ERKIN VOHIDOVNING BADIIY MAHORATI
Karima XUSANOVA,
talaba (GulDU)
Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning
ijodi inson ruhiy holati bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, buni bahor va kuz fasllarini
rang-barang hamda ta`sirchan qilib ifodalaganidan ham bilishimiz mumkin.
Ijodkor bu fasllar bag‗riga yashiringan haqiqatning go‗zalliklarini hissiy tafakkur
ila idrok eta olgan. Uning she`rlaridagi tabiat manzaralari, fasllar tasviri aksariyat
shoirning ruh va kayfiyatinigina emas, qay bir darajada g‗oya va maslagini ham
o‗zida namoyon etadi. Buni Erkin Vohidovning saylanmalaridan olingan
parchalardan ham bilishimiz mumkin.
Ajab, bir kechada o‗zgarmish olam
Bir kechada borliq olmish o‗zga tus
Inson umri kabi tezdir fasl ham
Kecha yoz edi-ku, bukun, qarang, kuz [1, 25].
Ushbu parcha orqali shoir bir kechaning o‗zida olamning o‗zgarishi va
borliqning o‗zga tus olishiga ajablanadi hamda bu holatni inson umriga qiyoslaydi.
Xususan, kechagi saratondan so‗ng bugungi so‗lim va sokin kuzning kelishi
go‗yoki inson ruhiyatiga ham aloqadordek va bu muallif va uning hislari orasidagi
birlikni yuzaga keltirgan
Erkin Vohidovning ―Bizlar ishlayapmiz‖ nomli she`ri bir muxbirga
murojaat tarzida bitilgan bo‗lib, unda ertadan kechgacha dalada ter to‗kib mehnat
qilayotgan xalqimizga hech qanday baland parvoz so‗zlar va maqtovlar shart
emasligi aytilib, ―bizning tilagimiz – el bo‗lsin omon, Omon bo‗lsin doim ota
yurtimiz‖ deya yakunlanadi. Ushbu she`rdan olingan quyidagi misralarda kuzgi
terim mahalidagi fidokorliklar ochiq oydin aks ettirilgan:
209
Termini aytmayman,
ortiqchadir gap,
Kuzda kelsang, o‗zing ko‗rasan, ukam.
Raislar uyiga bormas haftalab,
Yigirma to‗rt soat
sekretarga kam.
Terim ham mashaqqat,
ham quvonch,
tashvish,
Paxta doim birdek
ochilmas qiyg‗os.
Bari bir
terim ham o‗zimizning ish,
Bizlar ishlayapmiz,
Bu – mehnat xolos [2, 42].
Yuqorida aytilganlardan shoir ijodining qimmati uning sof shaxsiy
kechinmalari tasviri bilan emas, balki zamonasining ijtimoiy jihatdan muhim
hodisalarini o‗zining shaxsiy tarjimai holigaiga aylantira olishi bilan belgilanadi,
degan xulosa chiqadi. [Izzat Sulton.264] Erkin Vohidovning ―Vafo‖ deb ataluvchi
she`rining birinchi qismi o‗zbek she`riyatining taniqli namoyandasi bo‗lmish
Zulfiyaning:
Sog‗inganda izlab bir nishon
Qabring tomon men olaman yo‗l.
Keltirarding menga bi zamon
Endi har chog‗ men eltaman gul.
misralariga nisbat berib yozilgandir. Unda shoiraning Hamid Olimjonga aytgan
so‗zlari Erkin Vohidov tilidan sodda va samimiy yo‗sinda tasvirlangan.
Garchi yillar changi har nega qodir
Men qilolmadi yodingdan nari
Yana huzuringda turibman shoir
Qo‗limda bir quchoq bahor gullari
She`r davomida Zulfiyaning ichki kechinmalari poteik ko‗chimlar vositasida aks
ettirilgan bo‗lib, shoira tabiatidagi sadoqat va to‗g‗rilik timsollarini ifodalash orqali
muallif kitobxonlarda ham ezgu hislarni uyg‗otmoqchi bo‗ladi.
Tobora ketmoqda yoshlik yiroqlab
Lahza orom bilmas xanuz dil sensiz
Har bahor kelganda seni so‗roqlab
Olamda yashabman o‗ttiz yil sensiz.
Yuqoridagi
parchada
lirik
qahramondan
yoshlikning
tobora
yiroqlashayotgani, dili hanuzgacha orom bilmayotgani va har yili so‗roqlab kelgan
bahorlar olamda o‗ttiz yil ―u‖siz yashaganidan darak berayotgani ta`kidlaydi.
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidovning badiiy mahorati
uning har bir she`rida aks etgan. Ayrim bandlarida mahzun kayfiyat, tushkun
210
ruhiyat ta`siri sezilib tursada, misralar tagma`nosida buyuk shoirning yorqin
falsafiy qarashlarini anglash qiyin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Erkin Vohidov. Saylanma. 2-jild. She`r dunyosi. –T., Sharq, 2000.
2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – T., O‗qituvchi, 1986.
Do'stlaringiz bilan baham: |