ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDAGI O„XSHATISHLAR
LINGVOPOETIKASI
Gulrux SAYIDOVA,
doktorant (BuxDU)
O‗xshatishlar badiiy asarlarda eng ko‗p qo‗llaniladigan muhim tasviriy
vosita hisoblanadi. Bu xususda Aristotel ―Har qanday badiiy san`at o‗xshatish
san`atidan boshqa narsa emas‖ [1. 7], Y.Is`hoqov esa ―Yozma adabiyotning
rivojlanish yo‗li poetik vositalar, jumladan, tashbihning ham taraqqiyot tarixidir‖
[5. 231] deb bejizga aytmagan. O‗xshatishlar inson tafakkuri taraqqiyotida alohida
o‗ringa ega bo‗lib, ular ijtimoiy fanlarda yangiliklarni qidirish va kashf etish
borasida eng muhim vositalardan biridir. Shunga ko‗ra ular falsafa, tilshunoslik,
adabiyotshunoslik, mantiq, madaniyatshunoslik kabi fanlar uchun zarur bo‗lgan
kategoriya hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda ham, badiiy adabiyotda ham
o‗xshatishdek muhim vosita bo‗lmasa kerak. Insonlar kundalik hayotda o‗z
fikrlarini boshqalarga tushuntirishda o‗xshatishlarga ko‗p murojaat qiladilar, ularni
qo‗llashga og‗zaki va yozma nutqlarida har doim ehtiyoj sezadilar. Inson ongidagi
bir narsaga xos belgi, jarayon yoki mohiyatni qiyos natijasida boshqa narsada ko‗ra
olish, tasavvur qilish qobiliyati insoniyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy tadriji
uchun ulkan imkoniyatlar bergan [4. 32].
Aksariyat xalqlarda qiyoslash ashyosini hayvonlar, o‗simliklar, quyosh,
shamol, chaqmoq, olov kabilar tashkil etadi [2. 144]. Ayonki, Sharq mumtoz
adabiyotshunosligida o‗xshatish
tashbih
nomi bilan yuritilgan va u eng muhim
251
she`riy san`at sifatida baholangan. Sharq mumtoz adabiyotda qo‗llanilgan she`riy
san`atlarning umumiy miqdori yuztadan ortiq bo‗lsa, shular orasida tashbih
birinchi yoki ikkinchi o‗rinda turadi. Bundan anglashiladiki, Sharq mumtoz
adabiyotida, chunonchi, o‗zbek mumtoz adabiyotida tashbih eng muhim va eng
ko‗p qo‗llanilgan asosiy tasviriy vositadir.
Tashbihning tarkibi to‗rt unsur (qism)dan tashkil topadi. Ilmiy adabiyotlarda
bu unsurlarning nomlanishi turlicha. Fikrimizcha, ular orasida eng to‗g‗ri, aniq va
mantiqli nomlanish Abdurauf Fitratga tegishli. Shunga ko‗ra, tashbihning to‗rt
unsurini mazkur allomaning qarashlari asosida izohlashga harakat qilamiz. Olim
Ahmat arslon kabi boturdir
jumlasi bo‗yicha o‗xshatish unsurlarini talqin etadi.
Ahmat
(o‗xshagan),
arslon
(o‗xshatilgan),
kabi
(o‗xshatish qaydi),
boturdir
(o‗xshash) [7. 52].
O‗zbek xalqining atoqli shoiri Erkin Vohidov (1936-2016) she`rlarida
an`anaviy tashbihlar, chunonchi, ma‘shuqani
gul, Layli, farishta, oy
ga, oshiqni
bulbul, Majnun, qul
ga o‗xshatish kabilar ham, yangi, boshqalar mutlaqo
qo‗llamagan topilma tashbihlar ham mavjud. Uning ―Shoir qalbi‖ she`rida Erkin
Vohidovgagina xos, o‗zbek adabiyotida avval uchramagan (uchrasa ham
ommalashmagan) tashbih qo‗llanilgan. Adib shoirlar qalbini anorga, ularning
she`rlarini esa shu anorni ezib undan olingan sharbatga o‗xshatadi:
Shoir qalbi go„yo anor,
She`ri uning sharbati
[3. 64].
She`r hajmi uncha katta emas, bor-yo‗g‗i olti qatordan iborat. Shoir hajman
shu kichik she`rda katta falsafiy, qiymati yuqori badiiy-estetik fikrni ifodalay
olgan. Ma`lumki, anor ― ichi qizil donalar bila liq to‗la yumaloq meva. Ko‗p
holatlarda uni qisib sharbati olinadi va iste‘mol qilinadi. Shoir kishilar anorning
qizil donalarini qisib, sharbatini qanday olsalar, shoirlar ham o‗z qalblarini ezib,
unga hech shavqat qilmay she`rlarini yaratadilar. Ezmoq so‗zi
Do'stlaringiz bilan baham: |