Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

“Vatanni  sevmoq 

iymondandur”

.  Zero,  inson  uchun  bundan  ortiq  baxt  bo‗lmas.  Vatan  madhini 

kuylash,  uning  ishqi  bilan  yashash  har  bir  odam  uchun  ham  qarz,  ham  farz.  Shu 

o‗rinda shoirning quyidagi misralariga e`tiborimizni qaratamiz: 

 

 

 



 

Men jilg‗aman, 

 

 

 



 

Daryo bo‗lib to‗lgim keladi. 

 

 

 



 

Ona yurtim, 

 

 

 



 

Senga o‗g‗lon bo‗lgim keladi. 

 

 

 



 

Bugun senga 

 

 

 



 

Faqatgina she`r bag‗ishladim. 

 

 

 



 

Kerak bo‗lsa,  

 

 

 



 

Jonni fido qilgim keladi. 

Shoir  ―jilg‗a‖  misolida  o‗zining  hali  yosh  ekanligini,  tezroq  ulg‗ayishini, 

yurtga  munosib  o‗g‗lon  bo‗lishni,  hozircha  kichik  bir  she`r  bitganligini,  kerak 

bo‗lsa,  Vatan  manfaati  yo‗lida  jonni  fido  qilishi  mumkinligini  oddiy  so‗zlar 

vositasida  quyma  misralar  yaratadi.  Vatanni  sevish  tuyg‗usining  bundan  ortiq 

ifodasi bo‗lmaydi. 

 

Ma`lumki,  globallashuv  asrida  so‗zning  qudrati  cheksizlik  kasb  etmoqda. 



Davlatlararo,  millatlararo  masalalarda  so‗z  hal  qiluvchi  kuchga  aylanganligini 

hayotning  o‗zi  ko‗rsatib  turibdi.  Har  qanday  so‗z  qalam  yordamida  qog‗ozga 

tushadi. Qalam kuchi deganda, so‗z tushuniladi. Shoirning ―Po‗lat‖ nomli she`rini 

kuzatamiz: 

 

 

U dastavval oybolta bo‗ldi, 



 

 

So‗ng zambarak bo‗lib quyildi. 



 

 

Qilich ham u, miltiq va nagon, 



 

 

U bomba ham bo‗lib portlagan. 




242 

 

 



 

Lekin olgan jahonni faqat 

 

 

Pero bo‗lib quyilgach po‗lat. 



 

Qissadan hissa shuki, kuch bilan birni yiqitasan, bilim bilan mingni. Xulosa 

qilib aytganda, faqat bilim bilan, ilg‗or g‗oyalar bilan dunyoni zabt etish mumkin. 

Mazkur  she`r  butun  yoshlarimizni,  o‗quvchilarni  savodli  bo‗lishga,  bilim  olishga 

chaqiradi. 

 

Odam uchun eng qimmatli va takror namoyon bo‗lmaydigan narsa bu-vaqt. 



Vaqtning  orqasida  esa  umr  turibdi.  Xo‗sh,  bugun  vaqtga  munosabat  qanday? 

Dunyoni  dunyo  qilgan  inson  bir  qarg‗acha  umr  ko‗rmaydi.  Shunday  ekan,  shoir 

bong  uradi,  g‗aflatdagilarni  uyg‗otadi,  besamar  o‗tgan  kunlar  uchun  vaqt  oldida 

javob berishlarini bezovtalik bilan qog‗ozga tushiradi: 

 

   


Fursat- oltin, 

 

   



Sen ko‗krak kerib 

 

   



Oltiningni sochib borasan. 

 

   



Fursat quvlar, 

 

   



Unga chap berib, 

 

   



So‗rog‗idan qochib borasan. 

 

Inson dunyoga kelibdiki, uning oila oldida, jamiyat oldida, Vatan oldida o‗z 



burchlari va majburiyatlari bor. Bu vazifalarni ado etish vaqt bilan bog‗liq. Oltinni 

topsa bo‗ladi, lekin vaqtni qaytarib topib bo‗lmaydi. Benaf va besamar o‗tgan umr 

mevasiz daraxtday gap. Bir oniy  g‗aflat, bir oniy beparvolik ulkan yutqazishlarga 

olib kelishini shoir yuksak harorat bilan qog‗ozga tushiradi: 

 

U yetolmas, 



 

Yoshsan – abjirsan, 

 

Qolmay kelar lekin orqangdan. 



 

Qochma yigit, 

 

Vaqt kelar birdan- 



 

Fursat mahkam tutar yoqangdan.  

 

Ba`zida  vaqt  o‗tganiga  xursand  bo‗lamiz.  Uning  elkasiga  umr  yuki 



ortilganini  ko‗pincha  o‗ylayvermaymiz.  Yosh  ma`lum  bir  joyga  etganda,  ortga 

boqar ekanmiz, quruq aravani tortib kelayotganligimiz ayon bo‗ladi. Ana o‗shanda 

fursat yoqamizdan oladi. Afsuski, bu yo‗qotishni keyin topib bo‗lmaydi. 

 

Yoshlar  tarbiyasida  badiiy  adabiyotning  ta`sir  kuchi  bir  buloqdir.  Biz 



o‗zimiz qidirgan yaxshilik, ezgulik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, adolat, sodiqlik, 

oqibat, o‗zaro hurmat, oddiylik, kamtarlik kabi xislatlarni undan topamiz. Shunday 

ekan,  o‗quvchini  badiiy  adabiyot  sehridan,  so‗zning  yaratuvchilik,  bunyodkorlik 

kuchidan bahramand qilish davrning dolzarb masalalaridan biri bo‗lib qolaveradi. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

  1. Sodiqova T. El ustozim.–T., 1997.




Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish