Zamonaviy o‗zbek she`riyatining yirik namoyandalaridan biri bo‗lgan Erkin
Vohidovning ijodi o‗zining jozibadorligi, badiiyati va mazmun-mohiyati bilan
ajralib turadi. Erkin Vohidov nafaqat barmoq vaznida, balki aruz vaznida ham
go‗zal she`rlar yaratdi. Shoir yaratgan mumtoz g‗azallar, falsafiy qasidalar,
sharqning buyuk shoirlari g‗azallariga bog‗lagan taxmis-muxammaslar, qit'a va
fardlar o‗zbek adabiyotining chin ma`nodagi durdonalariga aylangan. Xususan,
Erkin Vohidov g‗azallari o‗zining jozibasi, quyma misralari va badiiy san`atlari
204
bilan o‗quvchini o‗ziga rom etadi. Shoir ―Devon‖iga kiritilgan g‗azallari ma`no
jihatidan ham, badiiyati jihatidan ham betakrordir.
G‗azallarda badiiy san`atlardan o‗rinli foydalanish ijodkor mahoratining
muhim qirralaridan biri hisoblanadi. Erkin Vohidov ham o‗zinning g‗azallarida
ajoyib she`riy san`atlardan foydalangan. Badiiy san`atlar g‗azallarda mazmun bilan
uyg‗unlashib, she`rning badiiyatini kuchaytirgan. Husni ta‘lil ma`naviy
san`atlardan biri hisoblanib, she`rda tasvirlanayotgan narsa yoki hodisaga shoir
o‗zgacha, jozibali narsani sabab qilib ko‗rsatadi. Atoulloh Husayniyning "Badoye
us-sanoye" asarida husni ta‘lil san`atiga quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Husni ta'lil
uldurkim, bir nimaning bir sifatin iqror qilurlar va ul sifatni iqror qilish uchun ul
nimaning o‗ziga munosib illati (sababning ma`nodoshi) sababni keltirurlarkim,
haqiqatga ul sabab bo‗lmag‗ay, lekin lutf e`tibori bila ani sabab qilg‗an
bo‗lurlar‖[1,138].
Tashna ko„nglum ichmasin deb ko„z yoshimdan qatra ham,
Ashk soyining yo„liga kiprigim dahm aylading
[3,21].
Ushbu baytda E.Vohidov husni ta'lil san`atining go‗zal namunasini yaratgan.
She`rdagi tasvir juda ham go‗zal: ―Mening tashna ko‗nglim ko‗z yoshidan qatra
suv ichmasin deb, kipriklarimni ko‗z yoshining soyi bo‗lgan ko‗zlarim yo‗liga
to‗siq qilding‖. Shoir inson ko‗zi ustidagi kipriklarning joylashishini ma‘shuqaning
oshiqqa bo‗lgan iltifotsizligi, jazosi sifatida tasvirlaydi.
Qoshi ham o„smadin zangor, dema zangor, erur zangbor,
Nechukkim qon to„kib xunxor qilichlar bo„yla zanglaydir
[3,134].
Mazkur baytda yorning qoshlari asosiy tasvir manbayi bo‗lib kelgan.
Shoirning fikricha, yor qoshlarining rangi o‗smadan zangori tusga kirmagan, balki
ular zang rangli, ya`ni qoramtir-qizg‗ish tusda, negaki qilichdek qoshlar necha-
necha oshiqlarning qonini to‗kkanidan qoshlar zanglab, shu tusga kirgan. Bu ifoda
uchun shoir qoshning qilichga o‗xshashligidan mohirona foydalangan. Bu o‗rinda
husni ta'lilning yana bir she`riy san`at- tashbeh vositasida yuzaga kelishi ham
baytning jozibasini oshirgan. Umuman, mumtoz adabiyotda yor qoshlarini qilichga
o‗xshatish an`anasi mavjud edi. Biroq Erkin Vohidov an`analar zamirida ham
yangilik yarata oldi.
Shoir g‗azallarida tazod san`atining go‗zal namunalari ham uchraydi. Tazod
mumtoz adabiyotda eng ko‗p qo‗llaniladigan san`atlardan biri bo‗lib, tazod orqali
baytda o‗zaro qarama-qarshi, zid ma`noli so‗zlarni qo‗llagan holda ta`sirchan
badiiy timsollar, lavhalar yaratiladi.
Barcha shodlik senga bo„lsin, bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu barcha xushtorlik menga
[3,8]
.
Mazkur baytdagi
shodlik-zorlik, senga-menga so„zlari
tazod san`atini yuzaga
keltirgan. Yoki:
Seningsiz menga kun yo„qtur, asal ichsam zahar bo„lg„ay,
Sening birlan shirin so„zim, zahar yutsam shakar bo„lg„ay
[3,31].
Bu baytda ham
asal-zahar, zahar-shakar
so‗zlari orqali tazod yuzaga
kelgan. Tamsil ―misol keltirish‖ degan ma`noni anglatib, she`r baytining birinchi
205
misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani
misol qilib keltirishga asoslangan san`atdir. E.Vohidov quyidagi baytida tamsil
san`atidan foydalangan holda go‗zal badiiy lavha yaratgan:
Yaxshi do„stlar davrasida ochilursan har zamon,
Ko„rkni shoda ichra topgay marvarid durdona ham
[3,43].
Marvarid donasi shoda ichida chiroyli ko‗ringani kabi do‗stlik ham inson
uchun muqaddas bo‗lgan tuyg‗u hisoblanadi. Inson o‗zining chin do‗stlari
davrasidagina baxtiyor bo‗ladi. Shoir mana shunday hayotiy misol orqali o‗z
fikrini dalillaydi.
Oftob mashshotasi tok sochini nurdan tarab
Zangining bo„yniga osmish shodayi marjon uzum
[3,41].
Tashbeh sharq adabiyotida keng tarqalgan san`atlardan biri bo‗lib,
―o‗xshatish‖ ma`nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o‗rtasidagi
haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko‗ra o‗xshatish san`atidir. Yuqoridagi
baytda ham oftob-mashshotaga, uzum-marjonga, tok - go‗zal qizga o‗xshatilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, XX asrda ham o‗zbek adabiyotida g‗azal
yozish an`anasi davom etdi. Bu safning oldingi qatorlarida, shubhasiz, Erkin
Vohidov ham bor edi. Erkin Vohidov ustozlari Cho‗lpon, Usmon Nosir, G‗afur
G‗ulom kabi shoirlar izidan borib, aruz vaznida yangicha g‗azallar yaratdi. Bu
g‗azallar o‗zining mazmun-mohiyati, samimiyati, ravon tili va mohirona
qo‗llangan she`riy san`atlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, shoir g‗azallarida husni
ta‘lil, tashbeh, tazod va tamsil kabi badiiy san`atlarning mumtoz namunalari
yaqqol aks etgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Atoullo Husayniy. Badoye us-sanoye. – T.: G‗afur G‗ulom nomidagi
adabiyot va san`at nashriyoti, 1981.
2. Hojiahmedov A. She`riy san`atlar va mumtoz qofiya. – T.: Sharq, 1998.
3. Vohidov E. Devon. – T.: G‗afur G‗ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: