Erkin Vohidov nomini ko‗p eshitganmiz. Darsliklarda uning asarlari bilan
sifatida bilamiz? Qaysi xizmatlari uchun u ―Buyuk xizmatlari uchun‖ ordeni,
Avvalo, Erkin Vohidov haqida gap ketganda hech bir o‗zbek millati inkor eta
olmaydigan qo‗shiqqa aylangan yuzlab lirik she‘rlari, ijtimoiy hayotga befarq
g‗azallarini ta‘kidlab o‗tishimiz mumkin. ―Inson o‗zing‖, ―O‗zbegim‖, ―Ishq
istilosi‖, ―Achchiq haqiqat‖, ―Do‗st bilan obod uying‖ ushbu qo‗shiqlarni ko‗p
bora tinglaganmiz, ammo she‘r, g‗azallarining muallifi bizga ma‘lummi? Siz
188
Muhabbat sajdagohida sig‗indim yor sanamga man,
Biling dinsizlar osiymas, muhabbatsizlar osiydur.
(Ishq istilosi)
Do‗st bilan obod uying, gar bo‗lsa u vayrona ham,
Do‗st qadam qo‗ymas esa vayronadur koshona ham.
(Do‗st bilan obod uying)
Bu g‗azallar bir insonga tegishlidir. Bunday Vatanparvarlik, ishq, insoniylik
va do‗stlik kabi o‗tkir fikrlar faqat Erkin Vohidov qalamiga mansub bo‗lishi
mumkin.
Erkin Vohidov ijod cho‗qqisiga chiqish bilan birga insoniylik cho‗qqisini
ham zabt etgan inson ekanligini ko‗p shoiru, yozuvchilarimiz o‗z xotiralarida ko‗p
bor ta‘kidlab o‗tishgan. Erkin Vohidov faqat she‘rlar, hajviyalar yozgan shoir
sifatida emas, balki mudrab qolgan aruz vaznini qayta uyg‗otgan g‗azalnavis
sifatida adabiyot gulshanida chuqur iz qoldirgan.
Sobiq ittifoq davrida aruz vazniga nisbatan eskicha qarash shakllangan
bo‗lib, bu vazn XX asr insonining ijtimoiy-ruhiy holatini yoritib berish talablariga
javob bera olmaydi degan fikrlar mavjud edi. Ammo buni qarangki, shoir ijodiga
nazar solar ekanmiz, bu vaznda yaratilgan lirik g‗azallar hech bir jihati bilan
an‘anaviy she‘riyatdan qolishmasligini kuzatishimiz mumkin. Erkin Vohidov
g‗azallari sodda va ravon, qo‗shiqdek o‗qiladi. Uni o‗qigan inson g‗azallar ichida
vazn talab qiladigan g‗aliz jumlalar yoki umumiste‘molda ishlatilmaydigan
so‗zlarga duch kelmaydi.
Jonga
solgan hamma sozdir, elga so‗ylab man kabi,
Shoiri devonayi ishq nomini olgan yomon.
(Achchiq haqiqat)
Erkin Vohidov g‗azallarida lirik qahramon nafaqat oshiq timsolida balki, ijtimoiy
hayotga befarq qaray olmaydigan davr kishisi sifatida ham shakllangan. Jumladan,
dunyoning ko‗plab mamlakatlarida millatchilik atalmish illatning mavjud ekanligi,
inson hayotiga naqadar katta tahdid solayotgani va albatta, bag‗rikeng
o‗zbegimning har bir millat va elatga nisbatan do‗stona kayfiyatidan kelib chiqib,
XX asrning insoniyat boshiga juda o‗gir kunlarni solgan birinchi va ikkinchi –
jahon urushlaridagi millatchilik g‗oyalarini o‗zining ―Inson qasidasi‖ g‗azalida,
shuningdek, insonlar o‗rtasidagi millatlar va dinlar o‗rtasidagi o‗zaro nifoq jamiyat
taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishini ―Ruhlar isyoni‖ dostonida ta‘kidlab o‗tadi
va bunday holatni keskin qoralaydi.
Kim farang-u, kim habash, irq qon talash, iymon talash,
Shumi insondek yashash armon o‗zing, afg‗on o‗zing.
(Inson qasidasi)
Kalkuttani
Quchdi g‗ulu,
Bosh ko‗tardi olomon.
Qutlug‗ jang, deb turdi hindu,
G‗azot, dedi musulmon.
Barahmanlar dovul qoqdi,
189
Fatvo berdi
Imomlar.
Ko‗cha to‗lib qonlar oqdi
To‗qnashganda imonlar.
(Ruhlar isyoni)
Bunday fikrlarni ya‘ni tinchlikni ulug‗lab o‗zining ―Nido‖ dostonida
quyidagi fikrlarni keltirgan:
Asrdosh birodar qo‗lni ber,
Kel yerga qilaylik qasamyod.
Bo‗lurmiz
gar kelsa har birimizga,
Tinchlik jangohining fidosi
Bu senga,
Bu menga,
Bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi. (Nido) dostoni
Xulosa o‗rnida aytish mumkinki, qalbida vataniga bo‗lgan muhabbat cheksiz
bo‗lgan, insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko‗radigan, shuningdek,
muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog‗lardek ulug‗vor
bo‗lgan insonni o‗z umrining qahramoni deyish mumkin. Erkin Vohidov ham
shunday insonlardan edi desak yanglishmagan bo‗lamiz. Mustaqillikka erishib
o‗zligini, o‗zbegini yaratayotgan xalqimiz esa bunday insonlarni ulug‗lashi tabiiy
va mantiqiy holdir. Erkin Vohidovning hayot yo‗li, yaratgan asarlari va ulardagi
yetakchi g‗oyalar har bir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashashiga
ishonamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Vohidov E. Ishq savdosi. Tanlangan asarlar.1-tom. – T.: Sharq, 2001.
2.Vohidov E. She‘r dunyosi. Tanlangan asarlar. 2-tom. – T.: Sharq, 2001.
3.Vohidov E.Umrim daryosi. Tanlangan asarlar. 3-tom. – T.: Sharq, 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: