulug‗ ajdodimiz asarlariga bo‗lgan
qiziqish ortadi‖- deb ta`kidlab o‗tgan fikrlari ham biz uchun o‗rinlidir.
Bugungi kunda O‗zbekiston o‗z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga
qadam qo‗yib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga erishishni o‗z oldimizga
eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‗ygan bir paytda, adabiyot va san`at
sohalarini rivojlantirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda
gapirganda Davlatimiz rahbarining quyidagi fikrlarini ketirish o‗rinlidir: ―Biz
O‗zbekistonda ―Adabiy do‗stlik-abadiy do‗stlik‖ degan chuqur ma`noli tamoyilga
amal qilgan holda, Jahon adabiyotining durdona asarlarini o‗zbek tiliga tarjima
qilish va nashr etish masalasiga g‗oyat jiddiy e`tibor qaratmoqdamiz. Yurtimizda
dunyo adabiyotining bebaho mulki bo‗lgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib,
kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik bo‗yicha o‗ziga
xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta`kidlash lozim‖, (3, 340). Mana
shunday yirik maktabning fidoiy vakillaridan biri ham Erkin Vohidov
bo‗lganlar.Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi Y.V.Gyotening noyob
merosi, shoir serqirra ijodiy faoliyatining gultoji bo‗lgan ―Faust‖ tragediyasi o‗tgan
asrning 70-yillari boshida O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tarjimasida
o‗zbekona ohangda jaranglab, adabiyot muxlislari qalbidan chuqur joy olgan.
Xulosa o‗rnida aytish mumkinki, ushbu maqolada biz adib ijodining ba`zi
bir qirralariga to‗xtaldik, xolos. Bugun insonlar orasida mehr-oqibat, ezgulik va
yaxshilik arzon bo‗lgan bir paytda, biz tashqi taraqqiyotdan orqada qolmaslik,
zamon bilan hamnafas bo‗lish uchun tinimsiz harakat qilamiz-u, ammo ichki
kamolotga erishish uchun vaqtimiz yo‗q. Ko‗nglimiz bog‗iga ko‗ngilsiz ishlarning
mehmon bo‗lishi oxir-oqibat bizni yemirib boradi. Shu bois, hayotimizni rasvo
qilayotgan illatlarni yuragimizdan yulib tashlab, ezguliklarga imkon berishga qodir
bog‗bonlarga muhtojmiz. Agar e`tibor beradigan bo‗lsak, ulug‗ adib va shoirlar
ana shunday bog‗bonlarga o‗xshaydi. Ana shunday ko‗ngil bog‗ining
bog‗bonlaridan biri Erkin Vohidov bo‗lib, Navoiyni anglab, undan saboq olib,
ruhoniyatini poklab bizga shuncha meros qoldirgan. Biz esa bugun dunyoni bizdan
ko‗ra yaxshiroq tushungan adibimiz ijod maktabidan bahramand bo‗laylik
yoshlarni ham bahramand qilaylik.
308
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G‗ulomova N. Ona tili va adabiyot. – T.: Sharq, 2014.
2.
Erkin Vohidov. ―Navoiyni bilmasak, ―Men o‗zbekman‖ deya olamizmi?‖
Oila davrasida. №6 (92), 2014, 6 fevral.
3.
Shavkat Mirziyoyev. Niyati ulug‗ xalqning ishi ham ulug‗, hayoti yorug‗ va
kelajagi farovon bo‗ladi. – T.: O‗zbekiston, 2019. NMIU. – B. 340.
Do'stlaringiz bilan baham: