Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


ERKIN VOHIDOV LIRIKASIGA SAYOHAT



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

ERKIN VOHIDOV LIRIKASIGA SAYOHAT 

Jamila XOLMURADOVA,  

filologiya fanlari nomzodi, dotsent (TAQI) 

  


55 

 

Erkin  Vohidov  oʻquvchilik  yillarida  sheʼr  yoza  boshlagan.  Ilk  sheʼri  14 



yoshida  „Mushtum―  jurnalida  chop  etilgan.  Shoirning  ilk  sheʼrlari  toʻplami 

boʻlmish  „Tong  nafasi―  kitobi  1961-yil  bosilib  chiqqan.  1987-yil  „Shoiru,  sheʼru 

shuur: Adabiy esselar― nomli asari nashr qilingan.  

Erkin  Vohidov  zamonaviy  milliy  adabiyotida  sermahsul  ijod  qilgan  yorqin 

namoyanda  sifatida  ulug‗lanadi.  Adib  ijodining  juda  katta  qismini  she`riy  asarlar 

tashkil  etadi.  Shu  o‗rinda  shoirning  she`riy  to‗plamlarini  keltirib  o‗tishni  lozim 

topdim:  „Tong  nafasi―  (1961),  „Qoʻshiqlarim  sizga―  (1962),  „Yurak  va  aql― 

(1963),  „Mening  yulduzim―  (1964),  „Nido―  (1965),  „Lirika―  (196),  „Quyosh  5), 

„Palatkada  yozilgan  doston―  (1967),  „Yoshlik  devoni―  (1969),  „Charogʻbon― 

(1970maskani―  (1972),  „Dostonlar―  (1973),  „Muhabbat―  (1976),  „Tirik 

sayyoralar― (1978), „Ruhlar isyoni― (1980), „Sharqiy qirgʻoq― (1980), „Kelajakka 

maktub― (1983), „Bedorlik― (1985), „Hozirgi yoshlar― (1986), „Saylanma―(1986), 

„Birinchi  jild:  Muhabbatnoma―  (1986),  „Ikkinchi  jild:  Sadoqatnoma―  (1986), 

„Daraxtlar  suhbati―  (1988),  „Iztirob―  (1991),  „Kuy  avjida  uzilmasin  tor―  (1991), 

„Oʻrtada begona yoʻq― (1991), „Yaxshidir achchiq haqiqat― (1992), „Qumursqalar 

jangi―  (1993),  „Saylanma―(1993),  „Birinchi  jild:  Ishq  savdosi―  (2000),  „Ikkinchi 

jild:  Sheʼr  dunyosi―  (2001),  „Uchinchi  jild:  Umrim  daryosi―  (2001),  „Toʻrtinchi 

jild:  Koʻngil  nidosi―  (2001),  „Orzuli  dunyo―  (2010),  „Tabassum―  (2012),  „Soʻz 

latofati―  (2014),  „Yangi  sheʼrlar―  (2014),  „Zamin  sayyorasi―  (2014),  „Inson― 

(2015), „Birinchi jild: Bahor tarovati― (2015), „Ikkinchi jild: Yoz harorari― (2015), 

„Uchinchi  jild:  Kuz  saxovati―  (2015),  „Toʻrtinchi  jild:  Qish  halovati―  (2015), 

„Beshinchi jild: Qalb sadoqati― (2018) (proza), „Oltinchi jild: Erk saodati― (2018) 

(proza),  „Tabassum―  (2017),  „Mening  yulduzim―  (2018),  „Tanlangan  asarlar― 

(2018),  „Tarixingdir  ming  asrlar  ichra  pinhon,  oʻzbegim―  (2017)  (Afgʻonistonda 

arab  yozuvida  chop  etilgan),  „Arvohlar  qoʻzgʻaloni―  (original  asar  nomi  „Ruhlar 

isyoni―)  (2018)  (Afgʻonistonda  arab  yozuvida  chop  etilgan),  „Dilda  ishq 

daryochadir― (2019), „Oʻzbegim― (2019) kabi. 

Uning  birinchi  she`ri  14  yoshida,  7-sinfda  o‗qib  yurgan  kezlarida  chop 

etilgan.  U  16  yoshga  kirganda  «Manzara»  nomli  she`ri  bosildi.  Unda  tabiat 

go‗zalligi samimiy tasvir etilgan bo‗lsa, ko‗p o‗tmay, u do‗stlariga qarata: 

Istaymanki, xurramlik bo‗lsin, 

Sho‗x qahqaha bog‗lasin qanot. 

Kuy shalola yanglig‗ quyilsin, 

Qo‗shiq bo‗lib tuyulsin hayot, 

-  deb,  ijodning  katta  karvoniga  o‗zining  yaxshi  niyati,  katta  umidi,  pokiza  qalbi 

bilan kirib keldi. 

Shoirning ―Tong nafasi‖ (1961), ―Qo‗shig‗im sizga‖ (1962), ―Aql va yurak‖ 

(1963),  ―Mening  yulduzim‖  (1964)  kabi  to‗plamlariga kirgan ko‗pchilik  she`rlari 

uning  badiiy  tafakkurida  ham,  poetik  uslubida  ham  o‗sish,  ulg‗ayish  sezila 

boshlaydi.  Endi  shoir  oddiy  hayotiy  tasavvurlardan  ancha  chuqur  fikrlash  sari 

ko‗tariladi.  Ayniqsa,  ―Fursat  –  oltin‖,  ―Inson‖  kabi  she`rlarida  shoirning  hayot 

haqidagi tasavvuri yana ham chuqurlashadi. 




56 

 

U  inson  haqida  madhiya  o‗qib:  ―Yerni  go‗zal  qilgani  sayin,  Go‗zal  bo‗lar 



o‗zi  ham  inson‖,  degan  xulosaga  keladi.  Mehnatni,  go‗zallikni,  ezgulikni 

ulug‗laydi.  Xuddi  shu  davrda  shoir  ijodida  yana  bir  muhim  intilish  paydo  bo‗la 

boshlaydi.  U  endi  mumtoz  adabiyotimiz  an`analaridan  oziq  izlab  topadi.  Uning 

«G‗uncha»,  ―Azganush‖,  ―Fuzuliy  haykali  yonida‖  kabi  she`rlari  bu  boradagi 

dastlabki  dadil  izlanishlari  edi.  Binobarin,  shoir  ijodida  janr  va  uslub  rang-

barangligi  qatori  mavzular  doirasi  ham  kengayadi.  ―Chirchiq‖,  ―Do‗stim‖, 

―Olimlarning  rafiqalariga‖  kabi  she`rlarida  shu  holat  ko‗zga  yaqqol  tashlanadi. 

E.Vohidov  ijodida  g‗azal,  qasida,  muxammas  kabi  janrlar  shakllanib  boradi.  U 

mumtoz  adabiyotning  bu  sohadagi  tajribalarini  boyitish,  mukammallashtirishga 

intiladi.  Ayniqsa,  ―Yoshlik‖  (1969)  devoniga  kirgan  she`rlar  bu  jihatdan 

e`tiborlidir. 

Shoir  xuddi  shu  davrdan  boshlab  dunyo  kezdi,  dunyoni  ko‗rdi,  dunyoni 

tanidi.  Ana  shu  taassurotlari  asosida  ―Tirik  sayyoralar‖  (1978),  ―Sharqiy  qirg‗oq‖ 

(1981)  kabi  yangi  she`riy  to‗plamlarini  tashkil  etgan  she`rlarini  yaratdi.  Inson 

taqdiri,  uning  baxti  va  kelajagi  shoir  ijodining  mavzuiga  aylanadi.  Uning 

―Kelajakka  maktub‖  (1983),  ―Yaxshidir  achchiq  haqiqat‖  (1992)  to‗plamlariga 

kirgan she`rlarida buyuk, pokiza, haqgo‗y va bedor insonni kamol toptirish g‗oyasi 

yetakchilik qiladi. Xuddi shu o‗rinda faylasuf shoirning kelajak haqidagi bashorati 

o‗zining  yorqin  ifodasini  topgan  satrlarini  chetlab  o‗tolmaymiz.  Uning  «Vatan 

istagi», ―Devona haqgo‗y‖, ―Iztirob‖ kabi she`rlari bu jihatdan alohida ahamiyatli. 

Shoir ―Vatan istagi‖ she`rida sobiq SSSR mavjudligidayoq: 

Bu vatandan bir Vatan qurmoqni istaydir ko‗ngil, 

 O‗zni ozod qush kabi ko‗rmoqni istaydir ko‗ngil, - deya bo‗lg‗usi mustaqil 

Vatan – O‗zbekistonni ko‗rishni istadi. 

Shuni ham alohida qayd etish lozimki, shoir  she`riyati o‗zining ikki muhim 

xususiyati  bilan  o‗zga  tengdosh  shoirlar  ijodidan  farqlanib  turadi.  Avvalo,  Erkin 

Vohidov  –  shoir  deganda  klassik  adabiyotimizning  ming  yillik  go‗zal  va  boy 

an`analarini  hozirgi  davrda  yangi  pog‗onaga  ko‗tarayotgan  falsafiy  shoir  ko‗z 

o‗ngimizda  namoyon  bo‗ladi.  Qolaversa,  inson  va  jamiyat  muammosi  shoir 

she`riyatining  bosh  o‗zagini  tashkil  etadi.  U  xoh  tabiat  haqida,  xoh  muhabbat 

haqida,  xoh  paxta  va  paxtakor  haqida,  xoh  xorijiy  mavzuda  bo‗ladimi  hamma-

hamma  o‗rinda  jamiyat  taqdiri,  inson  kelajagi  haqida  o‗zining  falsafiy 

mushohadalarini o‗rtaga qo‗yadi. Shoir «Inson» she`rida: 

Sobitu sayyorada inson o‗zing, inson o‗zing 

Mulki olam ichra bir hoqon o‗zing, sulton o‗zing, –  

degan xulosaga kelishi ham fikrimizning dalili desa bo‗ladi. 

  

Erkin  Vohidov  faqat  ijtimoiy-ishqiy  she`riyat  yaratib  qolmay,  balki  hajviy-



yumoristik  she`rlar  muallifi  hamdir.  Uning  «Manfaat  falsafasi»,  «Sen  menga 

tegma»,  «Majlis  qiling»,  «Donish  qishloq  latifalari»  kabi  she`rlarida  ham  kamoli 

inson uchun kurash muammosi bosh g‗oyani tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qator 

ajoyib  dramatik  dostonlar  muallifi  sifatida  ham  ma`lum  va  mashhurdir.  Xususan, 

uning  ―Ruhlar  isyoni‖,  ―Istambul  fojeasi‖  kabi  dostonlari  o‗zining  badiiy 

barkamolligi, o‗tkir dramatik xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Ayni chog‗da 




57 

 

u mohir dramaturg hamdir. Uning «Oltin devor» asari ko‗p yillardan buyon Hamza 



nomli teatr sahnasidan tushmay kelishi ham shundandir. 

Adabiyot oldidagi ana shu xizmatlari uchun u O‗zbekiston Respublikasi xalq 

shoiri, Hamza mukofoti sovrindori bo‗ldi. 

  

Erkin  Vohidov  otashin  va  xassos  ijodkor  sifatida  xalqimiz  qalbida  o‗ziga 



mangulikka haykal qo‗ya olgan inson sifatida qadrlanadi.  

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Mirvaliyev  C,  Shokirova  R.  O‗zbek  adiblari,  –  Toshkent:  G‗.G‗ulom 

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2016. - 436 b.  

2.Hozirgi  o‗zbek  adabiyoti.  O‗quv  qo‗llanma.  –  T.,  Fan  va  texnologiya, 

2009. - 416 b.  




Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish