SIROJIDDIN SAYYID SHE`R LARIDA VATAN TALQINI
Nazokat ABDIYEVA,
26-maktab o„qituvchisi (Sayxunobod)
Haqiqiy adabiyot millatni yot mafkuradan, begona g‗oyalardan ommaviy
immunitetni paydo qiladigan, shakllantiriladigan va mustahkamlaydigan
kuchlardan, uning eng muhimlaridan biridir. Shu ma`noda to xalq bor ekan
adabiyot uning haqiqiy milliy boyligi bo‗lib qolaveradi. Davr va adabiyot
munosabati juda murakkab muammodir. Chunki zamonning asosiy belgisi uning
tinimsiz harakatdaligi, o‗zgarib turishi bo‗lsa, asl adabiyotning bosh xususiyati
uning o‗zi yaratilgan zamonga qaraganda ko‗proq yashashga intilishidir. Sirojiddin
Sayyid she`r iyati ana shunday umrboqiy yashay oladigan she`r iyatdir. U eng
suygan va sadoqatli mavzu – bu Vatan. Ona yurt shoni-shavkati, sarvati, hurriyati,
buyuk tarixi haqida kuylaganda ichiga sig‗may ketadi. To‗lib-toshib she`r aytadi.
―Vatan abadiy‖, ―Qaldirg‗ochlarga ber ayvonlaringni‖ singari o‗nlab majmualari,
dostonlari, she`r iy turkumlari shoir nomini ona yurt sarhadlaridan tashqariga olib
chiqdi.
183
Qardosh xalqlarda ham uning muxlislari sonini orttirdi. She`r sehri, she`r
mehri ko‗ngillarni zabt eta borgani sayin sarhadlarini kengaytirar ekan. Shoirning
o‗zi esa ijodiga nisbatan o‗ta talabchan. ―Bu arzimas bitiklarim ham o‗z ko‗nglim
oldida, hayotimu ko‗rgan-kechirganlarim oldida ma`lum ma`noda o‗zimning
kamtarona sarhisobimdir. O‗choqdagi o‗t boshqayu yurakdagi o‗t boshqa
deganlaridek, yozganlarim – balki mening yana bir urinishim, ko‗ngilga tomon
mening yana bir cho‗glanishimdir. Yozilmagan katta she`r larning parchalaridir
balki, bular; balki kunlarim, tunlarimning bo‗laklaridir, bilmayman. Nima
bo‗lganda ham boshimdan ko‗nglimdan kechirdim shularni‖. Ko‗rinadiki,
Sirojiddin Sayyid shoirlikni mehnat deb, qismat deb biladi. Non-tuz ichgan el-
yurtning, kindik qoni tomgan tuprog‗ining sha‘nini yuksaltirish deb biladi. Vatan
haqida yozmagan birorta ham shoir bo‗lmasa kerak. Lekin Sirojiddin Sayyidning
bu mavzudagi bitiklari, salaflari va zamondoshlari nazmini takrorlamaydi. Mana
bu misralar ham fikrimizni tasdiqlaydi:
Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,
Kipriklarim o‗psalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim bo‗lib keldim, men bir nasim,
Aytib o‗tsam deyman ko‗hna dardlaringdan.
Vatan va millatga muhabbat tuyg‗usi Sirojiddin Sayyid she`r larining asl
mohiyatini, mag‗zini belgilaydi. Shoir ―rizq-ro‗zi halol, mangu xalq‖ farzandi
ekanidan iftixor hissini tuyadi. ―Azal bulbullarga oshiyon‖ bo‗lgan ona zamin
―bog‗larini bosgan qarg‗alar ketgani‖dan, yurtga sohiblik asl egalariga muyassar
bo‗lganidan quvonadi. Mana bu misralar ana shu quvonch izhori o‗laroq yaralgan:
Amir Temurlardan qolgan nomus – or
Bir siniq g‗ishti ham sharaf – shon, yurtim.
Sen – o‗lmas g‗urursan, so‗nmas iftixor,
Suvi ham, qumi ham zarafshon yurtim…
Sirojiddin Sayyid so‗zga zug‗um o‗tkazmaydi. She`r larining ohangi tabiiy,
misralarining aksariyati quyma. Uning she`r lari bir o‗qishda yodda qolib ketadi.
Ayniqsa, uning Vatan haqidagi she`r larini o‗qigan inson o‗zining yuragidagi,
qalbining tub-tubidagi yurt, millat, to‗g‗risidagi fikrlarini o‗qiyotgandek bo‗ladi. U
odamlarning yuragidagi dard-u o‗ylarini yaxshi biladi, va buni o‗z she`r larida
kuyga soladi. Ming-ming yillardan buyon kuylanib kelayotgan Vatan mavzusi
uning qalamida o‗zgacha inkishof topayotganini ham shuning bilan izohlash
mumkin. Shu bois tuyg‗ularning samimiyligi o‗quvchiga yuqadi:
Bu diyorda tog‗-u tosh shoir bo‗lib,
Yerga tushgaydir quyosh shoir bo‗lib.
O‗rgatar kuylashni bulbul suvlari,
Maysa ham tebraydi bosh shoir bo‗lib.
Shoirning badiiy talqini, ijtimoiy-estetik va badiiy umumlashma fikrlari
samarasida voqelikning ana shu mitti bo‗lagi millat va Vatan taqdiriga daxldorlik
mohiyati bilan namoyon bo‗ladi.
Menga qadim minorlarda bir sas yetar,
Shul sas mening ko‗nglim axir serfayz etar.
184
Menga dunyo kerak emas, bir xas yetar
Yassaviylar yotgan aziz yerlaringdan.
Darhaqiqat, shoir satrlari tonggi shabbodalardek dillarga pokiza o‗y-
xayollarni
olib
kiradi.
E`tibor
bersak,
shoir
she`r
larini
yaxlit
mujassamlashtiruvchi, odamlar qalbini sehrlab tortib turuvchi bir kuch bor. Bu –
ona yurtga, mo‗ysafid xalqimizga bo‗lgan adoqsiz muhabbatdir. S.Sayyid she`r
iyatining rivojlanish yo‗llarini ta‘minlagan eng muhim asos ham ana shunda.
Sirojiddin Sayyid ilk she`r laridanoq ulkan ustozlari G‗afur G‗ulom, Oybek,
Abdulla Orif yo‗lini davom ettirishga, ulug‗lar ijodiy faoliyatining umrzoqligini
ta‘minlagan millat ma`naviy-intellektual qadriyatlarini ulug‗lashga, badiiy-falsafiy
tadqiq etishga intilib kelmoqda. She`r aytishni sal-palgina o‗rgandim men
Chinorlarda yig‗lab yotgan barglaringdan, deydi lirik qahramon. Ana shu she`r
mag‗zini tashkil etgan so‗z – bu xalqimizning yuksak insoniylik, go‗zallik, adolat
haqidagi ezgu tushunchalaridir, ideallaridir. Xalqimiz yaratgan boqiy moddiy va
ma`naviy boyliklardir.
Bu dunyoda ko‗ngillarga chirog‗yoqsam,
Mozorlarning sukutidan saboq olsam,
Tiniqqina buloq bo‗lib oqib qolsam,
Olloyorlar nazar qilgan jarlaringdan,
deydi ―Ilinj‖ she`r ining lirik qahramoni. Ko‗rinadiki, shoir lirikasi epik tasvir
imkoniyatlari hisobiga badiiy idrok va ifoda ko‗lamini tobora kengaytirib
bormoqda. Bu narsa, ayniqsa, xalq hayotini tarixiy jihatdan idrok etishga
moyillikning kuchayganida, insonning tarixiy shaxs sifatidagi poetik talqinini
berish, millat hayotining, ma`naviy-intellektual kamolining tarixiy ildizlarini
yoritish,
ulardan
ijtimoiy-falsafiy
umumlashma
xulosalar
chiqarishning
ustuvorligida ko‗rinadi.
Men Vatanni na kitob, na
Jaridadan o‗rganganman.
Momolarning yuzidagi
Xaritadan o‗rganganman
Bobolarning tayog‗i-yu
Chorig‗ini ko‗rgandayman,
Men Vatanni so‗rilardan,
So‗qmoqlardan o‗rganganman.
S.Sayyid ozod, dilbar Vatanni bir farzand yanglig‗sidqidildan, ko‗nglini
osmonlarday keng ochib kuylaydi. Xokisor, mehnatkash elini, ulug‗Vatanini o‗ziga
xos, hammaga tushunarli qilib tarannum etadi. Shoirning qaddu bastini, qalbining
qiyofasini, ko‗ngil dunyosini she`r i ko‗rsatadi, uning zohiri ham, botini ham o‗z
she`r idir. Shoir lirik qahramoni hayotining mazmunini, umrning mohiyatini,
jamiyatdagi o‗rnini Vatan koriga yarashda, deb biladi. Ona-yurt tabiatidan kuch-
quvvat olib, xalq turmushini yanada go‗zallashtirishda, deb tushunadi.
Umuman, Vatanni kuylamagan shoir shoir emas. Sirojiddin Sayyid Vatani,
yurti, millati, xalqini yonib, jo‗shib kuylaydi. Har nafasida u haqida o‗ylaydi. U
yurtimiz, xalqimiz tarixini yaxshi biladi va buni faxr bilan kuylaydi.
185
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Qozoqboy Yo‗ldosh. So‗z yolqini. – T.: G‗afur G‗ulom nomidagi NMIU,
2018.
2.
Qozoqboy Yo‗ldosh. Yoniq so‗z. – T.: Yangi asr avlodi, 2007.
3.
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`r iyati. – T.: Fan, 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: |