Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

 

ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA BADIIY KO„CHIMLARDAN 

FOYDALANISH MAHORATI 

Nilufar MIRZABDULLAYEVA,  

10- maktab o„qituvchisi (Namangan) 

 

  



O‗zbek adabiyoti she`riyatida o‗zidan o‗chmas iz qoldirgan tug‗ma iste`dod 

sohibi shoir Erkin Vohidov she`rlarini ta`sirchanligini ta‘minlagan omillardan biri 

badiiy  ko‗chimlardir.  Ko‗chim  –  badiiy  ifodalilikni  oshirish  uchun  ko‗chma 

ma`noda  qo‗llangan  nutq  birligi,  ibora.  Allegoriya,  kinoya,  metafora,  sinekdoxa, 

epitet va o‗xshatish ko‗chimning eng tarqalgan qo‗llanuvchi turlariga kiradi

 

[1, 55]. 



 

Badiiy adabiyotda so‗z matni ta`sirchanligini oshirish uchun badiiy ko‗chim 

turlaridan  foydalanish  maqsadga  muofiq  ishdir.  Shoir  she`rlarida  ham 

o‗xshatishning eng go‗zal namunalarini ko‗rish mumkin. 

Garchi shuncha mag‗rur tursa ham, 

Piyolaga egilar choynak. 

Shunday ekan, manmanlik nechun, 

Kibr-u havo nimaga kerak. 

Shoir  bu  oddiy  o‗xshatish  orqali  insondagi  ikki  bir-biriga  zid  bo‗lgan 

tuyg‗uni  ta`kidlayapti,  shu  bilan  bir  qatorda  she`rning  jozibasi  va  ta`sirchanligi 

ham ortmoqda. 

 

Badiiy  ko‗chimlardan  yana  biri  metaforadir.  Metafora  narsalar,  hodisalar 



orasidagi  o‗xshashlikka  asoslanib,  biriga  xos  bo‗lgan  xususiyatlarni  boshqasiga 

ko‗shirishdir.  Narsalar  o‗zining  rangi,  shakli,  harakat-xususiyat  va  boshqa 

belgilariga ko‗ra boshqa shunday belgilarga ega bo‗lgan narsa nomini oladi. Bunda 

umumiy  bo‗lgan  belgi,  tushuncha  saqlanadi  [2].  Metafora  leksik  ma`no 

taraqqiyotini  ko‗rsatuvchi  til  vositasi  hisoblanib,  u  so‗zlarning  ko‗chma  ma`nosi 

asosida yaratiladi. 

 

She`riyatda  bu  muhim  ahamiyat  kasb  etadi  va  shoirning  mahoratini 



belgilaydi. Masalan:  

Xayolning tumanli pardasi aro, 

Yillar ko‗z oldimdan charx urayotir. 

Qishloq ko‗chasidan zanjirday qaro, 

Olov bolaligim yugurayotir. 



173 

 

Bu  misralar  orqali  shoir  insonning  chalkash  xayollarini  xuddi  tuman 



pardasiga o‗xshatyapti. Nima sababdan bolalik zanjirday qaro deya ta`kidlanyapti. 

Biz  bilamizki,  adibning  bolalik  yillari  urush  davriga  to‗g‗ri  keladi.  Bolalik  davri 

insonning bir umrlik yodida qoluvchi, beg‗ubor onlari hisoblanadi.Urushlar qadim-

qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar solib kelgan. Urush tufayli qanchadan- 

qancha  odamlar  qurbon  bo‗lgan,  ayollar  tul,  bolalar  yetim  qolgan.  Bu  dahshatli 

urush  uni  shunday  damlarini  o‗g‗irladi.  Shu  sababli  ham  qora  rangiga  urg‗u 

berilgan. 

Narsa  va  hodisalar  o‗rtasidagi  o‗xshashlikka  asoslanib,  ularning  biri  orqali 

ikkinchisining  belgisi,  mohiyatini  to‗laroq,  aniqroq,  bo‗rttiribroq  ko‗rsatib  berish 

o‗xshatish  deyiladi.  O‗xshatish  eng  qadimiy  va  ko‗p  qo‗llanadigan  tasviriy 

vositalardandir.  U,  asosan,  nutqiy  hodisa  hisoblanadi.  Ya`ni,  bir  narsa  ma`lum 

o‗rinda  boshqa  biror  narsaga  o‗xshatilsa,  ikkinchi  o‗rinda  boshqa  narsa 

o‗xshatilishi  mumkin.  O‗xshatish  to‗rt  asosiy  qismdan  tarkib  topadi:  1) 

o‗xshatilgan  narsa;  2)  o‗xshatiladigan  narsa;  3)  o‗xshatish  asosi;  4)  o‗xshatish 

vositasi.  

Shoir qalbi go‗yo anor, 

She`ri uning sharbarti. 

Bu yerda shoir qalbi anorga, she`ri sharbatga o‗xshatilgan. Shoir she`rlarida 

jonlantirishning ham go‗zal namunalarini ko‗rishimiz mumkin. 

Barqut kiyib bezandi bog‗lar, 

Sahrolar ko‗ksiga taqdi qizg‗aldoq. 

Quyosh etagiga oq bulut bog‗lab, 

O‗rik shoxlarida qovurdi bodroq. 

Shoir  mahoratini  ta`kidlab  turgan  ko‗chimlar  bo‗lmasa,  she`r  hozirgidek 

hissiy  ko‗chimga  ega  bo‗larmidi?  Erkin  Vohidovning  deyarli  har  bir  satrida 

ko‗chimning mana shunday namunalarini ko‗rishimiz mumkin.  

Qo‗rquvning ko‗zi katta 

Yuragi kichik bo‗lur, 

Qo‗rquv zo‗r kelgan yurtda 

Arslonlar kuchuk bo‗lur. 

Metonimiya-  qayta  nomlash.  Narsa  yoki  tushunchalar  o‗rtasidagi  muayyan 

aloqadorlik asosida birining nomi bilan ikkinchisining atalishi. Masalan: 

Kim najotni sokin tunning 

Uyqusidan so‗raydi. 

Kim g‗amini 

Nikotinning tutuniga o‗raydi. 

Bu yerda metonimiyaga misol nikotin orqali zaharli modda nazarda tutilgan. 

Shoirning har bir satrida ko‗chimning ajoyib namunalarini ko‗rish mumkin.  

Ona tuproq esa kuz tashvishida, 

Yuksak xirmonlarga siynasi yuklik. 

Uning sokingina tin olishida, 

Bordir onalarga xos bir buyuklik. 




174 

 

Ona  tuproq  birikmasida  shoir  allegoriyadan  foydalangan.  Ona  farzandi 



uchun hamma narsa tayyor bo‗lgani kabi, shoir yerni ham onaga qiyoslayapti. 

  

Erkin  Vohidov  ijodida  vatanparvarlik,  muhabbat,  insoniylik,  do‗stlik  va 



sadoqat  kabi  tuyg‗ular  tarannum  etiladi.  Shunday  samimiy  tuyg‗ularni  tarannum 

etganligi uchun ham shoir she`rlari bilan kitobxonlar qalbida umrbod yashaydi. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.Xo‗jaev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‗ati. – T., 2002. – B. 55 

2.Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. – T., 1993.  

3.Vohidov E. She`r dunyosi. Saylanma. II jild. – T., Sharq, 2001.  

 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish