UMUMIY O„RTA TA`LIM MAKTABLARIDA ERKIN VOHIDOV
IJODI VA HAYOTINI O„RGATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
USULLARI
SH. XUJAMBERDIEVA ,
pedagogika fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD) (NamDU)
Jahon adabiyotshunosligida dunyo adiblari hayoti va ijodini o‗rgatish
hamda ularning dunyo xalqlari badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi o‗rnini
belgilashning metodologik asoslarini yaratishga katta e`tibor qaratilgan. O‗zbek
adabiyotshunosligi ham o‗zbek adabiyotini o‗qitish metodikasi ham o‗ziga xos
tarixga ega. Yoshlarimizning Vatan taqdiri, el-yurt istiqboli yo‗lida fidoyi,
kurashuvchan, salohiyatli, ilmli, keng dunyoqarashga va mustaqil fikrga ega bo‗lib
voyaga yetishlarida adabiy ta`limning o‗rni beqiyos. Darhaqiqat, ―...adabiyot va
san`atga, madaniyatga e`tibor – bu, avvalo xalqimizga e`tibor, kelajagimizga
e`tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho‗lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat
yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‗q‖ligi
adabiy ta`lim oldida xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodini keng qamrovda
o‗rganish, uzluksiz ta`lim tizimidagi adabiyot darslarida shoir ijodidan
namunalarni o‗rgatish va tahlil qilish, shu asosda yoshlar ma`naviyatini
yuksaltirish, ta`lim-tarbiya samaradorligiga erishiladi. Xalqimizning sevimli shoiri
Erkin Vohidov qariyib sakson yillik hayoti davomida o‗zining juda boy va
salmoqli adabiy ijod namunalarini qoldirgan.
228
Shu bois ta`lim bosqichlarida el hurmatiga, xalqimiz mehr-muhabbatiga
sazovor bo‗lgan ijodkorlar yaratgan asarlarni uzviylik va uzluksizlikda o‗rgatila
borish muhim pedagogik muammolardan hisoblanadi.
O‗zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri, noyob iqtidor egasi, Erkin Vohidov
hayoti va ijodini kelajagimiz egalari bo‗lmish o‗quvchi-yoshlarga ta`lim jarayonida
uzviylikda o‗rgatish hamisha davr talabi bo‗lib kelgan. Zero, shoirning dastur va
darsliklarda berilgan she`rlarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda samarali
usullarda o‗rgatish o‗quvchilar ma`naviyatini boyitishga, mustaqil fikrlashlarini
shakllantirshga, nutqi va dunyoqarashining o‗sishiga, badiiy adabiyotga mehr-
muhabbati ortishiga xizmat qiladi.
Ta`lim bosqichlarida shoir yoki yozuvchining hayoti va ijodini o‗rgatish
muayyan didaktik hamda tarbiyaviy maqsadlarni o‗z ichiga oladi. Atoqli adiblar
ijodidan namunalarini o‗rganish orqali o‗quvchilar badiiy asar bilan tanishadilar.
Uning ta`sir qudrati ila go‗zallik va nafosat olamiga kirib boradilar. Badiiy asarga
xos obrazlilikni, obrazli ifoda zamiridagi ma`nolarni anglashga o‗rganadilar.
Badiiy so‗z ustalari tasvirlagan manzara insoniy kechinmalar mazmunini
tushunishga, ijodkor tuyg‗ularini o‗z ko‗nglida his qilishga o‗rganadilar. Ayni
damda, har bir san`atkor yaratgan asarlar orqali uni tanish, ko‗ngil olamiga kirib,
shoir o‗y-xayollari mazmun-mohiyatini tushunib borishga erishadilar. So‗z
san`atkorlari o‗quvchi ko‗z o‗ngida betakror, o‗zigagina xos qiyofasi bilan
gavdalanadi. Shoir qiyofasi, ko‗ngil olami, quvonchu iztiroblari yaratgan asarlari
ruhidan his qilib anglanishi tufayli E.Vohidov, A.Oripov, M.Yusuf kabi qator xalq
shoirlari o‗quvchilar uchun namuna va ibratga aylanadi. Bunday ijodkorlarning
tarjimai holiga oid uzun ma`lumotlardan ko‗ra badiiy barkamol asarlari o‗quvchilar
qalbiga tezroq yo‗l topadi, estetik ta`sir ko‗rsatadi.
Shu bois ta`lim bosqichlarida el hurmatiga, xalqimiz mehr-muhabbatiga
sazovor bo‗lgan ijodkorlar yaratgan asarlarni uzviylik va uzluksizlikda o‗rgatila
borish muhim pedagogik muammolardan hisoblanadi.
Umumiy o‗rta ta`lim maktablarining 5-sinfdan boshlab o‗quvchilar diqqati
Erkin Vohidov hayoti va ijodi haqidagi ma`lumotlar va ijod namunalari tahliliga
qaratiladi. Erkin Vohidov tarjimai holiga oid ma`lumotlardan so‗ng 5-sinfda badiiy
asar tilini o‗rganish masalasiga o‗quvchilar e`tibori tortiladi. Bu masala
o‗rganilayotgan asarning janr xususiyatlariga bog‗lab yoritish yo‗li bilan hal
etiladi. Lirik asarlar nasriy asarlardan janr xususiyatlarga ko‗ra farq qilganiday,
badiiy tilining o‗ziga xosligi jihatidan ham ajralib turadi. Lirik she`riyatda poetik
fikr his-hayajonli, ohangli, ma`lum ichki tartibli tizma nutq (vazn) orqali ifoda
qilinadi. Shoir bir she`r doirasida bir necha she`riy san`atlardan foydalanib, poetik
obraz qirralarini, uning ichki yashirin ma`nolarini yoritib berishga muvaffaq
bo‗lishi mumkin.
Adabiyotdan takomillashtirilgan va uzviylashtirilgan o‗quv dasturiga ko‗ra
xalq shoiri E.Vohidov ijodi 5-sinfda ―Nido‖ dostonidan parcha (3 soat) va 6-sinfda
esa ―O‗zbegim‖ qasidasini (2 soat) o‗rganish ko‗zda tutilgan. 2017 yilda chop
etilgan ―Adabiyot-5‖ [1, 135-146] darsligida ―Nido‖ dostonini o‗rganish uchun
ham shoir hayoti va ijodi haqida ma`lumot va ―Nido‖ dostonidan qisqartib olingan
229
matn, so‗ngra doston haqidagi maqola berilgan. ―Adabiyot-6‖ [2, 117] darsligida
esa E.Vohidov hayoti va ijodi haqida ma`lumot bilan qasida haqida nazariy
tushuncha berish ko‗zda tutilgan. ―O‗zbegim‖ qasidasini, Afsuski, 6-sinfda liro-
epik janr haqida nazariy tushunchani o‗zlashtirmagan holda o‗quvchilar doston
janridagi hajman ko‗lamli asarni o‗qib o‗rganish va tahlil qilishlari qiyinroq
kechadi. Mazkur metodik muammoni hal qilish uchun esa asar matnini o‗qib
o‗rganish jarayonida o‗qituvchidan doston janriga oid muayyan nazariy tushuncha
berish yo‗li bilan o‗quvchilarni tahlilga tayyorlash talab etiladi. Ushbu darslikda
ham mualliflar o‗tgan asrning 70-80-yillarida yaratilgan darsliklarga xos
tushuntirish, asar mazmunini bayon qilish usulini qo‗llaganliklari, bu usulning
o‗quvchini badiiy asar o‗qimasligiga sabab bo‗lishi, demakki, ma`naviyatining
zaiflashuvi, o‗z mustaqil fikriga ega bo‗lmasligi ―ta'minlanadi‖. Bugungi ta`limda
―interfaol‖ nomi ostida kirib kelgan zamonaviy metod va usullar nafaqat adabiyot
darslari balki Erkin Vohidov kabi taniqli so‗z san`atkorlari ijodini o‗rgatish
samaradorligi ta'minlanishiga ham keng imkon beradi.
Shoirning ―Nido‖ dostonini o‗rganishdan oldin o‗quvchilar e`tibori Erkin
Vohidovning dostonnavis sifatidagi faoliyatiga qaratilishi maqsadga muvofiq, deb
o‗ylaymiz. 5-6-sinflar adabiyot darsligida deyarli mazmunan bir xil biografik
ma`lumotlar keltirilgan. 5-sinfda shoir hayoti va ijodi haqidagi ma`lumotlarni
o‗zlashtirgan o‗quvchi uchun 6-sinfda yana ayni ma`lumotlar bilan tanishish
zerikarli kechishi tabiiy. Fikrimizcha, darslik mualliflari 5-sinfda ―Nido‖ dostoni
bilan birga shoirning ―Bosh tebratar soat kafgiri‖, ―Sadoqat‖ kabi o‗quvchilarni
umrning, vaqtning qadriga yetishga undaydigan, yurtga sadoqat, kamtarlik kabi
insoniy fazilatlarning hayotiy qadr-qimmati haqida o‗ylatadigan she`rlari qatorida
―Matmusa‖ turkumidagi yengil kulgu, hazil-mutoyiba va yumorga boy ijod
namunalarini 11-12 yoshdagi o‗quvchilarga taqdim etishsa, zavq-shafq bilan
o‗qiladigan bu asarlar ularning yosh xususiyatlariga, qiziqishlariga mos kelgan
bo‗lardi. Takroriylikka barham berilardi. Biz o‗z ish tajribamizda Erkin Vohidov
hayoti va ijodini, xususan, ―Nido‖ dostonini o‗rganish uchun ajratilgan 3 soatni
quyidagicha taqsimladik.
―Nido‖ dostonini uyda o‗qib kelishga topshirgan holda asarni o‗quvchilar
―B.B.B‖ usulida o‗zlashtirishlariga sharoit yaratamiz. Slayd orqali ekranda (yoki
doskaga avvaldan tayyorlangan doirachalar ilinadi) uch doira ko‗rsatiladi.
Birinchi doira tepasiga ―Bilaman‖, ikkinchisiga ―Bilishni istayman‖ va
uchinchisiga ―Bilib oldim‖ jumlalari yozilgan. 1-2-doirachalar darsda to‗ldiriladi
hamda og‗zaki tarzda o‗quvchilar tomonidan sharhlanadi. Qatorlararo musobaqa
usulidagi ―Zanjir‖ metodi yordamida doirachalar ichidan zanjir xalqalari kabi
savollar chiqib keladi.
―Bilaman‖
―Bilishni
istayman‖
1
2
3
1 2 3 4
―Bilib oldim‖
1 2 3 4 5
230
―Bilaman‖ doirasidagi savollar o‗quvchilarning Erkin Vohidov hayoti va
ijodi haqidagi umumiy tushunchalari darajasini ko‗rsatadi. Doira ichidagi
halqachalardan.
1. Siz Erkin Vohidov hayot yo‗li haqida nimalarni bilasiz?
2. Shoirning ilk to‗plami qanday nomlanadi?
3. Shoirning qaysi asarlarini o‗qigansiz?
4. ―Nido‖ qanday asar? Bu asar g‗oyasini tushundingizmi?
5. ―Erkin Vohidovning yana qanday dostonlarini bilasiz?
6. Tarjimalarini-chi?
7. She`riy to‗plamlarini ham bilasizmi?
8. Shoir haqida yana nimalarni bilasiz?‖ kabi ketma-ketlikdagi
yo‗naltiruvchi savollar joy olgan. Qaysi savolga o‗quvchi javob topolmasa, zanjir
halqasi uziladi. Bu guruh o‗yindan chiqadi. Halqalarni ―ulash‖ni 2-qator
o‗quvchilari davom ettiradilar.
Halqalardagi savollarga to‗la javob olingach, 2-doirachaga o‗tiladi.
Qatorlardagi guruhchalar 3-4-doirachalarni mustaqil holda to‗ldiradilar. Doira
ichida hosil bo‗lgan halqachalar soni o‗quvchilar bilishni xohlagan masalalardan
va ular bilib olgan tushunchalardan iborat. Demak, qaysi kichik guruhdagi
o‗quvchilar doirasidagi halqachalar soni ko‗p bo‗lsa, ular bilimi shuncha ball bilan
taqdirlanadi. Keyingi 4-doirachani (uyda o‗qib kelish uchun topshirilgan edi)
―Nido‖ dostonini o‗qib o‗rgangandan keyin to‗ldirilishi lozimligi o‗quvchilarga
uqtiriladi. Erkin Vohidovning ―Nido‖ dostonini o‗rganish uchun ajratilgan oxirgi
3-soatda doston haqida nazariy tushuncha berish o‗rinli bo‗ladi. Slayd orqali
―Adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug‗ati‖da berilgan ta'rif yozdiriladi:
Liro-epik asarlarda muayyan hayotiy voqea ta`siridagi lirik qahramon kechinmalari
ko‗lamli tasvirlanishi uning ruhiyatini, kechinmalari salmog‗ini, mazmun-
mohiyatini qamrovli ifoda qilish imkonini beradi. Lirik kechinma hayotiy hodisa
yo fojia bilan uyg‗unlikda umuminsoniy ma`nolardan salmoqli poetik
umumlashma kashf qilinishiga asos bo‗ladi. So‗z san`atkorlarining mahorati tufayli
urush va tinchlik kabi muhim mavzularning yangi qirralari ochib beriladi.
Kitobxon ongu tafakkuri, ko‗ngil olamini boyitishga erishadi. Xalq shoiri Erkin
Vohidovning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, iste`dodi va badiiy mahorati qadrlanib,
―Buyuk xizmatlari uchun‖ ordeni, ―Xalq shoiri‖, ―O‗zbekiston Qahramoni‖
unvonlari berilganligi ta`kidlanadi. Ekran orqali uy vazifasi topshiriladi:
Xalq shoiri Erkin Vohidovning ―Ko‗hinur‖ va ―Nido‖ dostonlariga xos
badiiy g‗oyani yoriting. Bu asarlarga xos g‗oya qanday vositalar orqali ifoda
qilingan? ―Nido‖ so‗zidan shoir qanday maqsadda foydalangan? Shoirning yana
qanday she`rlarini o‗qigansiz? (Mustaqil o‗qish uchun she`rlaridan tavsiya
qilinadi).
Demak, Erkin Vohidov asarlarini o‗rganishda o‗quvchilarni faollashtirishga
intilish, ularning mustaqil fikr bildirishlari uchun qulay sharoit yaratish ta`lim
samaradorligi ta'minlanishiga asos bo‗ladi. 5-6-sinflarda shoir ijodi namunalarini
―Zinama-zina‖, ―Bilimdonlar ringi‖, ―Kim eng bilag‗on?‖ ―Venn diagrammasi‖
kabi o‗yin, musobaqa usulidagi darslar davomida o‗rganish ham ta`lim
231
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, har
qanday ta`lim shakli kabi bunday usullarda tashkil qilinadigan darslarda ham aniq
didaktik maqsad belgilanishi shart. Muayyan shoir yoki yozuvchi hayoti va ijodini
o‗rganish bo‗yicha yakuniy soatda o‗qib o‗rganilgan, o‗zlashtirilgan bilim,
ko‗nikma va malakalarni mustahkamlash o‗quv materiallarini takrorlash yoki
shoirning bir yoki bir necha asarlarini tahlil qilish kabi aniq didaktik maqsadda
foydalanilsagina samara beradi.
5-6-sinflar o‗quvchilari serharakatligi, ichki energiyaga boyligi tufayli
tezkor, chaqqon, zavq-shafqqa to‗lib ish olib boradilar. Ba'zan ularda shoshma-
shosharlik, pala-partishlik kabi holatlar ham kuzatiladiki, bu ularning tezkorligi,
o‗yin-musobaqalarga beriluvchan, sho‗x-shaddotlik kabi yosh xususiyatlari bilan
bog‗liqdir. O‗quvchilar yosh xususiyatlarini, xarakter darajalari, tabiati, ruhiyati
kabi qator psixo-fiziologik omillar didaktik jarayonni tashkil qilishda e`tiborga
olinsa, dars qurilishi, ta`lim-tarbiya jarayoni mazmunli, tartibli, izchil kechadi.
Ta`lim maqsadlariga erishish ham osonlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ahmedov S., Qosimov B., Qo‗chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot (5-sinf
uchun darslik). – T.: Sharq, 2017. 135-146-b.
2. Adabiyot 6-sinf uchun darslik, 1-qism. – T.: Ma`naviyat, 2017. 117-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |