Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

 

ERGASH ALI SHE‟RIYATIDA BADIIY TASVIR VOSITALARINING  

QO‟LLANILISHI 

Sojida TURSUNOVA, 


216 

 

 talaba (NamDU)  

 

 Ijod  maydoniga    she‘riyat  ixlosmandlarining  qalbini  betakror  she‘rlari    bilan 



zabt etayotgan ko‘plab iste‘dodli yoshlar qadam qo‘ymoqda. Shulardan biri yosh 

shoir Ergash Alidir. Uning rang-barang mavzulardagi  she‘rlari o`quvchini falsafiy 

mushohadalarga chorlaydi. Ijodkorning poetic  san‘atlar bilan jilolangan  she‘rlari 

o‘quvchiga ajoyib zavq bag‘ishlaydi.        

Shoir  she‘rlarini  o`qir  ekanmiz,  o`xshatish,  sifatlash,  tazod,  qarshilantirish, 

tajnis, talmeh, tamsil, irsoli masal, mubolag‘a, tanosub va boshqa bir qator she‘riy 

san‘atlardan mohirlik bilan foydalanganining guvohi bo`lamiz. Shoir she‘rlarining 

mavzu ko`lami ham xilma-xil. She‘rlarida Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat, ota-

onaga  hurmat-ehtirom,  jamiyat  va  inson  munosabati  kabi  mavzular  qalamga 

olingan. 

Shoirning  ―Dillar‖  she‘rida  tashbeh  va  tanosub  san‘atlarining  go`zaltarzdagi 

uyg‘unligini ko‘ramiz.. Shoir ko`ngil yorug‘ bo`lsa, insonning vujudi xuddi qush 

kabi  yengil,  oyoqlari  o`zg‘ir,  panjalari  esa  abjir  bo`lishini,  qalbda  yorug‘lik 

bo`lsagina,  har  qanday  mushkul  ish  ham  pisand  bo`lmay  qolishini  hamda 

yuksalishning  qanoti  qo`sh  bo`lishini,  uning  bittasi  haqiqat  bo`lsa,  biri  adolat 

ekanligini,  agar  xalq  birlashsa,  tog‘ni  talqon,  sahroni  bo`ston  qilishga  qodirligini 

ta‘kidlab o`tadi: 

Qarashlar samimiy, ko`zlarda shu‘la, 

Sevinch og‘ushida chehralar xandon

Yakdil-u yaksaf xalq ahd-u jahd ila 

Tog‘ni talqon qilur, sahroni – bo`ston. 

        Atoqli  ijodkor  Mirtemir  ―Shabnam‖  she‘rida  uni  onalarning  ko`zyoshiga 

o`xshatgan edi, Ergash Ali  tashbeh san‘atidan ustalik bilan foydalangan holda, uni 

―mitti  quyosh‖ga,  ―g‘ururga  qaramay  yorining  mijjasida  chaqnagan  yosh‖ga 

o`xshatadi: 

Birov seni suyar o`xshatib durga, 

Boshqaning nazdida mitti quyoshsan. 

Oshiq nazarida, boqmay g‘ururga, 

Yorin mijjasida chaqnagan yoshsan [1,  9]. 

         Shoir  she‘rlari  turli  mavzularda  yaratilgan, ular  misralar  bag‘riga  ko`pni 

ko`rgan  inson  dunyoqarashlari,  xulosalari  tabiiylik,  samimiylik  va  soddalik  bilan 

singdirib  yuborilganligi    bilan  ajralib  turadi.  Inson  tabiatning  buyuk  mo`jizasidir. 

Afsuski,  kundalik  hayotimizda  mana  shunday  buyuk  ne‘matning  ham  nafs-u 

havoga  berilib,  to`g‘ri  yo`ldan  og‘ish  holatlari  ko`zga  tashlanadi.  Hayotmizda 

uchraydigan ko`plab muammolarning yechimi, albatta, ilm-u ma‘rifat hisoblanadi. 

Shoirning ―E‘tiqod‖ she‘rida ham ayni shu xususida so`z boradi. U nafsni ―ovchi‖, 

jahonni  ―sargardon  kezib  yurgan  chorasiz  jayron‖ga  muqoyasa  qiladi.  E‘tiqodni 

―birdan  bir  xaloskor‖,  ilm  va  irfonni  ―dunyoni  qutqaruvchi‖  ekanligini  ham 

ta‘kidlaydi: 

Nafs-u havo – ovchi, jayrondir jahon, 

Sargardon kezadi chorasiz jayron. 



217 

 

Birdan bir xaloskor – e‘tiqod, demak, 



Dunyoni qutqarar ilm ila urfon  [1, 11]. 

        Ijodkor ta‘biri bilan aytganda, nafsga qarshi kurashishning  yagona quroli 

ilmdir, ilmsiz inson o`z nafsining quliga aylanib qolishi hech gap emas: 

Yo odam, xush kelding yorug‘ dunyoga, 

Ilohiy da‘vat bu: esh bo`l ziyoga! 

Ilm ila urfonga nopisand kimsa 

Qurol yo qul bo`lar nafs-u havoga [1, 11]. 

        Ko`ngil ko`zi bilan boqadigan bo`lsak, har bir she‘r o`quvchini o`ylashga, 

fikr-mulohaza  yuritishga,  ilm-ma‘rifat  cho`qqilarini  zabt  etishga,  yuraklardagi 

dardni tuyishga da‘vat etayotganini dildan his qilamiz.  

       Bu dunyoda hamma narsa o`tkinchi, mol-u dunyo, davlat – o`tkinchi sinov. 

Amal,  mansabga  mukkasidan  ketgan  insonlar  ota-onalarini,  ularga  hayot  bergan 

insonlarni ham unutib, boshliqlarini yuqori o`ringa qo`yadilar: 

Kursiga bag‘ishla xonumoningni, 

(Hay-hay, faqat asra aziz joningni!) 

Xursand qil, rozi qil, otangni emas, 

Otang kim bo`libdi, boshliq – xoningni! [1, 132]. 

Barcha  zamonlarda  jamiyatdagi  illatlardan  biri  bo‘lgan  poraxo‘rlik  qoralanib 

kelgan.  Bugungi  kunda  ham  unga  qarshi  kurashish  choralarini  elu  yurt  yodida, 

davlatimiz  e‘tiborida,  desak  yanglishmaymiz..  Shoir  mana  shu  xususda  ham 

mushohada  yuritadi.  Bu  kabi  yaramas  illatlar  ham  hammaning  qo`lidan 

kelavermasligini, bu ham qo`shtirnoq ichidagi ―jasorat‖, ―san‘at‖ ekanligini ajoyib 

tashbehlar bilan tasvir etadi: 

Katta-katta olish – ayni jasorat, 

Uzatish – nozik ish, uzatish – san‘at. 

Jasorat-u san‘at toki senga yor, 

Kursi senikidir, seniki davlat [1, 132]. 

         Shuni  ham  aytish  joizki,  she‘riyat,  shoirlik  Alloh  tomonidan  suygan 

bandalarigagina  nasib  etadigan  ne‘matdir.  Ergash  Alining  yozishicha,  she‘r 

―shaydo yurakning qo`shig‘i‖, she‘riyat esa ―yashashning yo`rig‘i‖: 

She‘r – shaydo yurakning qo`shig‘i, inim, 

Har bayti – maqsadning qo`shtig‘i, inim. 

Shakl-u hikmat ila ovlar dillarni, 

She‘riyat – yashashning yo`rig‘i, inim. 

        Guruch kurmaksiz bo`lmagani kabi bugungi  kunda bir, ikki satrni qoralab 

qo`yib,  shoirlikni  da‘vo  qilguvchi,  qog‘ozga  tushirgan  misralarida  ham  quruq 

dabdabozlik,  havoyi  gaplardan  nari  o`tolmaydigan  ―shoirchalar‖  ham  yo`q  emas. 

Ijodkor  shuni  nazarda  tutibmi,  shoirlar  ―davrning  yetakchilari‖  ekanligi,  shuning 

uchun ularga ―zamonasozlik‖ yarashmasligini ta‘kidlaydi, shoirga ―osmon pastlik, 

ummon  sayozlik‖  qilishini  aytish  orqali haqiqiy  shoir  qalbini  o`qish, tuyg‘ularini 

uningdek tuyish mushkul ekanligiga zimdan ishora qiladi: 

Shoirga bor narsa qiladi ozlik

Osmon pastlik qilar, ummon – sayozlik. 



218 

 

Shoirlar – davrning yetakchilari, 



Shoirga yarashmas zamonasozlik  [1, 13]. 

Umuman,  Ergash  Ali  she‘rlarini  mutolaa  qilar  ekansiz,  she‘riyat    olamiga 

iste‘dodli ijodkor qadam qo‘yayotganligiga  amin bo‘lasiz. Uning falsafiy oxanglar 

bilan  yo‘g‘rilgan,  sodda  va  ravon  va  jozibador  she‘rlari  sizga  ham  zavq 

bag‘ishlaydi. 

Foydalanilgan dabiyotlar: 

1. Ergash Ali. Subhidam – sirli dam. – Namangan: Namangan nashriyoti, 2018. 

2. Quronov va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –T.: Akademnashr, 2010. 

3. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq,1999. 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish