Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA TABIAT TASVIRLARI



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA TABIAT TASVIRLARI 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 Nafisa MAMATOVA, 

Nargiza SHOKIROVA,  

Оlimpiya zahiralari maktab-internati o„qituvchilari (Guliston) 

 

Erkin  Vohidov  she`riyati  o‗zgacha  mushohadakorlikka  egaligi  bilan  ajralib 



turadi.  Unda  yangicha  topilmalar,  zalvorli  satrlar,  o‗ziga  xos  istioraviylik  ko‗zga 

tashlanadi.  Ayniqsa,  tabiat  obrazlarini  jonlantirishning,  ularni  shaxslantirishning 

yangicha ko‗rinishlarini uchratish mumkin. ―Erkin Vohidov  she`rlarini o‗qiganda, 

ular  dastavval go‗yo  qo‗shiq  bo‗lib  tug‗ilgandek, keyin  qog‗ozga  ko‗chirilgandek 

taassurot  qoldiradi  kishida‖  [1,  5].  Shoirning  ―Manzara‖  she`ridagi  asosiy  poetik 

obraz  bo‗lgan  majnuntolning  holati  bilan  bog‗liq  chizgilar  bunga  yaqqol  misol 

bo‗la  oladi.  Unga  ko‗ra  majnuntolning  shoxiga  qo‗ngan  qora  qushlar  uning  ohi-

dodiga  qaramay  tolnng  boshini  suvga  shafqatsizlarcha  egadilar.  Uning  bu  holiga 

rahmi kelayotgan bulut esa u uzra tinmay ko‗zyoshi to‗kadi.  

Rahmi kelib bulutning, 

Yig‗lab to‗kar yoshini. 

Qushlar qochar, majnuntol 

Ko‗taradi boshini [4, 12]. 

Bu  ko‗zyoshlaridan  majnuntolga  jabr  qilayotgan  qushlar  qocha  boshlashadi 

va  shundagina  majnuntol  boshini  ko‗taradi.  U  boshini  ko‗targanida  quyosh  unga 

kulib  boqib,  boya  bulutning  ko‗zyoshlarida  yuvilgan  sochlarini  taray  boshlaydi. 

Ya`ni u o‗z nurlari bilan uning sochlarini silab quritadi.  

Bulutning orasidan 

Quyosh kulib qaraydi. 

Majnuntolning yuvilgan 

Sochlarini taraydi [4, 12]. 

Ko‗rinadiki,  ushbu  she`rda  majnuntolga  jabr  qilgan  berahm  qushlar,  unga 

rahmi kelgan bulut, majnuntolga mehr berib kulib boqqan, uning sochlarini taragan 

quyosh  kabi  obrazlar  etakchi qahramon  bo‗lgan  majnuntolning  siymosi  to‗laqonli 

aks ettirilishi uchun yordam bergan.  



219 

 

Shoirning  ―Tong  lavhasi‖  she`rida  yetakchi  poetik  obraz  sifatida  oftob  aks 



ettirilgan.  She`rda  shoir  uni  shu  tarzda  nomlamasa-da,  lekin  bu  jarayondagi 

amallardan she`rxon shunday xulosaga keladi.  

Ufqlarga qo‗yib guldasta 

Tog‗ ortidan ko‗tardi-da bosh, 

Pastga boqdi cho‗qqidan asta 

Oltin qalam tutgan bir naqqosh [4, 12]. 

Ayonlashadiki, she`rdagi oftob obrazi shoir tomonidan naqqosh deb atalgan. 

Uning  ufqqa  qo‗ygan  guldastasi  –  bu  quyosh  chiqayotganda  uning  zarrin 

nurlarining  jilvalanishi  tasviri  bo‗lsa,  oltin  qalam  quyosh  nurlarining  er  uzra 

yoyilishi tasviri deyish mumkin.  

Har nuqtaga sayqal berib u

Vodiy uzra chizdi zar lavha. 

So‗ng quyosh deb imzo chekdi-yu, 

Tongotar deb qo‗ydi sarlavha [4, 12]. 

Oftob  nurlari  tushgan  vodiy  uzra  zar  lavha  hosil  bo‗lishi,  bu  –  yam-yashil 

bog‗lardagi  daraxtlar  barglaridagi  shabnamga  tushgan  nurlarning  qaytishi 

natijasidagi yaltirashi holatidir. Shoir bunday holatni ajoyib tasvirga aylantirilgan. 

Shunday chiroyli manzarani er uzra muhrlagan ijodkor bo‗lgan quyosh so‗ngra o‗z 

imzosini  qo‗yib,  bu  ijod  namunasining  sarlavhasiga  ―tongotar‖  deb  nom  qo‗yishi 

bejizga  emas.  Chunki  kun  yuqorilagani  sari  bunday  manzara  boshqacha  tusga 

kirishi, tongdagi bu holat kun davomida qayta takrorlanmasligi ayon.  

Shoir  she`riyatida  majnuntol  poetik  obrazi  o‗ziga  xos  o‗rin  tutadi.  Uning 

―Majnuntol‖ nomli she`rida ushbu etakchi obraz o‗zgacha tavsiflangan.  

Qubbon sohilida qomatin bukib, 

Oltin barglarini ko‗l uzra to‗kib, 

Nimalar haqida surasan xayol,  

So‗yla, majnuntol? [4, 16]. 

She`rning  lirik  qahramoni  bo‗lgan  shoir  Qubbon  ko‗li  sohilidagi 

majnuntolning  barglari  oltin  ekanligini,  ya`ni  suvning  quyoshda  jilvalanishi 

barglarga  ham  yorqinlik  baxsh  etayotganligini  ta`kidlamoqchi  bo‗ladi. 

Majnuntoldan hol-axvol so‗rash jarayonida uning bu holga tushishiga ko‗l bo‗yiga 

suv  olgani  kelgan  ko‗zi  ohu  va  labida  holi  bo‗lgan  go‗zal  uning  qalbini  zabt 

etganligi sabab bo‗lgan ekanligi yoki ko‗l uzra uchgan oqqushlar, uning sochlarin 

silagan shamol, suvda aksi ko‗ringan oyga maftunlik uni shu axvolga solgan yoki 

solmaganligi so‗ralganda majnuntolning javobi o‗zgacha bo‗ladi: 

-

 



Yo‗q, fikrim band etgan oqqushlar emas, 

Sabo yo parivash boqishlar emas . 

Na suv ko‗zgusida ko‗ringan hilol, 

Na chehrasi ol! [4, 16]. 

Majnuntolo‗ziningma‘yusekanligigasababsifatidaikkisevishganqalblarningun

ingbag‗ridakamoltopgansevgisiningma`lumvaqtdanso‗ngxuddishuerdazavoltopgan

ligini,  bungasababotaorzusitufayliqizningboyvaqariodamgaturmushga  berilganligi 

sabab bo‗lganligi xususida so‗zlab beradi.  




220 

 

She`r  nihoyasida  shoir  majnuntolning  lirik  qahramonga  qilgan  samimiy 



tilaklarini  bayon  etadi.  Ya`ni  u  shoir  qalbidagi  pokiza  muhabbati  hech  qachon 

zavol topmasligini tilak qiladi. Chunki shoir bukun sohilda o‗z dildori bilan kezib 

yurganiga majnuntol shohid bo‗lgan edi.  

Fikrimni band etgan ishq qissasi bu, 

Va ishq qissasining alqissasi bu –  

Shu sevgi haqqi ham sendagi iqbol 

Topmasin zavol! [4, 17]. 

Shoirning ―Qubbon ko‗liga‖ she`rida ushbu ko‗l yuzasi quyoshning har kuni 

o‗z  aksini  ko‗radigan  ko‗zgusiga  o‗xshatilganiga  guvoh  bo‗lish  mumkin.  Ya`ni 

Sado obrazining quyoshning nechun har kuni tongdan kechgacha sochlarini yoyib, 

dunyo  kezib,  nimani  axtarishi  haqidagi  savoliga  Aks-sado  quyidagicha  javob 

beradi:  

Aks-sado der: Bunda bir zamon 

Yo‗qotmish u oyinasini... 

Bexabarsan, ey ko‗li Qubbon 

Quyosh hamon izlaydi seni [4, 11]. 

Bu ham shoirning ushbu ko‗l haqidagi o‗ziga xos iliq tasavvurini ko‗rsatadi. 

Yana bir ―Buloq‖ she`rida shoir buloqni Ona er qa‘ridan qaynab chiqqanligi uchun 

uni  qonib  ichgan  insonga  o‗z  zaminining  taftini  ham  singdirishi,  uni  ichish 

Vatanga bo‗lgan muhabbatni yanada alangalatishini aytmoqchi bo‗ladi: 

She`rda  buloqning  qaynab  chiqishi  she`rning  qalb  haroratidan  paydo  bo‗lishiga 

o‗xshatiladi: 

Buloq ona-Er siynasidan 

She`r singari qaynab oqadi. 

Suvning kumush oyinasidan  

Mehrim bo‗lib quyosh oqadi [4, 18]. 

She`rdagi quyoshning kumush oynada oqishi suvdagi aksining jimirlashi.  

Yana bir ―O‗lka‖ deb nomlangan ona Vatan madhiga bag‗ishlangan she`rida 

shoir:  

Jilmayadi o‗zida yo‗q shod 

Yangi oy ham ketmay qoshingdan. 

Etak-etak olib koinot 

Yulduzlarin sochar boshingdan... [4, 21] 

Juda  chiroyli  manzara,  ya`ni  Ona-Vatanning,  Zaminimizning  qoshidan  Oy 

hech  qachon  ketmaydi,  Koinot  esa  etak-etak  yulduzlarini  sochadi.  Jonajon 

diyorimiz  quyoshli,  oyli  ekanligi,  ya`ni  to‗rtta  fasl  almashinishinadigan 

jannatmakon o‗lka ekanligi shoir tomonidan shu tarzda bayon qilinadi.  

Shoirning  yana  bir  she`rida  poetik  mushohadakorlikning  o‗zgacha  ko‗rinishi 

namoyon bo‗ladi: 

Kun tog‗ o‗rkachiga tirmashar asta

Novvot qoyalarda yaltiraydi qor. 

Yuksak cho‗qqilardan boshlangan bahor 

Shalolalar bilan intilar pastga [4, 22]. 



221 

 

Bu  o‗rinda  tog‗lar  ortidan  ko‗ringan  oftobning  uning  nuri  tufayli  novvot 



rangga  kirgan qoyalarga tushib, ularni  jilvalantirishi, so‗ngra quyosh taftidan  erib 

boshlagan cho‗qqilardagi qorlar jilg‗alar shaklida pastga tushib kelishi va Amu va 

Sir kabi daryolarga qo‗shilib, butug o‗lkaga bahor taftini olib kirishi mohirona aks 

ettirilgan.  

Xulosa  qilib  aytganimizda,  Erkin  Vohidovning  peyzaj  lirika  namunalari 

bo‗lgan  she`rlarida  Ona  Vatan  uzra  nurini  mehr  bilan  sochayotgan  quyosh,  shu 

taftni  suvi  orqali  insonlar  qalbiga  jo  etuvchi  buloq,  sevishgan  qalblardagi 

iztiroblarni o‗z qalbida his etuvchi majnuntol kabi talay obrazlar aks ettirilganligini 

ko‗rish  mumkin.  Shoir  she`rlari  bilan  tanishilganda  tabiat  tasviri  aks  etgan 

she`rlardagi  jozibadorlik  va  o‗zgacha  mushohada  shakli  shoirning  betakror 

mahorati tufayli she`rxon qalbiga jo bo‗ladigan misralar shaklini olganligiga guvoh 

bo‗lish mumkin. 

Foydalangan adabiyotlar: 

1.

 



Yo‗ldoshev Q. Yoniq so‗z. – T.: Yangi asr avlodi, 2006.  

2.

 



Muhammad Ali. She`riyatimizning porloq yulduzi. – T.: Sharq, 2016.  


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish