ERKIN VOHIDOV IJODIDA INSONPARVARLIK G„OYALARI
Sohiba YO„LDASHEVA,
9-maktab o„qituvchisi (Chortoq)
Dilfuza UBAYDULLAYEVA,
9-maktab o„qituvchisi (Chortoq)
Taniqli o‗zbek shoiri, ajoyib dramaturg hamda adabiy tarjimon va davlat
arbobi, zamonaviy o‗zbek milliy adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri
Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg‗onada dunyoga kelgan.
Erkin Vohidov badiiy mahorati o‗sib, kamol topgan, chuqur falsafiy
umumlashmalar darajasiga ko‗tarilgan ijodkordir. Adib asarlarining bosh mavzusi
insonparvarlik g‗oyasi hisoblanadi.Uning barcha she`rlari asosida ham
insonparvarlik g‗oyasi yotadi.Bundan tashqari, mahoratli tarjimon ham
hisoblanadi. U xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann
Wolfgang Gyote, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov va Sergey Yesenin asarlarini
mahorat bilan o‗zbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenin asaridan
hamda 1974-yilda Gyotening ―Faust‖ asarini qilgan tarjimalari e`tiborga loyiqdir.
Shoir Yesenin asarlarini ayniqsa, yuksak mahorat bilan o‗zbek tiliga tarjima
qilgan. 1925-yilda Yeseninning vidolashish she`ri bo‗lmish ―Xayr endi, xayr,
do‗stginam‖ she`rini tarjima qilgan.
Xayr endi, xayr, do‗stginam
Bag‗rimdasan, ko‗ngil malhami.
Muqarrar bu ayriliqning ham
Visoli bor oldinda hali.
Xayr do‗stim, so‗zga ochma lab,
Qo‗y, men uchun o‗rtama bag‗ir,
Bu hayotda o‗lmoq-ku bor gap,
Yashamoq ham yangimas axir!
Shoirning ilk to‗plami
1961-yilda ―tong nafasi‖ nomi bilan chop etilgan edi.
Shundan so‗ng birin-ketin ―Qo‗shiqlarim sizga‖, ―Yurak va aql‖, ―Mening
yulduzim‖, ―Nido‖, ―Lirika‖, ―Palatkada yozilgan doston‖, ―Yoshlik devoni‖,
―Charog‗bon‖, ―Dostonlar‖, ―Muhabbat‖, ―Hozirgi yoshlar‖, ―Tirik sayyoralar‖,
―Iztirob‖ kabi asarlari nashr etildi.
E.Vohidov faqat she`r va dostonlar yozibgina qolmay, boshqa janrlarda ham
barakali ijod qildi. U dramaturgiya sohasida ham o‗z qalamini sinab, ―Oltin
177
devor‖, ―Istanbul fojiasi‖ kabi dramalar yaratdi.Ayniqsa, ―Oltin devor‖ komediyasi
uzoq yillar o‗zbek teatri sahnasidan tushmay keldi.
E.Vohidov ellik yildan ko‗proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to‗plab,
―Ishq savdosi‖, ―She`r dunyosi‖, ―Umr daryosi‖ va ―Ko‗ngil nidosi‖ nomli to‗rt
jildlik saylanmasini o‗quvchilarga taqdim etdi. Bu asarlar faqat shoir qalbining,
kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‗zgusidir.
Shoir asarlarida hayotga, go‗zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka
nafrat yaqqol sezilib turadi.Insonparvarlik g‗oyasi esa asosiy o‗rinni egallaydi.
Erkin Vohidov o‗z ijodi davomida bir necha davlat mukofotlariga sazovor
bo‗lgan. 1983-yilda Hamza nomidagi O‗zbekiston SSR Davlat mukofoti bilan
taqdirlangan bo‗lsa, 1987-yilda O‗zbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1999-yilda
esa oliy darajadagi O‗zbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor bo‗lgan.
Erkin Vohidov ijod maydoniga o‗quvchilik yillaridan kirib kela boshladi. Ilk
she`ri 14-yoshida yozilgan bo‗lib, ―Mushtum‖ jurnalida chop etilgan. Uning ilk
sh‘erlari to‗plami hisoblangan ―Tong nafasi‖ kitobi 1961-yilda bosib chiqarilgan.
Shoirning ―Lirika‖ (1970), ―She`rlar‖(1974), ―Uchi tugilgan ro‗molcha‖
(1980), ―Ruhlar isyoni‖ (1983), ―Hayot yo‗li‖ (1984) hamda ―Kuy avjida
uzilmasin tor‖ (1986) she`rlari rus tiliga tarjima qilingan.
Erkin Vohidov she`rlari bir necha tillarga masalan, nemis, fransuz, ingliz,
urdu, hind, arab va boshqa turkiy tillarga tarjima qilingan.
Ayniqsa, shoirning o‗zbek xalqining tarixini yoritib bergan, xalqning ming
yillardan beri tortgan jabr zulmi-yu, mustaqillikka erishishi va insonparvarlik
g‗oyalarini o‗zida aks ettira olgan ―O‗zbegim‖ qasidasi nafaqat o‗zbek balki, ingliz
tilida ham shuhrat topgan.
Ortda qoldi ko‗hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon o‗zbegim
Inglizcha tarjimasi:
Left behind is old histori
Left behind are pain and injustice
Your nightmare is gone, your wounds are healed
A remedy is found, my Uzbeks.
Xulosa qilib aytganda, o‗zbek xalq shoiri, davlat arbobi, ajoyib dramaturgi
va adabiy tarjimon Erkin Vohidovning adabiy merosini o‗rganish orqali shoir
ijodida insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo‗lib kelganini ko‗rishimiz mumkin.
Shoirning el-yurt va o‗zbek adabiyoti oldidagi xizmatlarini inobatga olinib,
―Buyuk xizmatlari uchun‖ ordeni va ―O‗zbekiston qahramoni‖ unvonlari bilan
taqdirlangani bejiz emasligini bilishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vohidov E
.
Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000.
2.
http://eduportal.edu.uz
178
Do'stlaringiz bilan baham: |