RUHIYAT IFODASIDA BADIIY TASVIR
VOSITALARINING O„RNI
Shoira NURMONOVA,
1-maktab o„qituvchisi (Oqoltin)
Badiiy adabiyot ijodkor tomonidan yoritilar ekan, kitobxonlarga ta`sir etishi
uchun badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. Asar ommalashib yuqori darajada
o‗qilishi uchun ham badiiy tasvir vositalarining o‗rni muhimdir. Albatta bunday
vositalar emotsionallikni oshiradi. Asardagi har bir detal, tasviriy vositalarning
muhim o‗rni borki, ularni olib tashlab, yoki o‗rniga boshqa birortasini qo‗yishning
iloji yo‗q. Agar shunday bo‗lgan taqdirda mazmuniga putur yetadi. Asar bir butun
180
komponent hisoblanadi. Asar o‗zining talav doiralariga javob berishi uchun
yozuvchi ancha saviyali bo‗lmog‗i lozim. Ijodkor o‗z fikrini yoritar ekan, o‗zining
o‗y-hayolotidan kelib chiqib yondashadi.
Asar tasvirlanganda uni badiiy tasvir vositalarsiz tasavvur qilish qiyin.
Badiiy tasvir vositalari ijodkorning yozgan mahsuli bo‗libgina qolmay, balki inson
ruhiyatini ochishning ham bir ko‗inishidir. Bu ko‗rinish orqali yozuvchi
gapirmasada, uning nima demoqchi bo‗lganini, yoki qahramon qanday holatda
ekanini anglaymiz. Ba‘zan qahramon kechinmalari ijodkor tomonidan bo‗rttirib
ko‗rsatiladi. Bunday paytda uning ruhiy ahvoli og‗ir ekanligi, yoki uning vaziyati
qiyin, balki aksincha ekanligini ham ko‗ramiz.
―Asardagi har bir detal, epizod, voqea, manzara va obraz, tasvir vositalari
yozuvchining g‗oyaviy-badiiy niyatiga xizmat qildiradi‖ [1, 144]. Asarda ayniqsa
detallar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular asarning keyingi voqealari nima bo‗lishi
haqida so‗zlaydi. Syujetdagi voqealarni bir-biriga bog‗laydi. Bundan tashqari,
badiiy tasvir vositalari asarning mohiyatini kengaytirib, emotsionalligini oshiradi.
Badiiy tasvir vositalariga peyzaj, inter‘yer ( yopiq makon) ham muhim rol
o‗ynaydi.
―Peyzaj (fr. Paysage – joy, yurt ) – adabiy asarda yaratuvchi badiiy
voqealikning muhim komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon tasviri. Perzaj
deyilganda tabiat tasviri tushniladi, lekin bu xil tushunish birmuncha tarqoq.
Chunki peyzaj nafaqat tabiatni, balki u bilan birga inson tomonidan yaratilgan
narsalar tasviri ham ko‗zda tutiladi‖ [2, 49].
Bunday tasvirlar orqali ruhiy kechinmalar uyg‗unligi yuzaga keladigan
holatdir. Shu bilan birgalikda bunday tasvirlar orqali adabiy ko‗chimlarning ham
o‗rni qay darajada hosil bo‗lishi ko‗zga tashlanadi. ― Badiiy tasvir vositalari badiiy
asarda narsa-hodisalarni jonli tasvirlash his-tuyg‗u va kechinmalarni yorqin
ifodalashga xizmat qiluvchi til vositalarining umumiy nomi‖ [2, 220].
Salomat Vafo hikoyalarida ham badiiy tasvir vositalari o‗rinli qo‗llanilgan
bo‗lib, ular mazmunni yoritishda xizmat qilgan. Asarni tahlil qilayotganimizda
undagi detal, diolog, tashqi unsurlar, peyzaj, portret kabi bir necha tasvir
vositalarining ishlatilganini ko‗ramiz. O‗z navbatida mimika, hatti-harakatlar ichki
kechinmalarni va asarni yoritib ochib beradi. Salomat Vafoning qalamiga mansub
―Yurakka sig‗magan jon‖ hikoyasida So‗na momoning xotiralari bitilgan bo‗lib,
asar tili Xorazm shevasiga xos badiiylikda yozilgan. Buni mana bu o‗rinda
ko‗ramiz.
―Bolam, ko‗zingga qara , na hovliqasan?‖ – deydi So‗na momo nabirasiga.
Momo o‗n ikki yoshida xonga haram qilib olib borilgan, uning yoshligi shunday
o‗tganki, eslasa ko‗zlariga yosh oladi. Xon xaramiga olib ketayotganida shunday
tasvirni beradi: ―…Quyosh ko‗kdan olov purkaydi…‖. Bu jumla bilan o‗zining
butun taqdirini yoritayotgan So‗na momoning istiroblari ekanini tushunish
qiyinmas.
Quyoshning olov purkashi, uning murg‗ak qalbi endi o‗zining uyini
ko‗rmasligidan, qarindoshlari va o‗z oilasidan ayrilayotgan qalbning o‗kinchi edi.
Mana shu o‗kinch uning yurak bag‗rini do‗zax oloviday yoqar edi. ―Arava ichida
181
ko‗z yoshlarim Amu bo‗lib qoldi‖. Bu alam va istiroblardan qalbi xun bo‗lgani va
uning ko‗z yoshlari o‗rinli mubolag‗a bilan Amu daryoga o‗xshatiladi. ―Enamning
gulday yoshligini xazon qilgan odamdan o‗ch olgim keladi‖. Bu tasvir orqali bir
ayolning boshidan kechirgan har bir qiyinchiligi yosh bolaligini sarg‗aytirgan,
xazonday bo‗lganligi, unga bu qiyinchiliklarning og‗irlik qilganligini sezamiz.
Adibaning bunday badiiy tasvir vositalarini qo‗llashdagi mahorati
hikoyalarda yaqqol namoyon bo‗ladi. Badiiy tasvirning qo‗llanishi boshqa
ijodkorlarning uslubidan farqli bo‗lib, ularning o‗z qo‗llanilishi o‗rni bor. Shunga
binoan qahramonlarning ruhiy vaziyatlari ham yoritiladi.
Yozuvchi o‗zining ―Qora beva― asarida ham badiiy tasvir vositalaridan inson
ruhiyatini ochishda unumli foydalanadi. Hikoyada beka obrazi va uning hayoti
tasvirlanar ekan, o‗quvchi ko‗z oldida syujet voqealari ochiq oydin keltiriladi.
Bekaning hayoti qanday kechganligi tasviriy ifodalardan foydalanib hikoyaning
umumiy ko‗rinishi keltiradi. Hikoyada beka yolg‗izlikni yoqtirmasligi yozuvchi
tomonidan aytiladi. Beka bir o‗zi xonada qolishni xohlamasdi. Xonaning jim -
jitligigi xuddiki bekani yutib yuborayotgandek tuyilar, bundan tashqari, o‗zini
butunlay yolg‗iz his qilardi. Hikoya shunday boshlanadi: ―eshik qarsillab yopildi,
hammasi tamom, xonalarga og‗ir, yoqimsiz zulmat, sukunat cho‗kdi. ‖Tong
oldidan kimdir uf tortganday bo‗ladi, devorlarmi, pardalarmi, yoki gilamlarmi…
Bu inter‘yer orqali ko‗rishimiz mumkinki, bekaning yolg‗iz o‗zi yashaydi. Hattoki
bu yolg‗izlikdan jonsiz narsalar ham uf tortadi. Bu – xonaga uzoq cho‗kkan
sukunatni ko‗tarolmay kimdir tomonidan chekilgan fig‗on edikim, lekin kimligini
hech kim bilmas. Eshikni kimdir yopganida bu ohu fig‗onlarga, zulmat olami
shovqinlariga nuqta qo‗yilgandek bo‗ladi.
Adiba qahramonning bu hayotini tasvirlar ekan, uni yolg‗izlikda
yashayotganligini bizga ma`lum qilishda keng qamrovli to‗xtalganining guvohi
bo‗lamiz. Asarning bunday boshlanganligining ham sababi aynan shu. Asar
qahramoni mashur san`at yulduzi Qunduzxon Osmonova edi. Uning hayoti bir
paytlar juda ham o‗ziga yoqadigan bo‗lgan, hozir bo‗lsa bunday emas. Uning
o‗tmishi endi qaytmas, butunlay ortga qaray olmasdi. Uy ichida o‗zini
ko‗lankasimon tasavvur qilardi. U deraza oldiga borib tashqariga qarar ekan, ko‗zi
akatsiya daraxtiga tushadi. ‖Deraza oldidagi akatsiya daraxtining erta bahorgi
yaproqsiz, go‗yo dunyoga barmoqlarini, bo‗m - bo‗sh qo‗llarini ko‗z - ko‗z etish
uchun kelganday, meva tugib, qurib, osilib shamday qotib qolgandi‖.
Bu manzara orqali yozuvchi asar qahramonining hayotini yoritib beradi.
Hayotda shuncha yashagan bo‗lsada uning mazmunli hayoti yo‗qligi, bu hayotdan
nom nishonsiz ketayotganligi, umri bino bo‗lib hech nimaga erishmaganligini shu
manzara orqali berib ketadi. Bir paytlar bekaning uyiga juda ko‗p odam kelar,
hozir bo‗lsa buni sog‗inib qo‗msardi. Chor atrofda o‗rik va boshqa daraxtlar
chappar urib gullagan bo‗lsa-da, qop-qora akatsiya daraxti hech nimadan xabarim
yo‗q deganday osmonga quruq shoxlarini yoyib, hayotdan nishonasi yo‗qday
turaverardi.
Asardagi bu ko‗rinishlar orqali qahramonning achchiq qismati yuzaga
chiqarilardi. Beka qanchalik hayotini yaxshilashga urinsa-da uni uddalay olmadi.
182
O‗zi yoqtirgan inson bilan ham oila qurolmadi. Uning hayoti birmuncha
yaxshilansada u umrbod emasdi. Undan o‗zi ham o‗ksinardi. Yozuvchi akatsiya
daraxtini detal sifatida uni hikoyani yoritishdagi muhim belgi qilib oladi.
Qahramon tarafidan bu daraxt qora bevaga o‗xshatiladi. Bu jumla bilan xuddiki o‗z
qismatini aytayotgandek edi. Uni hayotning bunday yolg‗izligi juda ham qiynardi.
Derazadan qarab turib oynada o‗z aksini ko‗radi va ancha qariganini sezadi,
hammasi o‗tmishda qolganini ilg‗ab yig‗lab yuboradi. Asar oxirida shunday badiiy
tasvir keltiriladi, ya`ni ―akatsiya ingrayotganday sonsiz barmoqlarini iltijo va
o‗tinch bilan deraza tomonga cho‗zdi‖. Bu tasvir orqali endi mashhur artist
ovozidan qolganligi, uni hech kim so‗rab kelmasligi, uni kimdir yo‗qlab kelishiga
zorligini ramzi sifatida beradi. U iltijo bilan derazadan boqardi, ammo najot yo‗q
edi.
Salomat Vafo hikoyalarida tasviriy ifodalarning uyg‗unligi o‗quvchining
asarga bo‗lgan fikrlarini yanada teranlashtiradi va uni ochiq his qilishiga yordam
beradi. Yozuvchi har bir mavzuni qalamga olar ekan, alohida ko‗rinishga ega
ekanligini zamonaviy tasvirlar orqali yoritadi. O‗quvchiga qanday bo‗lsa
shundayligicha emas, balki uni boshqacha zavq beradigan usul orqali ifodalaydi.
Bu tasvirlar orqali yozuvchi o‗z ijodiga yangi yo‗nalish olib kiradi, u dunyo va bu
dunyo o‗rtasidagi sargardon yurgan insonlarning hayotini tasvirlash bilan
birgalikda yashashga bo‗lgan ilinjini ochib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: O‗zbekiston, 2002.
2.
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‗ati. –
T.: Akademnashr, 2013.
3.
Zulfiya Qurolboy qizi. Qadimgi qo‗shiq. – T.: O‗zbekiston, 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |