ERKIN VOHIDOV IJODIGA BIR NAZAR
Feruzaxon HAYITBOYEVA,
7-maktab o„qituvchisi (Qo„shtepa tumani)
O‗zbekiston Qahramoni, O ‗zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ―So‗z
sehri‖ nomli maqolasida Erkin Vohidov ijodi, so‗z qo‗llash mahorati haqida
shunday yozadi: ―Mana bir necha yildirki, biz dilbar bir she`riyatning muattar
havosidan bahramand bo‗lib kelayotirmiz. Ona tilimizdagi ipakdek mayin,
kamalakdek rang-barang, g‗oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazil, goh
samimiy tabassum uyg‗otuvchi tanbehlar, o‗tkir xulosalar – bularning bari ulkan
shoirning qalamiga mansub betakror fazilatlardir. Men Erkin Vohidovni
she`riyatda o‗ziga xos sehr sohibi deb bilaman...‖deydi prof.N.Karimov.
Darhaqiqat, shoir Erkir Vohidov o‗zbek mumtoz she`riyati an`analari izidan
borib, zamondoshlari ma`naviyati va kayfiyatini ifoda etuvchi ―Yoshlik devoni‖,
yuksak zamonaviylik, fuqorolik ruhi bilan sug‗orilgan ―Tirik sayyoralar‖, ―Sharqiy
qirg‗oq‖, ―Kelajakka maktub‖, ―Yaxshidir achchiq haqiqat‖ deb nomlanuvchi
qator she`riy to‗plamlari, urush fojiasidan so‗zlovchi ―Nido‖, ―Ruhlar isyoni‖
falsafiy dostoni, ―Istambul fojiasi‖ she`riy drammasi, hajviy-yumoristik
―Donishqishloq latifalari‖ turkumi, ―Oltin devor‖ komediyasi, I.Gyote, Fuzuliy,
Mirzo Bedil, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Hamzatov kabi
mashhur shoirlardan qilgan tarjimalari, xususan, ―Eron taronalari‖ bilan ―Faust‖
tarjimasi XX asr o‗zbek adabiyotida, madaniy hayotida ulkan voqea sanaladi.
Shoirning publitsistik, adabiy-tanqidiy maqolalari, suhbatlari va ulardan
tashkil topgan ―Shoiru she`ru shuur‖ (1987), ―Iztirob‖ (1992) nomli kitoblarini
yorqin aks ettiruvchi o‗ziga xos ko‗zgu sifatida qadrlidir.
Shunisi muhimki, shoir Erkir Vohidov o‗zining sermahsul ijodiy faoliyatini
doimo jamoat ishlari bilan qo‗shib olib bordi. U uzoq yillar ―Yosh gvardiya‖
(hozirgi Cho‗lpon) nashiryotida muharrir o‗rinbosari, ―Yoshlik‖ jurnalining
asoschilaridan biri va birinchi bosh muharriri, G‗afur G‗ulom nomidagi adabiyot
va san`at nashriyotida direktor bo‗lib ishlagan. Shoir E.Vohidov O‗zbekiston
Yozuvchilar uyushmasida turli mas`ul vazifalarni bajargan; uning ko‗p vaqti
do‗stlik elchisi sifatida chet el safarlarida o‗tdi. Keyingi yigirma yil davomida
shoirning ijtimoiy faoliyat doirasida Respublika Oliy Kengashining oshkoralik
175
qo‗mitasi, Oliy Majlisning xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‗mitasiga
raislik qilgan kezlarda, ayniqsa, kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir E.Vohidov yirik
davlat arbobi sifatida ham katta obro‗ qozondi.
Shoir Erkin Vohidovning aruz vaznidagi she`rlari unchalik ko‗p emas va
bunga tabiiy hol deb qarash lozim. Negaki, zamonaviy shoirlarning aruz vazniga
munosabatida quyidagi ikki holatni hisobga olish lozim. Birinchidan, mumtoz
she`riyatimizda aruz hukmronlik qilgan davr bizdan, ya`ni XXI asrdan ancha
uzoqlashgan, bugungi o‗zbek she`riyatining asosiy vazni barmoqdir. Ikkinchidan,
aruz vazni – zamonaviy shoir uchun bir imtihon va o‗zini bu imtihonga chog‗lagan
shoirlar unchalik ko‗p emas.
Erkin Vohidov o‗ttiz-o‗ttiz bir yoshda o‗zbek shoirlari orasida ilk bor
aruzdagi she`rlarini to‗plab ―Yoshlik devoni‖ tuzgan ijodkor sanaladi. Bu 1967-
1968 yillarga to‗g‗ri keladi. Mumtoz adabiy merosga, jumladan, aruzga o‗sha
yillardagi munosabat badiiy adabiyot, ayniqsa, she`riyat bilan qiziqqan kishilarga
juda yaxshi ma`lum. O‗sha davrda aruzda yozilgan she`rlar milliy qadryatlarga
nisbatan bir oz boshqacha munosabatga qarshi xalqparvar ijodkorlar ikki isyonning
bir ko‗rinishi edi.
Shoir aruzdagi dastlabki she`rlarini an`anaviy ishq mavzuiga bag‗ishlagan
edi. Erkin Vohidovning ishqiy g‗azallari silsilasida ―Lola sayli‖, ―Yo‗q emish
orzuda ayb‖, ―Dildorga noma yozdim‖, ―Surma‖, ―G‗uncha‖, ―Kiprigingdan o‗q
uzib‖, ―Rashkim‖, ―Na qilsin‖, ―Gulnorini o‗p‖ kabi ko‗plab manzumalarning har
biri inja tuyg‗ularning rang-barang jilvalarini ifodalashi, muhabbatning turfa
hollaridan bahs etishi, badiiy tasvir poetikasi, ularda iboralar, maqol va
aforizimlarning o‗rinli qo‗llanilishi bilan o‗ziga xos, bir-birini takrorlamaydi. Bu
g‗azallar xuddi ishq mavzuidagi romanning boblari singari, bir-birini to‗ldirib
boradi.
Erkin Vohidovning aruzda yozgan g‗azallari, muxammaslari zamonaviy
aruzning qonuniyatlari, an`analarining tadrijini o‗zida yorqin namoyon eta oladi.
Umuman, bu vaznning o‗ziga xos leksikasi, sintaksisi, badiiy tasvir poetikasi,
iboralarning qo‗llanish imkoniyatlari Erkin Vohidov aruzida tom ma`noda o‗z
ifodasini topib kelmoqda. Shu bilan birga shoir ko‗hna aruz torlarining yangi
pardalarini topib jaranglata olgan novator ijodkorlardan biridir.
―Aql va yurak‖ (1963), ―Mening yulduzim‖ (1964) nomli she`riy to‗plamlari
o‗z vaqtida shoir Erkin Vohidov ijodida yangi bosqich bo‗lgan edi. Bu
to‗plamlardan o‗rin olgan ―Yo‗q halovat istamayman‖, ―Yurak va aql‖,
―Kosmanavt va shoir‖, ―Inson‖, ―Asablar‖, ―Fuzuliy haykali yonida‖, ―Vokzalda‖,
―She`r va shaxmat‖, ―Chirchiq‖, ―Do‗stim‖, ―Olimlarning rafiqalariga‖ nomli
she`rlarda lirik qahramonning tuyg‗u va fikrlari, til vositalaridan foydalanish
mahorati katta salmoq kasb etib, ularning o‗zaro uyg‗unligi yanada kuchayganligi
ko‗zga tashlanadi. Bu she`rlardagi lirik qahramon hayotni abadiy bahor, o‗zini esa
bahor latofatidan zavqlanuvchi odamgina deb his etmaydi. U hayotni, taraqqiyotni
abadiy qarama-qarshiliklar kurashi, o‗zini esa shu kurashda faol ishtirok etuvchi
inson sifatida anglay boshlaydi.
176
Xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti, faoliyati va so‗nmas ijodi bilan o‗z
xalqiga sidqidildan xizmat qildi. Uning satrlaridagi bola obrazi bo‗ladimi, oshiq
obrazi bo‗ladimi, do‗st, hamsuhbat – umuman aytganda, olam hodisalarini
baholavchi shaxs hamisha milliy qarashlar asosida fikrlaydi. Shoirning biror satri
yo‗qki, u o‗zbek kitobxoni uchun ozgina bo‗lsa-da, tushunarsiz yoki begona bo‗lsa.
Erkin Vohidov o‗z satrlarida aytganidek, o‗zbek o‗g‗li, e`tiroflarga chin ma`noda
mos bo‗lgan O‗zbekiston Qahramoni edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |