UMRIMNI FIDO ETAY U JON BERGAN VATANGA
Bo„rigul NURMUHAMEDOVA,
o„qituvchi
Odamlar, siz mening hayotim,
Har biringiz umrim parchasi. (E.Vohidov)
Zamonaviy o‗zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Erkin
Vohidovning she`rlari, dostonlari va asarlarini o‗qimagan, sahna asarlarini
tomosha qilmagan o‗quvchilarni yurtimizdan topish qiyin. Uning ijodida g‗azal,
qasida, muxammas kabi janrlar ham muhim o‗rin tutadi. U adabiyotning bu
sohadagi tajribalarini boyitish, mukammallashtirishga intiladi. Erkin Vohidov
badiiy mahorati o‗sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga
ko‗tarilgan ijodkordir. U O‗zbekiston xalq shoiri, O‗zbekiston qahramoni.
Toshkentda kechgan bolalik va o‗smirlik yillarining eng yorqin esdaliklari
shoir G‗ayratiy tashkil etgan to‗garak mashg‗ulotlari va g‗oyat olijanob hamda
atroflicha bilimdon tog‗asining xonadonida bo‗lib turadigan adabiy suhbatlar bilan
bog‗liqdir. Chunki bu davralar unda badiiy so‗zga ehtirom uyg‗otdi, bo‗lajak
shoirni so‗z gozalligini his etishga o‗rgatdi. G‗ayratiy to‗garagiga qatnashib yurgan
kezlarida , hali o‗smir yoshida ―Mushtum‖ jurnalida birinchi she`ri bosildi.
Uning birinchi she`rlari 14 yoshida 7- snfda o‗qib yurgan kezlarida chop
etilgan. Uning ―Manzara‖ nomli she`rida tabiat go‗zalligi, beg‗ubor manzara
samimiy, oddiy tasvirga kirgan bo‗lsa, ko‗p o‗tmay, u do‗stlariga qarata:
Istaymanki, xurramlik bo‗lsin,
Sho‗x qah-qaha bog‗lasin qanot.
Kuy shalola yanglig‗ kuylasin,
Qo‗shiq bo‗lib tuyulsin hayot, -
deb, ijodning ulkan karvoniga o‗zining yaxshi niyati, buyuk tilagi va katta umidi,
pokiza qalb izhori bilan kirib kelgan edi.
170
Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga
o‗qishga kiradi. Endilikda u adabiyotni tom ma`noda chuqur o‗rganishga kirishadi.
Ham o‗zbek mumtoz adabiyotini, ham jahon adabiyotini sinchiklab o‗rganar ekan,
o‗zining ijodi ham takomillasha boradi. Buyuk ijodkorlarning asarlarini berilib
o‗qish, ulardan badiiy mahorat sirlarini, so‗zga mas`uliyat hissini, soddalik va
ravonlikni o‗zlashtirdi. ―Tong lavhasi‖, ―Kamtarlik haqida‖, ―Buloq‖, ―Sevgi‖,
―Ona tuproq‖ kabi she`rlaridagi chuqur ma`no go‗zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan
uyg‗unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina holat –choy
quyilayotganda choynakning piyolaga ―egilishi‖, choy ichayotganda inson
piyolaning peshonasIdan ―o‗pishi‖dan ajoyib she`r yaratdi.
Garchi shuncha mag‗rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‗l, hatto bir qadam
O‗tma g‗urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning- chun
O‗par doim peshonasidan.
Erkin Vohidovning badiiy tafakkurida ham, poetik uslubida ham o‗sish,
ulg‗ayish sezila boshladi. Endi shoir oddiy hayotiy tasavvurlardan ancha chuqur
fikrlash sari ko‗tariladi. Shoir har tomonlama kamolatga erishadi. U kitobxonlarni
xushnud etish maqsadida yangidan yangi ijodiy ishlarni amalga oshirdi. ―O‗ylab
qarasam, - deydi Erkin Vohidov,- bolalik xotiralarimning ko‗pchiligi she`rlarga,
dostonlarga ko‗chgan ekan. ―Nido , ―Quyosh masakani‖ poemalari, ―Bolalik‖,
―Oqsoqol‖, ―Bolalik ekan-da‖ she`rlari o‗sha murg‗ak tasavvur, ilk xotiralarning
mevasi bo‗lgan.
―Nido‖ dostonida shafqatsiz urush tufayli otasiz qolib qalbi ozor chekkan
millionlab ma‘sum go‗daklarlarning fig‗onlari aks ettirilgan. Dostonni o‗qir
ekanmiz, ana shu millionlab yetimlarning nidosi, yer qa‘rida otgan urush
qurbonlarining nidosi, farzand dog‗ida kuygan ota-onalarning nidosi birlashib,
yigirmanchi asr nidosiga aylanganini tuyamiz va bu og‗riqli nidoni eshitganday
bo‗lamiz.
Umrimni fido etay
U jon bergan Vatanga.
El mendan rozi bo‗lsin
O‗xshabsan, deb otangga.
Dostonning qahramoni – bola otalar ishiga sadoqatli, ularning dushmanga
qarshi olib borgan mardona kurashi, qahramonliklari bilan faxrlanuvchi, otalarning
fidoyiligi evaziga barpo bo‗lgan hayotning qadriga yetuvchi, ular kabi xalqqa,
Vatanga bemunnat xizmat qilishga bel bog‗lagan avlodning umumlashma obraziga
ko‗tariladi. Doston g‗oyat sodda , ravon, hammaga tushunarli tilda yozilgan.
Shoir sifatlash, o‗xshatish kabi badiiy ifoda vositalaridan o‗z oldiga qo‗ygan
ijodiy niyatiga mos holda mohirona foydalangan, asarning ta`sirchanligini
oshirishga erishgan Ayniqsa, dostondagi: ―Quzg‗unning qanotiday Qaro edi o‗sha
171
tun‖, ―Avtomatlar bosh uzra ko‗tarildi tug‗simon‖, ―Ona bag‗rida yotgan Mas‘um
go‗dak singari‖ kabi o‗xshatishlar asarda tasvirlanayotgan voqealarni o‗quvchilar
ko‗z oldiga yaqqol keltirishga, lirik qahramon holatini aniqroq tasavvur qilishga
yordam beradi. Shoir asarlarida hayotga, go‗zallikga muhabbat, yovuzlikka,
tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ―Nido‖ dostonida insoniyatga og‗ir
judoliklar, bitmas jarohatlar keltirilgan urush qattiq qoralansa, ―Ruhlar isyoni‖
dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‗rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta
falokat olib kelishi tasvirlangan. Bu esa shoir ijodida insonparvarlik,
Vatanparvarlik hamisha bosh mavzu bo‗lib kelganligini ko‗rsatadi.
Erkin Vohidov she`rlar, doston va dramalar yozgan shoir sifatida emas, balki
mudrab qolgan aruz vaznini qayta uyg‗otgan g‗azalnavis sifatida adabiyot
gulshanida chuqur iz qoldirgan. Shoirlar aruzda ijod qilishga botinolmay qolgan bir
paytda Erkin Vohidov aruz janrida katta jasorat bilan insoniy tuyg‗ularni kuylagan,
haqqoniy tuyg‗ulardan to‗lib toshgan, vazn talablariga mos keladigan, sof
zamonaviy o‗zbek tilida bitilgan yetmishga yaqin g‗azalni o‗z ichiga olgan
―Yoshlik‖ devonini e‘lon qildi. Shoir devonidagi g‗azallar sodda va ravon,
qo‗shiqdek o‗qiladi. Gazal qahramonlari nafaqat oshiq timsolida, balki ijtimoiy
hayotga befarq qaray olmaydigan davr kishisi sifatida ham shakllangan
Erkin Vohidov ijod cho‗qqisiga chiqish bilan birga insoniylik cho‗qqisini ham zabt
etgan inson ekanligini ko‗p shoir-u, yozuchilarimiz o‗z xotiralarida ko‗p bor
ta`kidlab o‗tishgan.
―Erkin Vohidov she`riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq zamon va
makon kaliti orqali kirib boriladi. Xalqimz keyingi davrlar mobaynida bosib o‗tgan
va o‗tayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tug‗yonli, goh iftixorli
yo‗llarining manzara va ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she`riyatida
mujassamdir ‖. (Abdulla Oripov)
Shoirlik bu shirin jondan kechmoqdir,
Limmo-lim fidolik mayin ichmoqdir.
O‗zni tomchi-tomchi va zarra-zarra,
Elga qurbon qilib eng so‗nggi karra,
Armon bilan demoq: ―Ey ona yurtim,
Kechir, xizmatingni qilolmay o‗tdim.
―Erkin Vohidov dilbar rubobiy taronalari, asr armoni, fig‗oni darajasiga
ko‗tarilgan dostonlari qatori g‗oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, ayni paytda
istehzo, kinoya-kesatiqlar, o‗tkir ijtimoiy pafos bilan yo‗g‗rilgan hajviyoti, Benazir
tabassumi bilan ham elimiz uchun ardoqlidir‖. (Umarali Normatov)
Qalbida Vataniga bo‗lgan muhabbati cheksiz bo‗lgan, insonlarning farovon
hayotini har narsadan ustun ko‗radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday
qaysar, ummondek cheksiz, tog‗lardek ulug‗vor bo‗lgan insonni o‗z umrining
qahramoni deyish mumkin. Erkin Vohidov ham shunday insonlardan edi desak
yanglishmagan bo‗lamiz. Mustaqillikka erishib o‗zligini, o‗zbegini yaratayotgan
xalqimiz esa bunday insonlarni ulug‗laydi. Erkin Vohidovning hayot yo‗li,
yaratgan asarlari va ulardagi yetakchi g‗oyalar har bir inson qalbida ezgu fikrlarga
yondosh tarzda yashashiga ishonamiz.
172
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko‗taramiz. – T.: O‗zbekiston, 2017.
2. Yo‗ldashev Q. Maktabda Erkin Vohidov ijodini o‗rgatish. Til va adabiyot
ta`limi. 2006 y. 6-son.
3. Uzluksiz ta`lim tizimini kompetentsiyaviy yondashuv asosida
takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-
amaliy konferentsiyasi materiallari. ‒ T.: 2016.
Do'stlaringiz bilan baham: |