ERKIN VOHIDOV IJODIYOTINING BADIIY-ESTETIK
XUSUSIYATLARI
Hayotxon XAYDAROVA,
Farg„ona viloyati
Adabiyot – xalqimizning mulki. U inson hayotida alohida ahamiyatga
ega.Inson bor ekan,adabiyot ham bo‗ladi. Shunday ekan, adabiyotning o‗lmasligini
ta‘minlovchi ikkita qudratli omil bor. Ularning biri adabiyotning g‗oyat ulkan
tarbiyaviy-ma‘rifiy ahamiyati bo‗lsa, ikkinchisi,uning insonlarga zavq-shavq
berish xususiyatiga egaligidir. Zero,odam har qanday davrda,har qanday sharoitda
ham busiz yashay olmagan. Ana shunga ko‗ra, badiiy-estetik ahamiyatga ega
bo‗lgan yetuk asarlarga aslo zavol yo‗q. Xayriyatki,adabiyotimizda davrning
sinovlaridan muvaffaqiyat bilan o‗tgan,inchunin,hozirgi kunda ham kitobxonlar
tomonidan sevib o‗qilib kelinayotgan ajoyib asarlar ko‗p nihoyatda.
Yangi o‗zbek adabiyoti xalq va jamiyatimiz hayotining o‗ziga xos badiiy
tarixi,ya`ni yilnomasidir.Uning tasvirlash ob`yekti esa borliq hayot-yangi
voqelikdir. Binobarin bu adabiyotning mavzu hamda mundarijasi ham yangicha. U
bevosita yangi hayotni aks ettiradi. Hayotdagi barcha muhim voqealarga faollik
bilan aralashadi va mehnatsevar, yuksak axloq-odobli qilib tarbiyalash, ularga
estetik zavq berishga harakat qiladi. To‗g‗ri, adabiyotimizning taraqqiyoti silliq
kechmagani barchamizga ma`lum. Yangi o‗zbek adabiyoti o‗z yuksalish tarixining
hozirgi bosqichiga yetib kelguncha ancha murakkab ijodiy yo‗lni bosib o‗tmadi
deysiz. Bevosita, adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyoti va tarixi ham uzoq davrlarga
borib taqaladi. Shu jihatdan, har qanday davr ijodkori o‗zigacha bo‗lgan va
zamondoshlari yaratib ketgan badiiy asarlarga murojaat etadi. Ular haqida u yoki
bu darajadagi qarashlarini bayon etadi. Bu esa adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyotini
belgilaydi.
Shu jihatdan taniqli o‗zbek shoiri,dramaturgi,adabiy tarjimoni va davlat
arbobi, shu bilan birgalikda O‗zbekiston xalq shoiri, O‗zbekiston Qahramoni,
Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Erkin Vohidov ham badiiy
adabiyotning taraqqiyoti, ijod va ijodiy jarayonlar, shoirlik qismati, talant va ilhom
kabi tushunchalar haqida o‗z mulohazalarini bildirib o‗tadi. Jamiyatshunoslarning
uqtirishicha, axloq-axloqiy ong hamda axloqiy munosabatlarni o‗z ichiga oladi.
Odatda insonning olamga va o‗z-o‗ziga bo‗lgan munosabati axloqiy ong doirasida
yuz ko‗rsatadi va yuzaga chiqadi. Bu munosabat kishilarning xulq-atvori, urf-
odatlari, xarakteri, imon- e`tiqodiga yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baho
berishda ham ko‗rinadi. Zotan, axloqda tiriklik mazmuni, insoniylik nazaridan bu
yorug‗ dunyodagi burchi va or-nomusi o‗z ifodasini topgan bo‗ladi. Xalqimizning
azaliy orzusi bo‗lgan Mustaqillik juda ko‗p jabhalarda bo‗lganidek, ma`naviyat
149
sohasida ham katta o‗zgarishlarni vujudga keltirgan. Millatimiz hayotida mavjud
bo‗lgan ma`naviy-axloqiy muammolarga har qachongidan ko‗ra ham diqqat –
e`tibor kuchaydi. Istiqlol mafkurasi xalq va jamiyat hayotiga chuqur singib
borayotganligining o‗ziyoq bu fikrni isbotlaydi. Birinchi Prezidentimiz alohida
ta`kidlaganidek: «Barchamizga ayon bo‗lishi kerakki, qayerdaki, beparvolik va
loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‗zboshimchalikka tashlab qo‗yilsa,
o‗sha yerda ma`naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha, qayerda
hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‗lsa, o‗sha
yerda ma`naviyat qudratli kuchga aylanadi»[1].
O‗zligini chuqur anglab yetgan jamiyatning turmush tarzida ma`naviyat
markaziy o‗rinni ishg‗ol etishi muqarrar. Negaki, buni yaqin tarix, balki ko‗hna
tarix ham isbot qilib berib turibdi. Bugungi kunda globallashuv jarayonida
ma`naviy qadriyatlarning hayotiy zarurati oshmoqda. Shu jihatdan, adabiy-estetik
tafakkur taraqqiyoti davr badiiyatining turli mezonlarida tahlil etiladi. Iste`dodli
shoir Erkin Vohidov ijodiyotining badiiy-estetik jihatlarini o‗rganish jarayonida
ma`lum bir davr adabiyoti haqidagi tushunchalarimizni kengaytirish bilan bir
qatorda, ijod va ijodiy jarayoning o‗ziga xosliklari haqidagi tushunchalarga ham
keng e`tibor qaratamiz. Bu esa adibning faqat shoir emas, balki badiiyatni ham
chuqur anglagan shaxs sifatida ko‗z o‗ngimizda jonlantiradi. Uning ―Tong nafasi‖,
―Yurak va aql‖ asarlarida yuqorida qayd qilingan tushunchalarni asoslovchi fikr
mavjudligini ko‗ramiz. Bu she`riy asarlar tarkibidagi bunday qarashlarni tahlil
qilish va munosabat bildirish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Erkin Vohidovning ijod va ijodiy jarayon haqidagi qarashlarini, talant,
ilhom, yaxshi asar yaratish jarayonidagi ijodkor iztiroblarini tahlil qilish jarayonida
shoirning o‗ziga xos badiiy mahoratini yoritib beradi. O‗z navbatida, ushbu
maqsadimizni amalga oshirish quyidagi vazifalarni yuzaga chiqarishni taqazo
etadi: shoirning badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‗ziga xos badiiy mahorati
haqida so‗z yuritish, adabiyotimiz taraqqiyotini belgilovchi adabiy-tanqidiy
qaqrashlariga munosabat bildirish,adibning zamondosh ijodkolar haqidagi fikr va
tushunchalarini izohlash va tahlilga tortishdan iborat [1].
Ma`lumki, adabiyotimizning tasvirlash imkoniyati juda katta. Unda jamiyat
hayotida birlashish yasagan katta voqealardan tortib, o‗sha jamiyat a‘zolarining
turmush tarzi, urf-odati, axloq normalarigacha aks etadi.Buyuk so‗z ustasi Erkin
Vohidovning bir qator she`rlari borki, ularda ba‘zan oddiy, ko‗z ilg‗amas, bir
qarashda uncha muhim bo‗lib ko‗rinavermaydigan turli masalalar ilgari suriladi va
badiiy-estetik tafakkur mahsuli bo‗lgan tushunchalar asosida o‗z mulohazalarini
qayd qilib o‗tadi. Yozuvchi ijodi haqida so‗z yuritgan adabiyotshunoslar uning
Iste`dodli shoir sifatidagi faoliyatini va ijod va ijodiy jarayon haqidagi qarashlarini
yuksak badiiy asar sifatida baholashgan. ―Shoirni o‗stirib voyaga yetkazadigan
qulay ijodxonalar yo‗q. U hayotning har xil sharoitida issiq-sovug‗i, baland-pasti,
o‗nqir-cho‗nqiri, qing‗ir-qiyshiq joylaridan o‗ziga yo‗l topib o‗tadi va asta-sekin
ijodkor sifatida shakllanadi. Shu ma`noda har bir haqiqiy shoirning tug‗ilib voyaga
yetishi bamisoli Erkin Vohidov ta‘riflagandek o‗z yo‗lini o‗zi ochishi kerak
bo‗lgan buloq‖, - deb yozadi.
150
Iste`dodli shoir Erkin Vohidov ―So‗z latofati‖ asarida shunday yozadi:
―Mening birinchi taassurotim shundan iboratki, bugungi adabiyotimiz ko‗rki va
salmog‗i – xalqimizning tarix sahnasida tutib turgan ijtimoiy-siyosiy mavqeiga
yarasha. Balki, yangi iste`dodlar buyuk badiiy saviyalarini kelajakda namoyish
etadilar. Hozircha, men adabiyotimizdagi yuksak ijtimoiy-siyosiy ravnaqni e`tirof
etaman. Bu esa katta bir xalq adabiyoti uchun hazilakam yutuq emas. Ayrim
yoshlar, G‗ofur G‗ulom ko‗nglini keng qilib yozmagan, degan ma`noda gaplar
qilishadi. Holbuki, u juda murakkab davrda yashadi. She`r uning qo‗lida bir sehrli
tayoqcha edi. Shu tayoqcha bilan u nog‗ora chalishi ham mumkin edi, jahonni
ug‗otishi ham mumkin edi. Lekin davr shuni taqozo etadiki, u faqat jahonni
uyg‗otdi. She`r – davr farzandi degani shu. She`riyatning ham umumiy prinsiplari
o‗zgarmasdir‖.
Qayd qilingan fikrlarda adabiyot va uning murakkab qirralari, ijodkor
shaxsi, uning fitratidagi tuyg‗ular ifodasi haqidagi qarashlar o‗z aksini topgan.
Iste`dod sohiblari o‗z xalqini, millatini, dunyoga tanitadi va uni tarannum etadi.
Shuning uchun she`r davr farzadi degan tushunchani ilgari suradi. Charxlangan
qalamlarni
hanuzgacha
qo‗ldan-qo‗lga
qo‗ymagan
oqsoqol
adiblarimiz
adabiyotimizning hali hanuzgacha ko‗rki bo‗lib turibdilar. Ular murakkab
sharoitlarda ham o‗z gaplarini iste`dodlari darajasida amallab aytib keladilar.
Buning uchun ularga qancha rahmat aytsak shuncha oz. Bu zabardast
adiblarimizga qo‗rquvning kattakon, daxshatli ko‗zlari begonadir. Axir biz yosh
avlod uchun bundan ortiq baxt bormi? [2]
Darhaqiqat, Erkin Vohidov buyuk so‗z sanatkorlari va ular qoldirgan adabiy
meros haqida so‗z yuritar ekan, ularning badiiy poetik mahoratiga alohida
to‗xtaladi. Masalan, sobiq sho‗rolar davri adabiyoti haqida so‗z yuritganda
murakkab bir davrning salbiy jihatlari bilan birgalikda, o‗z davrining buyuk
ijodkorlarini tarbiyalaganligini ham alohida takidlaydi.
O‗zbekiston xalq shoiri, O‗zbekiston qahramoni – Erkin Vohidov tug‗ma
istedod egasi. U juda siyrak uchraydigan noyob, nodir shoir. Uning so‗z san`ati
xazinasiga qo‗shgan hissasi ham bebaho.
Darhaqiqat,E.Vohidovning fikrlarida mustaqillik davri adabiyotining o‗ziga
xos xususiyatlari tahlil qilingan. Xarakterli jihatlarini tahlil qilar ekan badiiy
tarjimachilik taraqqiyotiga ham jiddiy e`tibor qaratadi.Jahon adabiyoti nodir
durdonalarini tarjima qilish dolzarb muammolardan biri ekanligiga urg‗u beradi va
o‗zbek adabiyotini ham yaxshi tarjimalar orqali jahon ahliga targ‗ib etish
zarurligini ta`kidlaydi.
Xullas, Erkin Vohidov nafaqat shoir, ijodkor sifatida, balki jahon va o‗zbek
adabiyotining yuksak bilimdoni sifatida e`tirof etilishi bejiz emas.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I. Adabiyotga e`tibor-ma`naviyatga, kelajakka e`tibor. –
Toshkent, O‗zbekiston, 2009. 40 b.
2. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. . –Toshkent, O‗qituvchi, 2005. - 410 b.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |