“Ruhlar isyoni”
dostonini o‘ tish jarayonida kompyuterda quyidagi
fayllar ochiladi: ―Asar matni‖, ―Savol-topshiriqlar‖ va ―Muammoli vaziyat‖.
―Asar matni‖ fayliga
“Ruhlar isyoni”
dostoni asosiy mazmunining qisqacha
matni kiritiladi. Dastlab o‘quvchilarga ushbu fayl bilan tanishib chiqish vazifasi
yuklanadi. O‘quvchilar tomonidan ushbu vazifa bajarilgandan so‘ng, ularga
―Savol-topshiriqlar‖ fayliga kirish va unda o‘z ifodasini topgan savol-topshiriqlarni
bajarish aytiladi. Mazkur faylda asosan, asarning mohiyatini ochib beruvchi savol
va topshiriqlar kiritilgan bo‘lib, ularni bajarishda barcha o‘quvchilarning
imkoniyatlari inobatga olinadi.
O‘quvchilar tomonidan savol-topshiriqlar bajarilgandan so‘ng ulardan
―Muammoli vaziyat‖ fayliga kirish so‘raladi. Ushbu fayl orqali o‘quvchilar
e`tiboriga asar yuzasidan muammoli vaziyatlar kiritiladi hamda o‘quvchilarning
mazkur vaziyatlarning yechimini topishga qaratilgan faoliyatlari nazorat qilib
boriladi. Eng yaxshi yechim aniqlanadi hamda mashg‘ulot so‘nggida yakuniy
xulosalar chiqariladi.
E.Vohidov asarlarini o‘rganishda konferensiya, nazmiy musobaqa,
mushoira, sayohat, intervyu, sinov, xotira, dialog kabi darslarning turlaridan
foydalanish o‘quvchi va o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘quvchi munosabatlarini
faollashtirish, jarayonda o‘zaro yordam, hamkorlikning ustuvorligi dars ko‘zlagan
maqsadga erishishda keng imkoniyat yaratadi. Masalan: konferensiya darsidan
biror bir mavzu, bob tugallanganda yoki o‘quv choraklari yakunida qo‘llanilishi
maqsadga muvofiqdir.
Nazm darsi o‘z ko‘zlagan maqsadi va tashkil etilish shakliga ko‘ra adabiy
ta‘limning qiziqarli va o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlari hamda mas`uliyatini
oshirishga yo‘naltirilgan bir ko‘rinishidir. Bunda o‘quvchilarning she`r, dostondan
parchalarni yod olishga havasi shakllantiriladi. Nazm ham dars, ham sinfdan
tashqari o‘qish, to‘garak mashg‘ulotlari shaklida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu ish
turi ijodkor, badiiy iqtidorga, she`r yozish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni
aniqlashga va ulardagi bor imkoniyatni kelajakda kasb tanlash darajasida
rivojlantirishga turtki bo‘ldi.
Erkin Vohidov asarlarini o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shu kabi
mashg‘ulotlar o‘quvchilarning yakka va o‘zaro birgalikdagi faoliyati asosida
amalga oshirildi.
Xulosa sifatida shuni aytish joizki, 5-11 sinflar uchun mo‘ljallangan o‘quv
darsliklarining tarkibiy tuzilmasidan joy olgan dilbar she`rlari bilan millatimizni
maftun etgan Erkin Vohidov ijodini o‘rganishda uning g‘oyasi, yo‘nalishi,
mohiyati, shuningdek, murakkablik darajasini inobatga olgan holda an`anaviy yoki
interfaol shakl, metod va vositalarning to‘g‘ri tanlanishi, elektron ko‘rgazmali
235
qurollardan maqsadli foydalanish adabiy ta‘lim samaradorligini oshirishning
muhim omili hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. – T.: ―O‘zbekiston‖ NMIU, 2017.
2. Madayev O. Dilbar shoirni eslab. // Til va adabiyot ta‘limi. 2017. №1 Q.Yo‘ldoshev.
Yoniq so‘z. – T.: Yangi asr avlodi. 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |