243
N.SHARAFIDDINOVA,
o„qituvchi (FarDU AL)
O‘zbek xalqining buyuk shoirlaridan biri Erkin Vohidov hayotiga nazar
tashlar ekanmiz, uning sermahsul ijodiy faoliyat ko‗rsatganini ko‗rishimiz
mumkin. Atoqli adib o‗zidan sermazmun ijod namunalarini qoldirdi. Shoirning
badiiy yuksak she`r va dostonlari, dramatik asarlarini o‗qir ekanmiz, unda ona
yurtimiz va xalqimiz, milliy qadriyatlarimizning katta mahorat bilan tarannum
etilganini ko‗rishimiz mumkin. Uning milliy ruh va xalqchillik bilan sug‗orilgan
ijodi adabiyotimiz xazinasidan munosib o‗rin egalladi.
Shoir o‗zining ijodiy faoliyati davomida go‗zal, inson ruhiyatining eng nozik
hilqatlariga ta`sir etuvchi, kishi qalbini haqqoniy ochib beruvchi she`rlar bilan bir
qatorda bir qancha dostonlar ham yaratdi. Shoir zamon bilan hamnafas yashadi.
Uning dostonlari mavzusining dolzarbligi bilan yosh avlod dunyoqarashini
shakllantirish hamda chin insoniy failatlarni kamol totirishda muhim tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Jumladan, uning ―Nido‖, ―Ruhlar isyoni‖ kabi dostonlarida Vatan
ozodligi, xalqning erkin, obod va farovon hayotga intilishini tarannum etilgan.
Ularda shoir eng buyuk qadriyat ozodlik, insonning qadr-qimmati ekanligini
kuyladi, shuningdek, milliy qadriyatlar, buyuk ajdodlar ruhini ulug‗ladi,
bunyodkor xalqning fidokorona mehnatini tarannum etdi.
Shoir xalq bilan hamnafas bo‗ldi, ijodiga xalqimiz nutqiga xos bo‗lgan til
unsurlarini badiiylashtirgan holda olib kirdi. Jumladan, uning asarlarida personaj
qalbi va ruhiyatini ochib berishda bir qancha mifonim va teonimlarni qo‗llaganini
ko‗rishimiz mumkin.
Ma‘lumki, s
of mifologik personajlar xayoliy bulib, ular tabiatda, borliqda
mavjud emas, aksincha inson xayolida, tasavvurida gavdalangan. Gavdalanish
tabiatda mavjud bo‗lgan jonzotlar qiyofasida kechgan. Uning birgina ―Ruhlar
isyoni‖ dostonida bir qancha shunday teonim va mifonimlar kechayotgan voqea-
hodisa va personajlar ruhiyatini ochish uchun xizmat qilgan. Dostonda jahannam,
jannat, u dunyo, ruh, payg‗ambar kabi teonimlarni va obihayot, sehrli buloq kabi
mifiklashtirilgan obrazlarni ko‗plab uchratishimiz mumkin. Ma‘lumki, tabiatda
to‗rt unsur: er, olov, havo va suv bor. Ulardan biri, ya`ni suv eng muhimi
hisoblanadi. Dunyoning abadiy bo‗lishi, hayotning davom etishi suv bilan
bog‗lanadi. Shoir ―Abadiyat haqidagi rivoyat‖da sehrli buloqdagi obihayotni
mifiklashtiradi, ya`ni undan suv ichgan inson hech qachon o‗lmaydi. Shuning
uchun u chiqadigan buloqni sehrli buloq deb ataydi. Sehrli buloqdan suv
ichmoqchi bo‗lgan odam buloqqa lab cho‗zganda, u inson kabi tilga kiradi:
―Shoshma, yo‗lchi,
Ichursan, bas,
Muzdek, tiniq, to‗laman.
Ammo bilki,
Oddiy suvmas,
Obihayot bo‗laman.
Azob chekding ko‗p
244
Sahroda,
Mayli,
To‗yib ichib ol.
Meni ichgan bu dunyoda
Mangu yashar bezavol‖ [1, 369].
Bunday sehrli buloqlar turli xalq ertaklarida ham mavjud bo‗lib, ularda
uchraydigan sehrli buloq suvidan ichgan ertak qahramoni kiyikka, uloqchaga
aylanib qoladi.
Shuningdek, ―Jaholat to‗g‗risidagi rivoyat‖da qo‗llanilgan yaratgan, o‗zi,
shayton, chilyosin, azozil, jodu tig‗i, mahshar kun, u dunyo, ruh kabi teonimlar
qo‗llanganki, ular rivoyat ta`sirchanligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dedilar:
―Dard bergan –
O‘zi!
Davosi ham
O‘zidan!
Bandasiga bermak doru
Yaratganga isyondir.
Demak,
Hakim ishi makru
Uning o‗zi
Shaytondir‖ [1, 398].
Johil kishilarning olijanob, ilmi buyuk insonlarga nisbatan shayton, azozil
kabi so‗zlarning qo‗llanishi o‗quvchida manfur va bilimsiz kishilarga nisbatan
nafrat va donishmandlarga nisbatan, aksincha chuqur hurmat va ehtirom hissini
uyg‗otadi. Asardagi basir kishining so‗zlari bizni o‗yga toldiradi.
―Asli tug‗ilgandan
Basir edim men o‗zim.
Sen
joduning tig‗i bilan
Ochib qo‗yding
ko‗r ko‗zim.
Tangri bilib
Yaratgan ko‗r,
Davo qilding ne uchun?
So‗roqda men –
manglayi sho‗r –
Nima deyman
Mahshar kun?‖ [1, 399].
Bechora basir qorong‗ulikka, tayyorxo‗rlikka shu darajada o‗rganib
qolganki, atrofida ro‗y berayotgan ijodkorlikni, yaratuvchanlikni yorug‗likni,
go‗zallikni ko‗ra olmaydi. Bilimsiz kishi tig‗ni jodu quroli sifatida anglaydi.
Chunki tig‗ orqali u ko‗ra boshlaydi. Aynan shu erda tig‗ mifiklashtirilgan predmet
sifatida namoyon bo‗ladi.
245
Dostonning ―Sharpalar‖ qismida shoir Nazrul Islomning sekin-asta hushini
yo‗qota borishi mohirlik bilan tasvirlangan. E.Vohidov bu holatni bosqichma-
bosqich tasvirlashda ruhni oq sharpalar, sharpalar, odiy ruh, oliy ruh kabilarga
ajratgan:
Goh
Ajib bir holat bo‗lar.
Hayron bo‗lar o‗ziga,
Allanechuk
Oq sharpalar
Ko‗rinadi ko‗ziga [1, 430].
Shuningdek,
Do‗st, qarindosh – urug‗larning
Ruhi – oddiy ruh emish.
Lek daholar,
Ulug‗larning
Ruhi – oliy ruh emish.
O‘z arshidan
Ular bizga
Bo‗larmishlar rahnamo [1, 431].
Erkin Vohidovning bunday teonimlarni mohirona qo‗llashi orqali erksevar
shoir Nazrul Islomning nochor holati tasavvurimizda yorqin namoyon bo‗ladi.
Shuningdek, qo‗llangan arsh teonimi u dunyo haqidagi tasavvurlarimizni
boyitishga ham xizmat qiladi. Uning otashin qalb egasi, erk va ozodlik kuychisi
Nazrul Islom hayotini aks ettiruvchi ―Ruhlar isyoni‖ dostoni katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Zero, har bir inson ozod tug‗ilgan ekan, ozod yashashga haqli. Bu
esa har bir vatanparvar kishining o‗z qo‗lidadir.
Atoqli shoir, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Erkin Vohidovning
yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Vohidov E. Sadoqatnoma., T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1986.
2.Sharafiddinov X. O‗zbek folklori savollar va javoblarda. O‗quv qo‗llanma.
Farg‗ona davlat universiteti. 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: