ERKIN VOHIDOVNING SHE`RIY TURKUMLARI
Obidaxon FAYZULLAEVA,
filologiya fanlari nomzodi
, dotsent
(GulDU)
Erkin Vohidov xassosqalb shoir bo‗lib, uning she`riyatining zalvori va
nufuzi individual she`riyat haqidagi tasavvurlarni boyitishga yetarlicha manba
vazifasini o‗tashiga shubha qilmasa ham bo‗ladi.
Ma`lumki, turkumlilik o‗zbek
she`riyatida qadimdan shakllanib
kelayotgan hodisalardan biri sanaladi. Erkin Vohidov she`riyatida ham she`riy
turkumlarning o‘ziga xos shakllarini uchratish mumkin. Xususan, shoirning
“Kavkaz she`rlari” turkumi, Kanada turkumi, “Donishqishloq latifalari”
turkumi kabilar shular jumlasidan.
Lirik turkumlilik haqida muxtasar ma`lumot beradigan bo‗lsak, lirik
turkumlilik – bu muallif tomonidan ma`lum bir ketma-ketlikda birlashtirilgan
mustaqil asarlar to‗plami bo‗lgan badiiy tizimdir. Turkumning murakkab
yaxlitligini qo‗llab-quvvatlovchi yadro bu – lirik qahramon obrazi. ―Lirik
turkumlilikning qiymati har doim uning tarkibiy qismlari qiymatlarining
yig‗indisidan kattaroqdir, chunki o‗zaro turkumni tashkil etuvchi unsurlar, ularning
o‗zaro ta`siri butun turkumning yangi ma`nosini keltirib chiqaradi, ma`noda katta
rol o‗ynaydi‖. [3, 11] Lirik turkumning quyidagi o‗lchamlari ajralib turadi:
umumiy sarlavha, matnning barqarorligi, she`rlarning mavzuviy yaqinligi, motiflar
va ramziy tasvirlar orqali kompozitsiyaning umumiy tamoyillari, fazo-vaqt
davomiyligi, umumiy poetik hajm yoki ritm.
Mana shu jihatlariga ko‗ra o‗rganilganda, Erkin Vohidovning ―Kavkaz
she`rlari‖ turkumi shunday xususiyatlarga ega.
Ushbu turkum tarkibidagi shoirning ―Yelkan‖ she`ri Boku ko‗rfazida suzib
ketayotgan oq yelkanli qayiq tavsifi bilan, ―Ararat cho‗qqisiga‖ she`ri bulutlarga
bo‗y cho‗zgan yuksak tog` cho‗qqisiga lirik qahramonning murojaati bilan,
―Azganush‖ she`ri go‗zal arman qiziga oshiq shoir yigitning dil izhori bilan,
―Ayrilish‖ she`ri oshiq o‗zbek yigitining Kavkazdagi suyukli yori bilan o‗z yurtiga
ketish oldidan ayrilishning azobli onlari ifodasi bilan, ―Fuzuliy haykali qoshida‖
she`ri ushbu buyuk ozar shoiriga o‗zbek shoirining yuksak ixlosi izhori bilan,
―Xayrlashuv‖ she`ri Kavkaz yurti bilan lirik qahramon bo‗lgan shoirning
xayrlashuv onlari tavsifi bilan jamlanganiga guvoh bo‗lish mumkin.
Har bir she`rning lirik qahramoni bo‗lgan o‗zbek shoiri o‗zga fusunkor
yurtning manzaralaridan hayratini yashira olmaganligi, shu yurt go‗zallari tavsifiga
ham o‗rin ajratganligi, bir oshiq yigit sifatida ularga ko‗ngil berganligi va qisqa
muddatli safar chog`ida unga izhori dil qilishga ham ulgurmaganligini ko‗rish
mumkin. demak, ushbu she`rda turkum she`rlardan talab qilinadigan yagona lirik
qahramonning mavjudligi tamoyili ham o‗z ifodasini topgan ekan.
Keyingi turkum ―Kanada turkumi‖ bo‗lib, ushbu turkum tarkibiga shoirning
―Kalgarida soat o‗n ikki‖, ―Auksion‖, ―Arslon o‗rgatuvchi‖, ―Ko‗cha chetidagi
48
ayol‖ kabi she`larini kiritish mumkin. Ushbu she`rlarda ham lirik qahramon
Kanadaga safari taassurotlarini tavsiflayotgan musofir shoirdir.
―Kalgarida soat o‗n ikki‖ she`rida bu o‗lka Kovboy – cho‗ponlar (aslida
qoramol boquvchilar) vatani ekanligi, u yerda soat tushgi o‗n ikki bo‗lganida
Toshkentda soat tungi o‗n ikki bo‗lishi, ularda quyosh tikkada turib qizdirganida,
bizda tungi sokinlik paytida insonlar orom olayotgani haqidagi o‗ylar aks ettiriladi.
She`rning nihoyasi ham o‗ziga xos:
Ajab,
Kovboylar makonida
Kovboylardek qadam tashlayman.
Yer sharining ters tomonida
Toshkent vaqti bilan yashayman [1, 290].
deya tamomlashidan lirik qahramonning o‗zi qayerda bo‗lsa ham qalbi o‗z Ona
vatani bilan ekanligini ilg`ash mumkin.
Shoirning ―Auksion‖ she`rida bozorning ulgurji savdo ko‗rinishi bo‗lgan bu
shaklida yuz berayotgan voqelik xususida so‗z boradi. Undagi g`ovur-g`uvur,
ishbilarmonlar uchun har bir lahzaning g`animatligi kabi jihatlar alohida
ko‗rsatilgan.
E.Vohidovning ―Arslon o‗rgatuvchi‖ nomli mashhur she`ri ham shu
turkumdan bo‗lib, u ―Vankuver tomoshagohida‖ degan izoh bilan chop etilgan.
She`rning asosiy g`oyasi insoniyatning abadiy muammolaridan biri bo‗lgan erk
tushunchasi bo‗lib, shoir ushbu she`rda sher kabi o‗rmonlar shohi bo‗lgan
hayvonning erki masalasini insonning tirikchilik ko‗yidagi erki masalasiga
yondosh qo‗yib, har ikkalasidagi hayotning ayanchli haqiqatini ochib ko‗rsatishga
erishadi. Shoir she`rdan nazarda tutilgan g`oyaviy maqsadni amalga oshirish uchun
intoq san`atidan unumli foydalanadi. Olovli halqadan qamchi yordamida sakrashga
da`vat qilayotganga qarata:
- Ojiz odam!!
Bas, boshimdan qamchi o‗ynatma!
... Bor!
Olovdan sakramasman!
Bo‗lma ovora!
Bilasanmi –
Men kimmanu sen kim, bechora! [1, 293]
kabi vahshatli so‗zlar bilan tahdid qilishi va unga insonning javobi muammoning
hal bo‗lishiga olib keladi:
Holatimga tushun,
Isyon qilma, birodar,
Charx oldida ikkimiz ham
Asli barobar.
Garchi arslon o‗ynataman,
Garchi men – Odam,
Oy so‗ngida qand kutaman
Xo‗jamdan men ham [1, 293].
49
Ya`ni, arslon o‗rgatuvchi ham o‗z xo‗jasi oldida ojiz, u ham bola-chaqasi va
tirikchiligi uchun ―qand‖ – maoshini kutib, o‗shanga intiq bo‗lib yashaydigan
banda. She`r ham o‗z xojasi bo‗lgan arslon o‗rgatuvchidan yemak kutadi, usiz
halok bo‗lishi aniq. Har ikkalasining ham yashash uchun kimgadir bo‗ysunishi, o‗z
yemagiga yarasha xizmat qilishi zarurati ulardagi umumiy jihat bo‗lib, ushbu hayot
haqiqati sherday ulug`vor jonivorni ham larzaga keltiradi:
-
Bo‗ldi, bas qil!
Yuragimni qon qilma, inson!
O`t olsin bu charxi falak
Risqu ro‗zini!..
Arslon olov chambarakka
Otdi o‗zini [1, 294].
Ko‗rinadiki, arslon oddiy hayot haqiqati bo‗lgan erk tushunchasi tirikchilik
va yemak muammosi oldida oyoqosti bo‗lishi hech gap emas ekanligini anglab
yetadi. Insonlar o‗z erkini o‗z qo‗llari bilan sohiblarga, boshliqlarga, xojalarga
berib qo‗yishidan g`azabga keladi.
Shoirning ―Alisher Navoiy kemasi‖ she`rida shoir Bahri muhit aro kezib
yurgan Alisher Navoiy kemasini ko‗rgan shoirning hayratlari aks ettirilgan.
Hayajon ko‗nglimda, hayrat aqlimda,
Olis qirg`oqdaman – bu nechuk timsol!!
Yarim ming yil osha o‗zga iqlimda
Bundoq uchrashuvni kim etmish xayol [1, 294].
Shoir ta`riflayotgan kema xayol mahsuli bo‗lib, u lirik qahramon bo‗lgan
shoirning shuurida namoyon bo‗lgan. Bu balki Navoiyning ushbu uzoq o‗lkalarda
ham ijodkorlar tomonidan chuqur ehtirom bilan e`tirof etilishining ifodasi bo‗lishi
ham mumkin.
Mahshargacha uyg`oq buyuk Alisher
Jahon ummonida kezib yuripti [1, 295].
She`rdan Navoiy dahosiga e`tirof zamonlar osha bardavom ekanligi va
Navoiy ruhi jahon bo‗ylab kezishi esa uning yodi hamisha qalblarda ekanlig, ushbu
daho ijodkor hech qachon unutilmasligi xususida deyish mumkin.
Ushbu turkumdagi ikkita she`rning lirik qahramonlari poetik obrazlarning
o‗zidir. Bular ―Unutish qo‗shig`i‖ she`ridagi ko‗cha chetida yotgan insonlar
tomonidan unutilgan odam bo‗lsa, ikkinchisi ―Ko‗cha chetidagi ayol‖ she`ridagi
yengiltabiat ayol obrazlaridir. Har ikkalasi ham yashayotgan muhitlarida jamiyat
chiqindilari darajasidagilar bo‗lsa ham shoir ular tilidan so‗zlab, ularning ham
insonlar ekanligini, ular ham yashashga haqli ekanligini, ularning bu holatlari
noilojlikdan ekanligini uqtirish orqali o‗sha jamiyatda gumanizm tushunchasiga
munosabatni ko‗rsatgandek bo‗ladi. ―Unutish qo‗shig`i‖ she`rida:
Yo‗l chetida behol yotibman,
Ne bo‗ldi, deb so‗rar odam yo‗q.
Olam uchun yo‗qman tamoman,
Bunday olam men uchun ham yo‗q [1, 296].
50
deyish orqali o‗zi yashayotgan olamdan uchun begona bo‗lib qolgan odamning bu
olamni unutib, ya`ni jamiyatdagi qonun-qoidalarga, axloqiy normalarga
bo‗ysunmagan holda, beqarov va abgor ko‗yga tushib, o‗zligini ham unutib,
irodasizlik qilib yotganligini ko‗rish mumkin.
―Ko‗cha chetidagi ayol‖ she`rida ham lirik qahramon bo‗lgan o‗sha ayol o‗zi
yashayotgan chirkin jamiyatni ―ozod yurt‖ deya atab, uning ―kasbi‖ qonuniy
ekanligini, hech kim uni cheklashga haqqi yo‗qligini aytib o‗tish orqali, faxsh va
fujur ushbu jamiyatda norma sifatida qabul qilinganligini ta`kidlaydi.
Umuman, Kanada turkumidagi she`rlarda ushbu yurtga qilingan safarning
turfa taassurotlari aks ettirilganligini, lekin turkumdagi she`rlarda yagona lirik
qahramon
nutqi
bayon
qilinmasdan,
poetik
obrazlar
nutqidan
ham
foydalanilganligi, shoirning bu mavzudagi she`rlarning maqsadidan kelib
chiqqanligini ko‗rish mumkin.
Erkin Vohidovning yana bir turkumi ―Donishqishloq latifalari‖ she`rlari
bo‗lib, ushbu turkumdan o‗n yettita mustaqil she`rlar o‗rin olganlgidan uning
salmog`ini ko‗rish mumkin. Ushbu mashhur turkum hajviy she`rlar jamlanmasi
bo‗lib, undagi she`rlar satirik va yumoristik mazmunda ekanligiga ko‗ra ham
ajratilishi mumkin.
Turkumning ilk she`ri ―Matmusaning qishlog`i‖ deb atalib, bu she`r
turkumning asosiy qahramoni bo‗lgan Matmusa yashaydigan Donishqishloq
haqidagi umumiy tasavvurni beruvchi turkumning kirish qismi deyish mumkin.
Kitob bo‗lar ta`rifi,
Yozsa ming bir sahifa.
Donishqishloq ahlidan
Tinglang uch-to‗rt latifa... [ 1, 507]
Asardagi Matmusa o‗zbek xalq og`zaki ijodidagi Afandi obraziga o‗xshab
ketadi. Afandi latifalarda ikki xil shaklda ko‗rinadi: biri – o‗z oilasi davrasida,
ikkinchisi – jamiyat kishilari orasida. Matmusa ham xuddi shunday holatda
namoyon bo‗ladi. Shoir muqaddima she`rda aytganidek, keyingi she`rlarda
Matmusa haqidagi latifalar tizimi ko‗zga tashlanadi.
Turkumdagi ―Matmusaning qalpog`i‖, ―Matmusaning lagani‖, ―Qiziquvchan
Matmusa‖, ―Matmusaning mehmondo‗stligi‖, ―Matmusa va o‗g‗rilar‖ kabi she`rlar
yumor yo‗li bilan yozilgan bo‗lib, ularda qalpoqni ―yuvgan‖ Matmusaning
pirovardida o‗sha qalpoqni ichkilik haqiga berib ketishi, bozordan lagan sotib
olgan Matmusaning uning keyingi holatini o‗ylab, sindirib, qaytadan chegalatib
olishi kabi ―omilkorligi‖dan butun qishloq qoyil qolishi, yangi bo‗yalgan
simyog`ochga uning tepasiga yopishtirilgan qog`ozdagi yozuvni o‗qiyman, deya
chiqib, yangi kiygan ishton-ko‗ylagini bo‗yoq qilishi, o‗zi qutqargan shaharlikni
o‗z galstugidan daraxtga osib, ―quritib‖ qo‗yishi, uni talagan o‗g‘rilarning ovozi
chiqmasligi uchun chalgan karnaylari bilan to‗ylardagi chalingan karnayni
adashtirib qo‗yishi kabilar shular jumlasidan.
Turkum tarkibidagi ―Matmusaning charxpalagi‖, ―Matmusaning uylanishi‖,
―Matmusa – rassom‖, ―Matmusaning dutori , ―Tandir kiygan Matmusa‖,
―Matmusaning qo‗shig`i‖, ―Matmusaning Amerika ochishi‖, ―Matmusaning
51
haykali‖, ―Matmusaning eshak sotgani‖, ―Matmusaning bog`i‖ kabi she`rlar
satiriklik jihati yetakchi bo‗lgan she`rlardir. Ularda jamiyatda mavjud illatlar
zaharxanda kulgu orqali qoralanadi. Xususan, yakka shaxsga sig`inish,
―katta‖larning yo‗rig`idan chiqmaslik, jamiyatning ongsiz vakili kabi o‗zining
mavhum
kelajakka
tomon
odimlash,
buyruqbozlikka
ko‗nikmaning
shakllantirilganligi, mavjud ―tizim‖larning xizmatida bo‗lish, o‗z manfaati uchun
haqni nohaq deyishga tayyor bo‗lish, mehnat qilgan kishining chetda qolib,
tekinxo‗rlar ―telefonli‖ amaldorlarning hosilga ega chiqishi kabilar shular
jumlasidan. So‗nngi she`rning xulosasi ham shunga yarasha:
O`zingiz bir hisoblang
Xodim ko‗pmi, qumursqa...
Kirib oling siz ham bir
Telefonlik yumushga [1, 534].
Umuman, ushbu turkumning o‗ziga xos jihatlari undagi she`rlarning yagona
qahramoni – Matmusaning mavjudligi, yagona makon – Donishqishloqdagi
hangomalar aks ettirilganligi, yagona zamon, ya`ni Matmusa yashayotgan zamon
tasvirlanganligi, she`rlarning hammasi hajviy usulda yozilganligi, g`oyaviy-
mavzuviy jihatdan umumiy mazmunni, ya`ni Matmusa bilan bog`liq latifalar
tasviriga bag`ishlanganligi, she`rlardagi yaxlit tasvir noma`lum, ya`ni hayotda
borligi gumon bo‗lgan makon bo‗lsa-da, badiiy to‗qima uchun o‗rinli bo‗lgan
shartli-kinoyaviy nomlangan Donishqishloq tushunchasining mavjudligi kabilarda
aks ettirilgan.
―Lirik turkum shoirga voqelikning yaxlit tushunchasini, dunyo va odamning
yaxlit nuqtai nazarini ifoda etishga imkon beradi, shu bilan birga lirikaga xos
xususiyatlarni saqlab qoladi‖ [3, 34].
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidov yaratgan she`riy
turkumlarda voqelik yaxlit holatda aks ettilgan. Bu turkumlarning Kanada,
Kavkaz, Donishqishloq kabi nomlaridanoq seziladi. Inson va borliqning yaxlitligi
ham she`rlardagi liri kqahramonlarning o‗zi harakatlanayotgan muhitga
munosabatlarida o‗z ifodasini topgan. Turkumning asosiy mavzusi, xarakterli
tasvirlari, matnning subyektiv tashkil etilishi, intertekstuallik aloqalari,
kompozitsiyasi, mavzu dinamikasi va xronotopi kabi jihtlarida yaxlitlikning
mavjudligi uning turkum ekanligining yaqqol isboti bo‗la oladi. Bu jihatlarning
amaliy ifodasi Erkin Vohidov she`rlarida o‗z ifodasini topgan deya to‗la ishonch
bildirishimiz mumkin.
Adabiyotlar:
1.
Erkin Vohidov. Tanlangan asarlar. – T., Sharq, 2016. - 696 bet.
2.
Muhammad Ali. She`riyatimizning porloq yulduzi. (E.Vohidov Saylanmasiga
so‗zyuoshi). –T., Sharq, 2016. 5-10- betlar.
3.
Qosimova A.R. Lirik turkumlilik Anna Axmatova ijodidagi doimiy uslub sifatida.
Filol. fanlari nomzodi… diss. avtoreferati. – M., 2011. - 26 b.
4.
Yo‗ldoshev Q. So‗z yolqini. –T., G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi. 2018. – 504 bet.
52
5.
Хализев В.Е. Теория литературы. Поезия и проза. М., Высшая школа, 1999.
Стр. 236-239.
Do'stlaringiz bilan baham: |