167
Atoqli shoir Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg‗ona viloyatining
Oltiariq tumanida muallim oilasida tug‗ilgan. Shoir G‗ayratiy tomonidan
O‗quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‗garakka qatnashib, adabiyot sirlarini
o‗rganadi. O‗n besh-o‗n olti yoshlaridanoq ancha pishiq she`rlar yoza boshlaydi.
Buyuk ijodkorlarning asarlarini berilib o‗qish, ulardan badiiy mahorat sirlarini,
so‗zga mas`uliyat hissini, soddalik va ravonlikni o‗zlashtirishida muhim omil
bo‗ldi. Shuning uchun ham uning ―Tong lavhasi‖, ―Kamtarlik haqida‖, ―Buloq‖,
―Sevgi‖, ―Ona tuproq‖ kabi qator she`rlaridagi chuqur ma`no go‗zal ifodalar,
ajoyib tasvirlar bilan uyg‗unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina
holatdan-choy suzilayotganda choynakning piyolaga ―egilishi‖, choy ichayotganda
inson piyolaning peshonasidan ―o‗pishi‖dan ajoyib she`r yaratadi:
Garchi shuncha mag‗rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‗l, hatto bir qadam
O‗tma g‗urur ostonasidan
Piyolani inson shuning-chun
O‗par doim peshonasidan.
E.Vohidov ellik yildan ko‗proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to‗plab,
―Ishq savdosi‖, ―She`r dunyosi‖, ―Umr daryosi‖ va ―Ko‗ngil nidosi‖ nomli to‗rt
jildlik saylanmasini o‗quvchilarga taqdim etdi. Bu asarlar faqat shoir qalbining,
kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‗zgusidir. Shoir
asarlaridan hayotga, go‗zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol
sezilib turadi.
Erkin Vohidov – poetik tafakkuri g‗oyat keng, tiniq, mahoratli, o‗z so‗zi
bilan aytganda xalq hayotini badiiy so‗z bilan rangli, o‗zgacha, sodda va tushunarli
qilib kuylovchi iste`dodli shoir. Shoir qalamiga mansub she`rlarda hayotda ro‗y
berayotgan voqea-hodisalarni teran nigoh bilan ko‗rish, mushohada qilish, tub
mohiyatini anglashga intilish borligini ko‗ramiz. Shoirning ―quyma misralari
kitobxon yuragiga kirib, qalb to‗ridan joy oladi va uning xotirasida o‗chmas iz
qoldiradi. Har bir she`riga o‗zgacha pafos, donishmandlik, xalqchillik bilan
yondoshgan shoir asarlarida millat sha‘niga maqtov yog‗dirish, hamdu-sano
aytishdan ko‗ra, ko‗proq insonning hayot oldidagi burchini bajarishi, uni anglash
kerakligini, hayotda inson degan buyuk nomga munosib bo‗lishga undovchi
chaqirig‗ini his etish qiyin emas. Shoir teran fikrlaydi. Mushohada bilan, yillar
tajribasi va hayotiy manzaralardan, dono xalqdan olgan taassurotlarini misralar
qa‘tiga singdiradi.
U xalqni, millatni, insonlarni o‗ziga – ustoz, o‗zini esa ulardan bilim
oluvchi, o‗rganuvchi - tolib ekanini aytib o‗tadi.Va o‗z kasbini juda chiroyli va
ishonarli, haqqoniy so‗z bilan tasvirlaydi:
El-ustozim, men esa-tolib,
So‗z durlarin termoqdir ishim.
Odamlarning o‗zidan olib,
168
Odamlarga bermoqdir ishim [1].
Shoir umri davomida o‗zi yaratgan ushbu ―oltin qoida‖ga amal qilib ijod
qilgan desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Shoir she`rlarida samimiyat, dilbarlik, go‗zllik, soddalik va barkamollik aks
etadi. Shoir she`rlarining buyukligi ham aynan shunda, nazarimda. She`rlarni
o‗qib, har bir she`rda o‗ziga xos navo, musiqiylik, o‗yga soluvchi jumboq, kishi
aqlini mushohada undovchi teranlik borligini ko‗rish mumkin. She`rlar beixtiyor
biz uchun yozilgandek tuyuladi, sevilib o‗qiladi, misralarda qoqilish kuzatilmaydi,
eng asosiysi, she`r mazmuni va undagi musiqiylik bizni hayotda yashashga,
turmushimizdagi vaziyatlarga o‗zgacha ko‗z bilan qarashga o‗rgatadi, estetik
didimizni shakllantiradi, ruhiyatimiztarbiyalaydi.Aslida adabiyotning bosh vazifasi
ham aynan kishini, uning his-tuyg‗ularini tarbiyalashdan iborat. Nazmiga navoni
uyg‗unlashtirgan navobaxsh shoir, aynan bu ta‘rif Erkin Vohidov uchun xos deb
o‗ylayman. Shoir she`rlarini o‗qiganimizda bu she`rlar dastavval qo‗shiq bo‗lib
yaratilgandek, keyinchalik qog‗ozga ko‗chirilgandek tuyuladi kishiga. Ohangni
o‗ziga jam qilgan she`riy satrlar o‗zlariga yuklatilgan, kishi qalbiga kirishdek ulkan
vazifani yuksak mahorat bilan uddalaganlar. Shoir she`rlariga oddiy ko‗z
qaramaydi, har bir she`riga o‗zgacha mehr bilan munosabatda bo‗ladi.
Masalan, ―Kuzatish‖ she`rida shunday yozadi:
Qora-qura polaponlarim
Chag‗ir-chug‗ur qaqajonlarim
Serjanjal, serto‗polonlarim
Ko‗mganim yo‗q sizni ziynatga
Oshno qildim samimyatga! - deya ta`kidlaydi, o‗z she`rlarini samimiy
erkalaydi. Erkinlikda vohid, vohidlikda erkin deya e`tirof etilgan shoirning
―Kavkaz she`rlari‖, ―Azganush‖, ―Kimni etmas bu ko‗ngil shaydo‖, ―Sevgi‖ , ―Oy
fonusin ko‗tardi osmon‖ kabi yuzlab, minglab she`rlari yoqimli navoday
jaranglaydi. Bir o‗qishdayoq ko‗ngilga yoqib qoladi. Shu bois, shoirning barcha
she`rlarini ―ko‗ngil qo‗shiqlari‖ desak xato qilmagan bo‗lamiz.Yoki,
Yellar bir daqiqa to‗xtang esishdan
Sernavo bulbullar sayramang, bir oz
Karbalo dashtidan yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz…
―Fuzuliy haykali qoshida‖ she`rida shoir g‗azal bo‗stonida sayr qilmoqda,
she`rni o‗qir ekanmiz, atrof, tabiat, qushlar hatto barglarning shitirlashi, Fuzuliy
ustoz g‗azallaridan olingan satrlar shoir misralari bilan uyg‗unlashib, bir butunlik
kashf qiladi. Bu yaxlitlik – hayotbaxsh she`riyat simfoniyasidir.
Mulki borliq ichra bir mahal
Ko‗rksizgina olam yaralgan
Bermoq uchun dunyoga sayqal
Olam aro odam yaralgan
Shundan beri inson tinmayin
Shu yer uzra ter to‗kar hamon
Yerni go‗zal qilgani sayin
169
Go‗zal bo‗lar o‗zi ham inson
Shoir ―Yulduz‖ (1964) nomli she`rida ba‘zan o‗z she`rlаriga sarlavha
topolmay qolgan o‗rinlarida, sarlavha ornida yulduz qo‗yishini va bu yulduz
kechayu-kunduz porlab nur sochib turishini orzu qilgan edi:
Zuhro kabi charaqlab tursin
Tunlar o‗zim, yumganda ko‗zim
Hech so‗nmasin charaqlab tursin
So‗nganda ham mening yulduzim [3].
Shoirning bu orzusi ro‗yobga chiqdi.Shoir o‗zining sehrli, dilbar, go‗zal,
samimiy, tug‗yonli, jilvakor she`riy misralari bilan she`riyatimiz osmonida mangu
porlab, kitobxonlar yuragiga mangu nur ulashib charaqlayveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2016.
2.
Vohidov E. Ishq savdosi. – T.: Sharq, 2002.
3.
To quyosh sochgayki nur. Vohidov E. zamondoshlari nigohida. – T.:
O‗zbekiston, 2018.
Do'stlaringiz bilan baham: