IBTIDO VA INTIHO SHAHRI ORALIG„I
Hafiza ERMATOVA,
10-maktab o„qituvchisi (Guliston)
Erkin Vohidov o‗zbek xalqining zabardast shoiri edi. Ijodkorning o‗zi
―Bag‗ishlov‖ she`rida aytgan Ibtido va Intiho shahri oralig‗idagi hayot yo‗lida
154
o‗zbek she`riyatini yuqori pog‗onalarga ko‗targan yuksak iste`dod sohiblaridan biri
bo‗lib, xalqning mehriga sazovor sevimli ijodkor bo‗lib qoldi.
―Erkin Vohidov yetakchiligidagi adabiy avlod inson shaxsi, uning tuyg‗ulari
tasviriga e`tibor qarata boshladi‖ [1, 264].
Erkin Vohidov badiiy tafakkurida she`rga va shoirga o‗zgacha baho bergan.
U she`rni ―dilning dilga javobi‖ deb ataydi. Xalqni bog‗bon, she`rni esa o‗z
bog‗idan yetishtirilgan sharbat va gulobga o‗xshatadi. Shoir o‗zining ikki shahar
oralig‗i deb atalgan umri davomida arzirli adabiy meros qoldirdi. Aksar
she`rlaridagi o‗z Ona Vataniga munosib inson bo‗lish orzusi aynan o‗lmas ijod
namunalari orqali amalga oshdi.
Shoirning ―Yo‗q, halovat istamayman‖ she`rida o‗z hayoti mazmuni bo‗lgan
ijod pallalaridagi halovatsiz onlari aks ettirilgan.
Yo‗q, halovat istamayman,
Orom bilmas yosh jonim.
To‗lqin urgan ummoncha bor,
Yurakdagi tug‗yonim [4, 22].
deyish orqali she`rning lirik qahramoni bo‗lgan yosh shoirning ijod qilish
jarayonidagi yurak tug‗yoni his etilgan lahzalardan hech qachon voz kechmasligini
ta`kidlaydi.
Bo‗ronlarga, dovullarga
Peshvoz yurgim keladi.
Daryolarning girdobiga
Ko‗krak urgim keladi [4, 22].
Bu parchada ta‘riflanayotgan bo‗ron va dovullar istioralar bo‗lib, ular hayot
yo‗lida inson duch kelishi mumkin bo‗lgan qiyinchiliklar ma`nosini ifodalagan.
Ya`ni navqiron shoir hayot dolg‗alariga peshvoz chiqib, ularni yengib o‗tib, hayot
ummonida toblanishni xohlaydi.
Har mushkulga bardosh berar,
Chidar mening tosh boshim.
Ammo sokin, tinch yashashga
Sira yo‗qdir bardoshim [4, 22].
Ushbu misralarda ham hayotning turfa kurashlar maydoni ekanligi, u aynan
shu jihati bilan yosh shoirni o‗ziga maftun etayotganligi, sokinlik unga hech
qachon baxt keltirmasligini ta`kidlamoqchi bo‗ladi.
Bir she`rida shoir hayotni – sevib yashamoq uchun berilgan imkoniyat deya
baholaydi. Bu tushunchani biz Navoiy she`riyatining asosiy tamoyillaridn biri
ekanligini bilamiz.
Sayr etaylik, kel, birga, erkam,
Rozi ketsin bizdan umrbod –
Shodlik uchun yaralgan olam,
Sevmoq uchun berilgan hayot [4, 24].
Ya`ni muhabbatsiz inson haqiqiy inson bo‗lolmasligi, hayot sevib va sevilib
yashash uchun insonga bir martagina beriladigan buyuk ne‘mat ekanligi uqtiriladi.
155
Shoirning ―Inson va fursat‖ she`rida insonlarning soatni ishlatish jarayonlari,
usullarini tasvirlash orqali aslida o‗tayotgan vaqtga munosabatni aks ettirganlari
tasvirlanganligini ko‗rish mumkin.
Ammo fursat bo‗ysunmadi hech,
Yurmadi biz istagan yo‗lga.
deyish orqali uni tizginlab bo‗lmasligini, u insonlarga hech qachon bo‗ysunmaslini
ta`kidlamoqchi bo‗ladi. ―Vaqt – oqar suv‖ iborasi ham aynan iziga qaytarib
bo‗lmas fursatlar haqida ekanligi shu misralardan anglashiladi.
Shoirning ―Kun o‗tganda‖ she`rida ham o‗tayotgan vaqt masalasiga yana bir
marta to‗xtalib o‗tadi. Ijodkor uchun hayotning har bir daqiqasi mazmunli va qadrli
bo‗lishi kerak.
Fursat degan sekundlar
Qanotida uchadir.
Kecha ―bugun‖ bo‗lgan kun
Bugun mana ―kecha‖dir [4, 55].
Darhaqiqat, vaqtni hech kim tizginlay olmaydi, kunlar ketidan kunlar
o‗tayotganligi ba`zida kunlik tashvishlariga ko‗milib yashayotgan insonlarga
umuman bilinmasligi ham mumkin. She`r davomida yilning o‗n ikki oyi o‗n ikki
shoxli daraxtga, oylar tarkibidagi kunlarning o‗tishi ushbu daraxtdagi yaproqlar
to‗kilishi holatiga o‗xshatilgan. Shamol uchirayotgan kalendar varog‗i ham aslida
bir kun ma`nosida kelgan. O‗tgan kunning mazmuni yoki undan qolgan taassurot
haqida esa quyidagicha fikr bayon qilingan:
O‗tgan kundan she`r qoldi,
Ko‗k bo‗yi xirmon qoldi.
Birovga olam quvonch,
Birovga armon qoldi [4, 55].
Kunning qanday o‗tganligi uning mazmuni, amalga oshirilgan ishlar
salmog‗i bilan o‗lchanishi, kimdir o‗sha kundan rozi, yana kimdir esa norozi
bo‗lishi ushbu kunning insonga bergan yaxshi va yomon tuxfalari bilan bog‗liq
ekanligi xususida so‗z bormoqda.
Shoirning ―Bosh tebratar soat kafgiri‖ nomli she`rida:
Bosh tebratar soat kafgiri,
Shoshil, odam, o‗tmoqdadir on.
Har narsaning bo‗lar oxiri,
Bosh tebratib qolma so‗ng, inson! [4, 53]
deyish orqali ijodkor osma soatlardagi tebranuvchi kafgirni insonlarni fursat o‗tib
ketayotganligidan ogohlantiruvchi yaratiq sifatida talqin etgan. Shoir vaqtning
naqadar qadrli ekanligi, uning qadriga yetmaganlar keyinchalik pushaymon bo‗lib
qolishi o‗ziga mashaqqat keltirishiga ishora qilmoqchi bo‗ladi.
E.Vohidovning ―Yulduz‖ she`rida ushbu osmon jismini istiora sifatida
qo‗llaydi. Ushbu jism o‗z hayotida ijodkor yaratgan yuksak darajadagi ijod
namunasi tushunchasi uchun istiora vazifasini o‗tagan:
Zuhro kabi yaraqlab tursin
Tunlar o‗zim yumganda ko‗zim.
156
Hech so‗nmasin, charaqlab tursin,
So‗nganda ham mening yulduzim [4, 62].
Ya`ni shoir bu dunyoni tark etganda ham uning yuksak ijod namunalari
osmonda so‗nmas yulduz bo‗lib porlab turishini ta‘minlashiga shoir ishonadi.
Xuddi shunday mazmun ijodkorning yana bir she`rida ham keltirilib o‗tiladi.
Bunda shoir o‗zi yozgan ash‘orlari tufayli unga tosh otuvchi g‗alamislar boshiga
solayotgan g‗avg‗olar bartaraf bo‗lgach, albatta, yaxshi kunlar kelishiga dildan
ishonadi.
O‗tar g‗avg‗oli bu onlar,
Kelar osuda davronlar,
Zakiy erkin g‗azalxonlar
Berar bir kun baho menga [4, 426].
O‗z she`rxonlari beradigan xolis baholar u uchun hayotining mazmuni bo‗lib
qolganligi u yozgan asar namunalarining kelgusi avlod tomonidan e`tirof etilishi
bilan bog‗liq ekanligi she`r mazmunidan anglashiladi.
Buyuk iste`dod sohibining ―Shoirlik‖ she`rida o‗z hayotining asosiy
mazmuniga aylangan shoirlik tushunchasiga ta‘rif berib o‗tadi. Ya`ni:
Shoirlik – bu shirin jondan kechmakdir,
Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir.
Shoirlik – jigarni ming pora etmak,
Bag‗ir qoni bilan satrlar bitmak.
O‗zni tomchi-tomchi, zarra va zarra
Elga qurbon qilib, eng so‗nggi karra
Armon bilan demak: ―ey ona yurtim,
Kechir, xizmatingni qilolmay o‗tdim‖ [4, 309].
Shoirning she`r yozishdagi axvoli uning qalbidagi iztiroblardan ushbu qalb
tomchilarga va zarralarga aylanib ketishi, ushbu jarayonning naqadar og‗riqli
ekanligini dalolatlaydi. Shoir o‗zining o‗zbek milliy adabiyotiga qo‗shgan ulkan
adabiy merosini kamtarlik bilan zarra darajasida deya baholaydi va baribir
xalqning xizmatini qila olmaganligidan, armonda ekanligini aytadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidov o‗z hayoti davomida,
o‗z iborasi bilan aytganda, ibtidodan intihogacha bo‗lgan davrda ulkan adabiy
meros qoldirdi. Ushbu merosning salmog‗i uning asarlarining xalqimiz orasida o‗ta
mashhurligi, bu shoirning she`rlarin bilmaydigan inson yo‗q ekanligi, sodda va
ravon misralari muxlislari qalbini bir umr ketmaydigan darajada zabt eta olganligi
kabilar bilan izohlanadi. Shoirning fursatning qadriga yeta bilgan mazmunli hayoti
o‗zi aytgan bashoratlarning amalga oshganligi bilan belgilanadi. Ya`ni uning
iste`dodi mashhur yulduz ijodkorlar osmonida charog‗on porlab turibdi va hech
qachon so‗nmasligiga ishonamiz.
Adabiyotlar:
1.
Yo‗ldoshev Q. So‗z yolqini. –T., G‗.G‗ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi. 2018. - 504 bet.
2.
Karimov N. va boshqalar. XX asr o‗zbek adabiyoti tarixi. – T., O‗qituvchi
1999.
157
3.
Umurov H. Adabiyot nazariyasi. –T., Sharq, 2002 . -302 bet.
4.
Erkin Vohidov. Tanlangan asarlar. – T., Sharq, 2016. - 696 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |