ERKIN VOHIDOV VA IBROHIM YUSUPOV IJODINING FALSAFIY
JILOSI VA UYG„UNLIGI
Dinora BEGDULLAEVA,
1-bosqich talabasi (Qoraqalpoq davlat universiteti)
Poeziya nafaqat dunyoni bilish, balki u hayotning o‗zi hamdir, butun borlig‗i
bilan hayotning o‗zi. Shoirlik qabilachilik zamonida yerto‗lalarda yashagan
odamning qalbida ham bor edi, u atom asri odamining ham ruhida yashaydi...
Borki mavjudotga sadoqati bilan shoir bizga bizning dunyomizning boqiyligi va
birligini his etishimizga yordam beradi... Va agar shoir o‗z davrining xastalangan
vijdonini gavdalantira olsa, unga boshqa talab yo‗q [1]. Haqiqatan, hayotni go‗zal
navolar-la tarannum etguvchi ijodiyot shunday sehrli unsurki, inson qalbini nafis
tuyg‗ular bilan bezab, hayot darsini beminnat o‗rgatadi. She`riyat ham o‗zida jo
bo‗lgan oddiygina so‗zlar orqali odam ko‗ngliga yaxshilik urug‗ini sepadi va
undan ungan daraxtda esa go‗zal xislatlar kurtak ochadi.
She`r deya atalur totli mevani etishtirgan shoir Erkin Vohidov o‗z ijodi bilan
o‗zbek adabiyotida katta bog‗ qoldirdi. Ijodkor o‗zining benazir ijodida hayot
go‗zalligini, ma`naviy-axloqiy, falsafiy go‗zallikni madh etguvchi she`rlari bilan
adabiyotga tashna qalblarni sug‗ora oldi. Ayniqsa, hayot falsafasini kuylovchi
asarlari shoir bisotidagi bebaho boylik sanaladi. Masalan, ―Kamtarlik haqida‖,
―Po‗lat‖, ―Go‗zallik‖, ―Chumoli‖ kabi she`rlarida inson umrining mazmuni,
yashash falsafasi, insoniylik fazilatlar o‗z namoyondasini topgan.
Shuningdek, qoraqalpoq adabiyotining serqirra ijodkori, shoir Ibrohim
Yusupov ijodidagi falsafiy asarlariga ham nazar tashlar ekanmiz, bu ikki shoir
ijodini qiyosiy o‗rganish orqali ular o‗rtasidagi o‗zaro uyg‗unlik va mutanosiblikni
sezishimiz mumkin. To‗g ‗ri, har bir ijodkorning bayonlash uslubi va tamoyillari
har xil bo‗lishi mumkin, lekin asarlarda mujassam bo‗lgan g‗oya va ma`no bir-
biriga uyg‗un keladi.
Garchi shuncha mag„rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo„l, hatto bir qadam
O„tma g„urur ostonasidan
Piyolani inson shuning-chun
O„par doim peshonasidan.
Bu Erkin Vohidovning ijod gulshanidagi eng noyob va yod bo‗lib ketgan
misralari jam bo‗lgan ―Kamtarlik haqida‖ she`ridir. Uning noyobligi ham
213
shundaki, oddiygina choynak va piyola badiiy detallari orqali butun insoniyatga
hos bo‗lgan kamtarlik va manmanlik xislatlari keng talqinda ochib berilgan. Shu
kichkina buyumlar ostida yashiringan katta ma`no o‗quvchini teran o‗ylashga va
bu hayotiy misol orqali o‗z hayotini ham baholashga undaydi.
Ibrohim Yusupovning falsafiy to‗rtliklarida ham oddiy detallar orqali katta
badiiy obraz yaratilgan:
Qo„shni bo„lib yashar Til bilan Quloq,
Bir-birini uncha yoqtirmas, biroq.
Til aytar: “Bilaman, meni suymaysan...”
Quloq aytar: “Haddan ziyod so„ylaysan...”
Bu qatorlarda tana a‗zolari bo‗lgan til va quloq orqali inson fe‗l-atvori va
tabiyatining aniq va ko‗rkam tasvirini ko‗rishimiz mumkin. Bu ikki xil shakl va
uslubdagi ikkita she`rda ham jonsiz detallarni jonlantirib, inson qiyofasini
gavdalantirish orqali ijobiy va salbiy hislatlar haqida so‗z boradi.
Bu qaltis dard
Ziyrak bo ‗ling,
Belgilari ayondir:
Bosh sal egik, qo‗l ko‗krakda,
Til suchuk, yuz alvondir.
Muloyim zot sehrgardir,
Naqd qurboni bo‗lasiz.
Kulib turib pichoq ursa,
Rahmat aytib o‗lasiz.
E.Vohidovning ―Uyatchanlik‖ she`rida insonning yana bir fazilati va odati
bo‗lgan uyatchanlik va muloyimlik nazarda tutilgan bo‗lib, bu odatning amaliy
namoyondasi va oqibatlari mohirlik bilan o‗z ifodasini topgan.
To‗g‗ri daraxt mudom elga kerakli,
Kesib kemtik joyga qo‗yar shu sabab.
El aylanib o‗tar qing‗ir daraxtni,
Qing‗ir daraxt uzoq yashar shu sabab.
I.Yusupov ham odamdagi to‗g‗rilik va qing‗irlik xislatlarini daraxt obrazida
yaqqol ochib beradi. She`rdagi to‗g‗ri va halol insonning jamiyatga hamisha
foydasi tegishini, qing‗ir va razil odamlardan esa boshqalarning yiroq yurishi
holatlarini real hayotga taqqoslagan holda anglashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |