ERKIN VOHIDOVNING YUMORISTIK IJODIYOTI
Hayitboy MIRHAYDAROV,
filologiya fanlari nomzodi
, dotsent
(GulDU)
XX asrning 70-80 yillarida ijtimoiy hayotda ba`zi o‗zgarishlar, aniqrog‗i
oshkoralik tizimi hayotga kirib keldi. Buning ta`sirida adabiyot qolaversa,
she`riyatda ham tub burilishlar sodir bo‗ldi... Lirikada intellektual va voqeaband
she`rlar taraqqiyot yo‗nalishiga kirib bordi. Erkin Vohidovning avvalgi ijodida
nafis lirika, o‗ynoqi she`rlar, g‗azal bo‗stoni mustahkam o‗rin olgan bo‗lsa, bu
davrga kelib voqeaband, xalq donoligi va rivoyatlari asosida yaratilgan she`rlari
paydo bo‗ldi. Jumladan, ―Uyatchanlik‖, ―Eski hammom, eski tos‖, ―Savag‗ich‖,
―Shum bola‖, ―Jumladan qolgan odamlar‖ kabilar. ―Eski hammom, eski tos‖
she`rida bizning xalqimizda hamma voqealarda ijtimoiy va siyosiy harakatlarda
faqat jimjitlik hukm surgan. Shu ma`noda shoir she`rning xulosasida:
Nasibamiz bo‗lgay mudom:
Eski hammom, eski tos...
―Uyatchanlik‖ she`rida esa uyatchanlikni yo‗q qilmasak ―juda uyat bo‗ladi‖,
―Shum bola‖ she`rida esa shumbolaning rostgo‗yligi tufayli ―boy uni ishga
olmasligini‖ aytadi. Shu o‗rinda ikkinchi jahon urushi davri o‗zbek adabiyotida
―Nasriddin Afandi Buxoroda‖ kinofilmini misol keltirish fikrimizga uyg‗un keladi.
Buxoroda hovuzdan suv pulli olinar edi. Bundan nafrat va g‗azabga kelgan
Nasriddin bir qushchani ko‗rsatib, haloyiqga ―bu kimniki?‖, degan savol beradi.
44
Haloyiq esa ―bu hammaniki‖ deb javob beradi. Yana Nasriddin hovuzdagi suv ham
hammaniki deb hozir bo‗lgan haloyiqni xursand qiladi. Urush yillarida aynan
Nasriddin Afandining obrazini yaratish ikki ma`noda nihoyatda ahamiyat kasb etar
edi. Nasriddin qushcha bilan hovuz suvini umumning mulki deyishida talofat
ko‗rayotgan vatanimiz mulkining umumiyligi va qadriyatini ta`sirchan qilib
eslatadi. Ikkinchi ma`noda, ma‘yus hamda tushkunlikka tushgan xalqni va askarlar
kayfiyatini ko‗tarish uchun Nasriddin Afandining kulgusini nisbat berish bilan
fuqarolar va armiyaning ruhini ko‗tarishga qaratilgan edi va shunday xizmatni ham
ado etdi. Huddi shuningdek, Erkin Vohidov ham qayta qurish va oshkoralik
davrida ruhi tushib ketgan xalqning kayfiyatini biroz bo‗lsada, xandaga tortish va
kulgu orqali hayotimizdagi tub kamchilik va nuqsonlarni esga tushurish ma`nosida
―Matmusaning latifalari‖ turkumini yaratdi. Latifalar nihoyatda kulgu
qo‗zg‗atuvchi kitobxonning ichki dunyosi va tuyg‗usini uyg‗otish jihatidan
ahamiyatlidir. Bunday qarasangiz kitobxonning qah-qahasini jumbushga
keltiradigan latifalardir. Lekin har bir latifaning zamirida davrning ijtimoiy yutuq,
kamchiliklari yumorga o‗rab beriladi. Shoirning o‗zi latifalar haqida shunday
degan edi: ―Donish qishloq latifalari‖ni o‗qib hamma kuladi. Vaholanki men ularni
alam bilan yozganman‖, - deydi shoir. – Aql idrokka zid, teskari ishlarimiz el
boshiga kulfat va uqubatlar keltirib yotgani sir emas-ku.
―Kosasi teskari qurilgan charxpalaklar kammi? Bir pardani tutgancha
qolavergan, bir hil ohangni qo‗ymay chalavergan Matmusalar ozmi? O‗zimiz
yaratgan qoliplarni tandirday kiyib olib, yo‗lni ko‗rolmay, osmonga qaragancha
ketayotgan hollarimiz yo‗qmi? Bular kulguli ishlar emas, achinarli, ofatli
hodisalar...‖ Xalq hayotining og‗ir-yengilini, achchiq-chuchugini, yaxshi-
yomonini, ezgu va noshud voqealarini, musbat va manfiy munosabatlarni
ulug‗lovchi xalq kuychisi obrazini yaratganlar. O‗zbeklarda Afandi, qozoqlarda
Aldarko‗sa, tojiklarda mulla Mushfiq, Turkmanlarda Mirali kabi donolar obrazi
xalq qiyofasini ifodalab kelganlar. Erkin Vohidov ana shu donishmand xalq
obrazlari vakillarining zamonaviy tipini – Matmusa obrazini yaratgan. Matmusa
bunday olib qaraganda Afandining o‗zginasi, lekin zamonaviy voqelik bilan
ahamiyatlidir.
Matmusa zamonning dono va nodon, sodda va ojiz fikrlarini o‗zida ifodalab
kelishi bilan muhimdir. Shoir ―Inson‖ qasidasida ―bu yorug‗ dunyo nadur‖ deb
savol beradi, ―koshonadur vayronadur‖, deb javob ham qaytaradi. Insonning turli
xil qiyofasini ―sen kim-u ne dahri dun, biyron o‗zing nodon o‗zing‖ deganda
odamlarning turli toifada bo‗lishi, turli xil qarashlarda va xilma xil qiyofada
bo‗lishini ifodalagan edi.
Ana shu qiyofalar zamonaviy Afandi – Matmusa siymosida aks ettirilgan.
Matmusa latifalarini ikkiga tasniflash mumkin.
Birinchi tasnifga ―Matmusaning qo‗shig‗i‖, ―Matmusaning lagani‖,
―Matmusaning tandiri‖ kabilar kirsa, davr bilan bog‗liq uning kamchilik va
nuqsonlarini kulgu ostiga oladigan latifalariga ―Matmusaning charxpalagi‖,
―Qiziquvchan Matmusa‖, ―Matmusaning uylanishi‖, ―Matmusa rassom‖,
45
―Matmusaning dutori‖, ―Tandir kiygan Matmusa‖, ―Matmusaning Amerika
ochishi‖, ―Matmusaning haykali‖ kabilar kiradi.
―Tandir kiygan Matmusa‖ latifasida bozordan olgan tandirni uyga etkazish
mushkuli hamon echilmaydi. U o‗zicha yechganday bo‗lib, avval eshakka o‗zi
mindi, o‗ziga esa tandirni kiydirdi. Yo‗lni ko‗rishga iloji yo‗q, faqat osmonga
qaragan holda ketaveradi, eshagi esa uyi tomon yo‗l olish o‗rniga tavakkal qilib
ketib boradi. Matmusa odamlardan uyim qaerda deb so‗ray olmaydi. Matmusaning
bunday ahvoliga tushgan odamlar ko‗p. Hayotning har go‗shasida o‗zining
qiladigan ishlarining yechimini topolmaganlar qancha. Latifaning kuchli va
mantiqli o‗rni shunday yakunlanadi.
Ayo do‗stlar, adashgan,
Bir mo‗mindan kulmaylik.
Matmusadek o‗zimiz
Tandir kiygan bo‗lmaylik.
―Matmusaning charxpalagi‖da asrlardan buyon aylanayotgan charxpalakni
yangisiga almashtirishni va yangisini kashf qilishni Matmusa chuqur o‗ylaydi. U
charxpalak kosalarini teskari qilib o‗rnatdi, natijada dalaga suv oqmaydi. Yana
o‗ylab shu narsani topdi-ki, yerni pasaytirishi, daryoni ko‗tarish degan xulosaga
keldi. Bu kashfiyoti ham natija bermaydi, oxir- oqibat daryoni teskari oqizish zarur
degan xulosaga keladi. Suv muammosi hayotda tez-tez uchrab turadigan
hodisalardan biri, suvni mustahkam kanal yoki hovuz yohud to‗g‗on qilish
asrlardan beri sinalgan. Shunday to‗g‗onlardan biri ―Sardoba‖ suv omboridir.
Nazarimizda, suv omboriga Matmusaning qilmishlaridan biri amalga
oshirilganga o‗xshaydi. 2020-yil 1-may kuni suv omborida kuchli toshqin sodir
bo‗ldi. Masalani yumshatish ma`nosida yomg‗ir yog‗ib, kuchli shamol hovuzda
po‗rtana hosil qilib, toshib ketgan degan mantiqdan uzoq xulosaga kelindi.
Mutaxassislarning kuzatishicha, suv to‗g‗ondan sizib chiqib, toshgan degan
xulosani berishdilar. Suv toshqinidan Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlari
aholisi qattiq talofat ko‗rdi. Respublika Prezidenti xalqning ko‗nglini ko‗tarib,
yangi hayotga ega bo‗lasizlar deyishi rahbarga xos oliyjanoblik bo‗ldi. Shu bilan
birga Prezident loqaydlik bilan qurilgan suv omborining tegishli mutaxassislari
huquq-tartibot organlariga javob beradi, degan jiddiy masalani ko‗ndalang qo‗ydi.
To‗g‗on qurilishining ba`zi mutaxasis va ishchilarining ishga bo‗lgan munosabati
Matmusaning charxpalagini eslatadi.
―Matmusa rassom‖ latifasida uning surat chizish holatidagi antiqa hodisalar
kulgu ostiga olingan. Shu bilan birga rassomchilikdagi tuturiqsiz ―izim‖larni
achchiq kulgu ostiga oladi. Jumladan, ―abstrakt san`atga tushunmadim mutlaqo‖
deyishganda asrning 60-yillarida bu borada tomir otgan formalizm beixtiyor esga
keladi. O‗sha yili rassomlarning ko‗rigi bo‗lganda bir rassomning ikki variant
natyurmorti ko‗rik-tanlovga qo‗yilgan. Birinchi varianti haqiqiy rasm, ikkinchi
varianti esa mo‗yqalamni artib qo‗ygan holati bo‗lgan ekan. Rassomdan intervyu
olganda, ikkinchi variant natyurmorti g‗olib chiqqanligini izohlaganda, ―birinchi
variantni
chizishda
mo‗yqalamimni
ikkinchi
variantga
artganman
va
tozalaganman‖ deb javob bergan. Formalizmning keng yoyilishi shu darajaga
46
borgan ediki, mo‗yqalamni artgan va unda hosil bo‗lgan rasm tanlovda g‗olib
chiqgan. Latifani o‗qisangiz, beixtiyor o‗sha davrdagi formalizm ko‗z oldingizda
namoyon bo‗ladi.
―Matmusaning Amerika ochishi‖ latifasi haqiqatdan ham nodon, gumroh
Afandining shoxga o‗tirib, uning tubidan kesishga o‗xshaydi. Lekin ana shu qah-
qah kulgu zamirida katta haqiqat ham bo‗y ko‗rsatadi. Latifada shunday satrlar
ham bor.
Ayting Amerikaga
Kim dastlab qo‗ygan qadam?
Kolumbmi? Yo‗q Xitoylar -
Besh ming yilcha muqaddam.
Ana shu satrlarni o‗qigan kitobxon chuqur o‗yga beriladi va ―kim dastlab
qo‗ygan qadam‖ degan misralar kitobxonni uzoq tarixga xayolan sayohat qilishga
yo‗naltiradi va shu o‗rinda zabardast shoir Abdulla Oripovning ―Kolumbda bor
alamim manim‖ misrasini yodga keltiradi. Yana shu she`rdagi ―Beruniyning aql
mash‗ali‖, degan misrani ham esga keltiradi. Shu o‗rinda kitobxonda chuqur
farazlar hosil bo‗lib, Amerikani kashf qilishda Beruniyning xizmati birinchi va
ulkan ekanligini tasavvur hosil qilishga undaydi.
―Matmusaning bog‗i‖ latifasida davrimizning nihoyatda muammoli
masalalarini yengil va achchiq kulgu ostiga oladi. Bog‗ yaratish ibrat va savob
masaladir. Lekin uning rahbarini tayinlash, ishchilarini joy-joyiga qo‗yish, shtat
masalasida shunchalik kengayib ketadiki ―cho‗t qoqishga o‗n odam‖, ―pul
sanashga qirq odam‖ belgilanadi. Oqibat shtatlarni qisqartirish xavfi tug‗iladiki,
xatto bog‗ direktori ham ixtisoslashtirishga tushadi. Shoir shtat masalasida ―xodim
ko‗pmi qumursqa‖ deya achchiq haqiqatni fosh etish bilan birga yana bir kulguni
qistaydigan hodisani qo‗shib qo‗yadi. Hech bo‗lmaganda telefonlik yumishini
shakllantirishni beixtiyor masxara va kulgu ostiga oladi. Matmusaning bog‗i
bog‗bonsiz bog‗ deyishadi. Bog‗bonsiz bog‗ning ahvoliga izohga hojat yo‗q. Bizda
ham shu ahvol bot-bot takrorlanib turadi. Har yili xalq hashari bo‗lgan vaqtda gul,
ko‗chatlar ekiladi, oqibat bog‗bonsiz, qarovsiz yana avvalgi holatiga qaytadi.
Aniqroq misol aytadigan bo‗lsak, har yili Yangiyer, Guliston trassasi o‗ng va chap
tomoniga ko‗chatlar qadaladi, qarovsiz ko‗chatlar pajmurda holga kelib, qurib
qoladi. Keyingi yillarda o‗sha trassaga ekilgan ko‗chat va gullarga bog‗bon va
parvarish qiluvchilar qo‗shildi. Tegishli o‗rinlarga kuzatuvchi post ham o‗rnatildi.
Hozirgi kunda trassaning yonlarida yashil manzaralar hosil bo‗lgan. Bu holning
amalga oshishida ―Matmusaning bog‗i‖ latifasi o‗rnak va tegishli xulosalarni
berishi turgan gap.
Erkin Vohidovning ―Donishqishloq latifalari‖ turkumida Matmusaning
afandiyona qilmishlaridan kulsakda, lekin ularning zamirida achchiq haqiqat ufurib
turishi ibratli hodisadir.
Adabiyotlar ro‗yxati:
1. Vohidov E. Saylanma. – T., Sharq, 2015 y.
2. Vohidov E. She`rlar, – T., Sharq, 2016 y.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |