162
Shoir Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatida aruz vaznining himoyachilari
safida turib, bu vaznda yengil ifoda shaklida mavzu jihatdan xilma-xil, xalqqa
manzur bo‗ladigan, sevib o‗qilib kuyga solinadigan g‗azallar yaratdi.
Xususan,‖Yoshlik‖ devonida shoirning jonli tili va badiiy mushohada qobiliyati
yaqqol namoyon bo‗ladi. Bu haqida xalq shoiri Abdulla Oripov shunday yozadi:
―Yoshlik devoni‖ni o‗qir ekansiz, shoir qalbidan sizib chiqayotgan
ma‘sumtuyg‗ular go‗yo sirli,sehrli so‗zlarga aylanadi. Shoir ipakday mayin bu
so‗zlarni to‗zg‗itib o‗ynaydi-yu, ulardan go‗zal, o‗ynoqi ohanglar yaratadi, so‗ngra
esa ular asta o‗rni-o‗rniga tushadi, xuddi dastgohdan chiqayotganday. Quyma,
betakror satrlar paydo bo‗layotganday taassurot qoldiradi kishida:
Tun bilan yig‗labdi bulbul,
G‗uncha hajri dog‗ida.
Ko‗z yoshi shabnam bo‗lib
Qolmish uning yaprog‗ida.
Ona tilimizdagi ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang, g‗oyat nozik lutf,
beozor qochirimlar,goh hazin, goh samimiy tabassum uyg‗otuvchi tashbehlar,
o‗tkir xulosalar – bular bari ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror
fazilatlardir‖ [1, 246 ].
―Rashkim‖ she`ri ham muhabbat mavzusida bitilgan, o‗ynoqi misralar-u
dilga yaqin tashbehlar mahsulidir. Dunyo yaralibdiki, ishq, oshiqlik tushunchalari
barhayot. Muhabbat, ishq-hayotning ma`nosini, mohiyatini, davomiyligini ta‘min
etuvchi yuksak tuyg‗u ekanligi hammaga ayon haqiqat. Aslida g‗azal ham
muhabbat hissining to‗fonidan paydo bo‗lgan.
Erkin Vohidovning ―Rashkim‖ g‗azali ishqiy mavzuda bitilgan bo‗lib, el
orasida mashhur. G‗azal olti baytdan iborat. U aruzning hazaj bahrida,ya`ni
mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun ruknida bitilgan. G‗azalda o‗zimdan-
ko‗zimdan-yuzimdan-uzumdan-so‗zimdan-yulduzimdan-o‗ttizimdanso‗zlari qofiya
bo‗lib, ham yuklamasi radif vazifasini bajargan. She`rda tashbeh, tanosib, tadrij
san`atlaridan samarali foydalanilgan. G‗azal oshiq qalbining jo‗shqin muhabbatini
ifoda etadi. Shoir she`rda ishq otashida yongan, butun olami muhabbat bilan
to‗lgan oshiq timsolini chizadi. Biz bilamizki, insonning qalb oynasi bu- ko‗z.
Yorni yotlardangina emas, hatto o‗zidan rashk qilish – bu ishqni ilohiy bilish, uni
qalbda pinhon saqlash demakdir. Zero, Navoiyning ―Farhod va Shirin‖ dostonida
Farhodning Xusrav bilan shunday savol-javobi bor:
Dedikim: dilbaringning de sifotin?
Dedi: til g‗ayratidin tutmon otin [2, 86 ].
Farhod yorning nomini aytmay, ―til g‗ayratidan tutmon otin‖ deydi.
Ya`nikim, ―yorning nomini aytishga hatto tilimdan ham rashk qilaman‖.Bunday
javobga loyiq bo‗lgan sevgini izohlashga hojat yo‗q. Bu sevgini muqaddas bilish,
uni botinda saqlash, unga yengil qaramaslik ifodasidir. Birinchi baytda his-tuyg‗u,
mazmun misralar osha kuchayib oshiq yorni nafaqat yotlardan, balki o‗zidan ham
rashk qiladi. Bu rashk shunchalar alanga oladiki, hatto lirik qahramon yorni o‗z
163
ko‗zlaridan ham qizg‗ona boshlaydi. Misralar badiiyatida tadrij san`atining go‗zal
ko‗rinishi aks etadi:
Seni yotlar tugul hatto – qilurman rashk o‗zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam, bo‗lurman g‗ash ko‗zimdan ham [3, 273].
Keyingi baytda ko‗zdagi rashk lolaga ko‗chadi. Shoir ko‗z bilan nargisni,
lola bilan yuzni parallel qo‗llab, qiyos usulini yaratadi va ularning o‗xshashligi
zamirida yuzning qizilligiga ishora qiladi. Nargis, lola, chaman tushunchalarini
yonma-yon qo‗llab tanosib san`atini yaratadi:
Ko‗zim yongay senga nargis – ko‗zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam,lolaga rashkim ayon bo‗lgay yuzimdan ham.
Nega yuz qizil?Negaki, oshiq iboli, uyatchan. Undagi oshiqlik odobi yuzida
zohir bo‗ladi. Baytlar osha oshiqning rashki ma‘shuqa siymosi go‗zalligini
ta‘minlagan ol labga teggan gilos va uzumga bo‗lgan hasadga aylanadi. Lirik
qahramon ma‘shuqa labini charos-u ol gilosga o‗xshatib, tashbehning go‗zal
namunasini qo‗llaydi:
Degaylarki, charos-u ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum gilos birlan uzumdan ham.
Oshiq tuyg‗ularini,dil izhorini pinhon tutadi. Ammo bu ish imkondan
tashqari, chunki ishq shunday to‗fonki, uni oshkor etmaslikning iloji yo‗q. Biroq
bu izhor ma‘shuqaga yoqmaydi, yorning qoshi chimirilishidayoq u iqroridan –
―qo‗pol aytgan so‗z‖ idan pushaymon bo‗ladi.Oshiq qo‗pol so‗zlamadi, balki o‗z
sevgisini izhor qildi-ku! Lekin muhabbatni tilga chiqarmoqning o‗zi qo‗pollikdir.
Baytda muhabbatning hayo bilan go‗zal ekanligi, uni yengil-yelpi qiliq yoki oddiy
so‗z bilan ifoda etib bo‗lmasligi haqidagi fikr oydinlashadi. Qolaversa, ishq pinhon
tutilmog‗i kerak. Hazrat Navoiy bir g‗azalida: ―Kimki ishqi pok erur,sirri aning
pinhon kerak‖, deb yozadi [4, 35].
Seni jonim dedim yolg‗iz, seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman qo‗pol aytgan so‗zimdan ham.
Keyingi baytda ―tongdan ko‗ngilda ranj‖ jumlasi bor. Oshiq qalbi tong
otishidan qo‗rqmoqda. Nega?Mumtoz she`riyatda oshiqlarning yorsiz hayoti,
ro‗zg‗ori qora tunga o‗xshatilgan. Zero, Navoiyda ―ro‗zg‗orimdek ham o‗lg‗onda
qorong‗u kelmadi‖ misrasi bor. Lekin oshiq o‗sha qora tunda ham baxtli. Nimasi
bilan?Yorning shirin yodi, visol orzusi bilan baxtli. Nogoh tong otsa-yu, oshiq
visolga yeta olmasa, o‗sha shirin xayollaridan ham ayrilib qolishdan cho‗chiydi:
Visol onida ko‗z ochsa, ne tong, tongdan ko‗ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz, xumor ko‗z yulduzimdan ham.
So‗nggi baytda oshiqning ―senga o‗n to‗rtda bog‗landim‖ degan o‗tinchi bor.
Eslang, Farhod ham ayni shu yoshda ich-u tashi ishq bilan to‗lgan edi.Demak yorni
anglash, uning sevgisini to‗la his qilmoq uchun shu yosh nazarda tutilgan. Shoir
ishqqa bog‗langan dilning o‗ttiz yoshda ham erkin bo‗la olmasligini va bundan
oshiqning mamnunligini ―aql kirmas‖ kinoyasi bilan tasdiqlaydi:
Senga o‗n to‗rtda bog‗landim, hanuz erkin bo‗lolmas dil,
O‗zim dog‗man, aql kirmas, to‗zimsiz o‗ttizimdan ham.
164
Erkin Vohidovning ―Rashkim‖ g‗azali ishq bilan limmo-lim qalbning iffat
va nafosat pardasiga o‗ralgan izhoridir.Baytdan baytga o‗tgani sayin oshiqning
rashk o‗ti kuchayib boradi. Har bir baytda yangicha ifoda va timsollarga duch
kelamiz. G‗azaldagi oshiqning mehribon nigohi, nafis muomalasi beixtiyor
ko‗ngilga ko‗chib o‗tadi.Rashk tushunchasi o‗zgacha ma`no va mohiyat kasb etadi.
Erkin
Vohidovning
devonida
jamlangan
g‗azallarni
o‗qir
ekanmiz,hassosshoir tizgan satrlarning yangi qirralarini kashf etamiz. Kuyga
osongina tushadigan dilbar,o‗ynoqi misralardan yangi-yangi ma`no tovlanishlarini
topib hayratimiz oshadi.Birso‗z bilan aytganda Erkin Vohidov – XX asr o‗zbek
she`riyatida aruzni qayta tiriltirgan ijodkor, mumtoz vaznning otashin himoyachisi.
U yaratgan betakror g‗azallar asrlar osha qalblarni o‗ziga maftun etib kelaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ona tili va adabiyot: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik .
–
T.: Sharq, 2015-yil.
2. Farhod va Shirin. Adabiyot va san`at nashriyoti. –T.: 1990-yil.
3. Muhabbat. G‗afur G‗ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: