hikmatli so„zlar, xalq maqollari
hamda
iboralar
talaba yoshlar dunyoqarashining shakllanishida
muhim ahamiyat
kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Yo‗ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.: 2004.
2.Tolipova J. Talabalarning mustaqil ta‘limini tashkil etish. Xalq ta‘limi. –T.: 2002.
№ 4. - B.102-103.
MAKTAB ADABIYOT KURSIDA ERKIN VOHIDOV IJODIDA
QO„LLANGAN SHE`RIY SAN`ATLARNING O„RGANILISHIGA OID
BA`ZI MUAMMOLAR
Akmal ABDULLAYEV,
O„zbek tili va adabiyoti kafedrasi o„qituvchisi (ChDPI)
Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablari asosida adabiy
ta`lim dasturida ham o‗zgarishlar ro‗y berdi va mazkur o‗zgarishlar asosida
darsliklarning yangi avlodlari yaratila boshlandi [1-5]. Ushbu darsliklarning
yangilangan DTS hamda bugungi ijtimoiy hayotning ta`lim oldiga qo‗yayotgan
talablari asosida yaratilayotganligi quvonarli hol, albatta. Biroq darsliklarning
keyingi chiqarilgan nashrlarida ham ba`zi kamchiliklar borligi ko‗zga tashlanib
qoladi.
Xususan, maktab adabiyot darsliklarini ko‗zdan kechirganda ba`zi sinflardagi
dastur bilan darslik o‗rtasida nomuvofiqlik borligi, xususan, darslik mundarijasida
berilgan mavzularning darslikda berilmagan hollari kuzatiladi. Bunday
nomuvofiqliklar ko‗proq
nazariy ma`lumotlar
berilishida uchraydi.
Fikrimiz isboti uchun elimizning ardoqli shoiri, O‗zbekiston Qahramoni Erkin
Vohidov ijodida qo‗llangan she`riy san`atlarni o‗rganish bo‗yicha 5- va 6-sinf
adabiyot dasturi va darsliklardagi mavjud muammolarni ko‗rib chiqamiz.
Maktab adabiyot dasturida ulug‗ shoirimizning ijodini o‗rganishga jami 8 soat
ajratilgan (5-sinfda 3 soat, 6-sinfda 3 soat va 11-sinfda 2 soat). Jumladan, 5-sinfda
shoirning ―Nido‖ dostonidan berilgan parcha o‗rganiladi. Dostonni o‗rganish
uchun dasturda 3 soat ajratilgan. Ushbu soatlarda Erkin Vohidov hayoti va ijodi
haqida qisqacha annotatsiya, ―Nido‖ dostonida insoniyat boshiga tushgan falokat –
Ikkinchi jahon urushi keltirgan balolarning murg‗ak o‗smir taqdirida qoldirgan
izning aks ettirilishi, dostonda bola tabiatining g‗oyat nozik jihatlari haqqoniy
tasvirlanganligi, doston nomining
ramz
iyligi kabilar o‗rganiladi [1-33].
Adabiyottanuvchilarimizga yaxshi ma`lumki, she`rning poetik jozibasini ochib
beradigan, uning badiiy latofatini ko‗rsatadigan estetik kategoriyalardan biri bu –
she`riy san`atlar hisoblanadi. Ulug‗ shoirimiz dostonning badiiy g‗oyasini
o‗qirmanga teran anglatish, uning qalbida kuchli hissiy-estetik taassurot uyg‗otish
maqsadida dostonda
tashbeh, istiora, jonlantirish, sifatlash (epitet)
kabi ko‗plab
she`riy san`atlardan mohirlik bilan foydalangan. Biroq, amaldagi 5-sinf adabiyot
238
dasturida bironta she`riy san`at turi haqida nazariy ma`lumot berilmagan.
Nazarimizda, dasturni tuzuvchilar lirik janrga mansub badiiy namunalarni
o‗rganishda ularda uchraydigan yuqoridagi kabi she`riy san`atlar haqida yo‗l-
yo‗lakay ma`lumot berishni (bunday deyishimizning sababi dasturda she`riy
san`atlar haqida nazariy ma`lumot berish uchun 1 soat ham vaqt ajratilmagan)
adabiyot o‗qituvchisi zimmasiga yuklagan ko‗rinadilar. Umuman, badiiy tasvir
vositalari, xususan, she`riy san`atlar haqidagi nazariy ma`lumotlar maktab adabiyot
kursining 7-sinfidan boshlab berilganki, mazkur masala izoh va mulohazaga
muhtoj.
6-sinf adabiyot dasturida sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning ―O‗zbegim‖
qasidasini o‗rganishga 3 soat vaqt ajratilgan. Ushbu soatlar davomida E.Vohidov
hayoti va ijodi to‗g‗risida qisqacha ma`lumot, ―O‗zbegim‖ qasidasi ko‗p asrlik
o‗zbek xalqi tarixining o‗ziga xos poetik ifodasi va badiiy talqini sifatida, she`rda
o‗zbek millatiga mansublikdan iftixor tuyg‗ularining samimiy tasvirlanganligi,
qasidaning milliy o‗zlikni anglashdagi, xalq milliy tafakkurining shakllanishidagi
ahamiyati hamda qasidada eng ko‗p qo‗llanilgan she`riy san`at turlaridan biri
talmeh
san`ati haqida ma`lumot berish ko‗zda tutilgan [1, 41]. Biroq, darslikda
berilgan ―O‗zbegim qasidasi haqida‖ nomli mavzuda ushbu san`at turi haqida hech
qanday nazariy ma`lumot va misollar berilmagan. Bejizga dasturda aynan
―O‗zbegim‖ qasidasidan keyin talmeh san`ati haqida nazariy ma`lumot berish
ko‗zda tutilmagan. Sababi qasidada
Afrosiyob, Urxun xati, Qaysari Rum,
Muqanna, Sarbador
kabi ko‗plab tarixiy afsona va voqea-hodisalarga ishoralar
qilinganki, bular bevosita ―
she`r yoki nasrda mashhur tarixiy voqealar, adabiy
asarlar yoki maqollarga ishora qilmoq san`ati
‖ [3, 10] hisoblangan
talmeh
san`ati
bilan bog‗liq. Mazkur darslikda Erkin Vohidovning hayoti va ijodi haqidagi
umrbayonida shoirning ―
Kamtarlik haqida
‖ nomli she`ri berilgan. Ushbu she`rda
go‗zal she`riy san`atlardan biri hisoblangan
husni ta‟lil
san`ati o‗ta mohirlik bilan
ishlatilgan. Ammo ushbu she`riy san`at turi haqida 10-sinfgacha maktab adabiyot
darsliklarida ma`lumot berilmaydi. Shu o‗rinda ta`lim tili borasida dasturdagi
tafovut haqida ham biroz to‗xtalsak...
Ta`lim rus tilida olib boriladigan umumta`lim maktablarining 5-sinf adabiyot
darsligida badiiy tasvir vositalarining bir nechtasi, jumladan, metafora (istiora),
epitet (sifatlash) va o‗xshatish (tashbeh) haqida nazariy ma`lumotlar berilib,
mazkur nazariy ma`lumotlar umumlashtirilgan holda ―Troplar‖ nomi bilan bayon
etilgan [4, 141-161] hamda Dasturda ushbu nazariy ma`lumotlarni o‗rganishga 2
soat ajratilgan [5, 220].
Umumiy o„rta ta`lim mazmunining respublikadagi barcha
hududlarda birligi va yaxlitligi
[1, 5]ni nazarda tutadigan bo‗lsak, o‗z-o‗zidan
haqli savol tug‗iladi – nega ta`lim rus tilida olib boriladigan maktablarning 5-sinf
adabiyot darslarida she`riy san`atlar (badiiy tasvir vositalari) haqida nazariy
ma`lumotlar (hatto metafora haqida darslikda 2 o‗rinda nazariy ma`lumot berilgan)
o‗rganiladi-yu, ta`lim o‗zbek tilida olib boriladigan maktablarning 5- va 6-
sinflarida nazariy ma`lumotlar berilmaydi va dasturda nazariy ma`lumotlarni
o‗rganishga alohida bir soat ham ajratilmaydi?! O‗quvchilarning yosh va
psixofiziologik xususiyatlari bir xil emasmi? Vaholanki, 5-sinf milliy adabiyot
239
kursida berilgan lirik janrdagi adabiy matnlarda she`riy san`atlar ko‗plab
qo‗llanilishi adabiyotchilarga yaxshi ma`lumku!
Maktab adabiy ta`limida berilgan adabiy namunalarda qo‗llanilgan she`riy
san`atlardan o‗quvchi uchun ta`sirlanishga olib keladigan estetik kategoriyalarni
o‗zlashtirish, bilish katta ahamiyat kasb etadi. Shaxs ma`naviyatini shakllantirish
vositasi bo‗lgan adabiy ta`limda hissiyotga ta`sir etish, tuyg‗ular tarbiyasi asosiy
masala hisoblansa-da, o‗quvchilarning
nimadan? nima uchun?
ta`sirlanganligini
bilish ham muhim ahamiyatga ega. O‗quvchi uchun adabiy asardan hissiy
ta`sirlanishning o‗zigina etarli bo‗lmay, uning estetik jozibasini ta‘minlagan,
ta`sirlanishga olib kelgan estetik kategoriyalarni o‗zlashtirish, bilish ham katta
o‗rin tutadi. Nazariy tushunchalarni maktabda o‗rganish ayni shu zaruriyatdan
kelib chiqqani shubhasiz. Maktab adabiy ta`limida she`riy san`atlar haqidagi
nazariy tushunchalarni o‗rganish maqsad emas, badiiy asarni chuqur tahlil etish
darajasiga erishish vositasi hisoblanadi.
Adabiy matnlarda qo‗llanilgan she`riy san`atlarni o‗rganish bo‗yicha dasturda
berilgan nazariy ma`lumotlar o‗rganiladigan mumtoz badiiy asarning ilmiy
kalitlaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda barcha sinflar kesimida
o‗quvchilarga adabiy-nazariy tushunchalarni o‗rgatishda dasturga qat‘iy amal
qilish zarur. Ayni paytda, vaziyat taqozosiga ko‗ra, agar dasturda belgilangan
nazariy ma`lumotlar darslikda berilmagan holatlar uchrab qolsa, nazariy
ma`lumotlarni mustaqil holda berishni ham rejalashtirish mumkin. Buni o‗quv
rejasida berilgan takrorlash va umumlashtirish dars soatlari hisobidan rejalashtirish
mumkin.
Dastur va darsliklardagi ushbu tafovutlarni hisobga olib, 5- va 6-sinf adabiyot
dasturiga adabiy matnlarda eng ko‗p uchraydigan o‗xshatish (tashbeh), lof
(mubolag‗a) va qarshilantirish (tazod), talmeh va husni ta‘lil kabi she`riy san`atlar
haqida sodda bayon usulida nazariy ma`lumotlar berilishi lozim, deb hisoblaymiz.
Shundagina o‗quvchilar ulug‗ shoirimizning so‗z qo‗llash mahorati, badiiy g‗oyani
go‗zal badiiy tasviriy vositalar orqali ro‗yobga chiqara olganligini teran anglaydilar
hamda sevimli shoirimizga nisbatan hurmat va iftixor hissini tuyadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:
1. Umumiy o‗rta ta`limning davlat ta`lim standarti (Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 6-apreldagi 187-son
qaroriga
1-ilova). –T., 2017. – 87 b.
2. S.Ahmedov, B.Qosimov, R.Qo‗chqorov, Sh.Rizayev ―Adabiyot‖ umumiy
o‗rta ta`lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik., ―Sharq‖ NMAK, -174.
3. A.Hojiahmedov. She`r san`atlarini bilasizmi? – T.: ―Sharq‖ NMAK, 2001.
- 95.
4. Литература. 5 кл.: Учебник / Н.И.Сергеева, Г.С.Меркин. – Т.:
«Sharq», 2015. - 240 ст.
5. Министерства Народного образования республики Узбекистан.,
Республиканский центр образования. ―Государственная стандарт и учебная
программа по литературе для школ общего среднего образования
с русским языком обучения (1-9 классы)‖ Т., 2017 - 220 ст.
240
Do'stlaringiz bilan baham: |