ERKIN VOHIDOV IJODIDA NAVOIY TIMSOLI TALQINI
Faxriddin SHODIYEV,
filologiya fanlari nomzodi (SamDU)
―Alisher Navoiy asarlari bugun har bir xonadon uchun aziz va muqaddas‖
[1, 3]. Uning timsolini ijodda yaratish va ilohiyona hikmatlarini olam aro targ‗ib
qilish ham Erkin Vohidovlarga og‗ir bo‗lgan. Negaki, kimligingni hatto
aytolmagan zamonlarda buni amalga oshirish qiyomat edi. Zotan, do‗zaxning
labida yashash, ayniqsa, ijod qilish, buning ustiga Dilini saqlab qolib SO‗Z aytish
mangu mushohadaga chorlaydi. Zero, sho‗roning qattol tuzumi Erkin Vohidovning
ham ―o‗zligi‖ni xorlaydi. Ammo bu ijodkor Vatan uchun, xalq uchun Qaqnus
bo‗lib porlaydi. O‗zbek boboga o‗xshagan bu ulkan ijodkor haqida, uning sof
o‗zbekcha asarlari borasida Geyote jildlari kabi yuzdan ortiq sharhlar bitish
mumkin. Chunki ularda O‗zbek qalbi koinotday ochib berilgan, elimizning ming
bir fazilatlari madrasa g‗ishtlariday terilgan. Bu ishda biz E.Vohidov ijodidagi
Navoiy timsoliga va unga hamon saqlanib turgan munosabatga e`tiboringizni
qaratmoqchimiz. Darhaqiqat, Alisher Navoiy siymosi ―olam ahli‖ga, inson qalbiga
ma`naviyat quyoshidir. Bu oftobdan to‗qqizinchi fevraldan boshqa kunlari ham
ziyo olishga millatning haqi bor…
―Alisher Navoiyni anglash va his qilish o‗zbek xalqi tarixini, madaniyatini,
qalbi ehtiyojlarini, o‗zligini anglash va his qilish demakdir. Shunday ekan,
Navoiyni, umuman mumtoz adabiyotni bilish har bir o‗zbek farzandi uchun ham
qarz, ham farz‖ [2, 7]dir. Bu da‘vat qalb da‘vatidir. Shior eslaydi: ―Bir vaqtlar
ustoz shoir Mirtemir aytgan so‗zlar yodimda qolgan. ―Men Navoiyning suvratiga
qarashga uyalaman. Negaki, u buyuk daho asarlarining mag‗zini chaqib ulgurgan
emasman‖. Bu albatta kamtarinlik bilan aytilgan so‗z edi. Lekin bu so‗zlardagi
haqiqat shu ediki, jamiyatimiz o‗zi Navoiyni anglash va his etish darajasiga
yetmagandi, bugun ham yetgan emas. Faqat yetish yo‗lida qadamlar tashlanmoqda,
desam to‗g‗ri bo‗lar. Biz bugun hazrat Navoiy ruhi oldida tavba-tazarrular
qilishimiz kerak. O‗zimizni uni avlodlari, merosxo‗rlari sanab, ko‗ksimizga urib,
ulug‗ bobomiz bilan faxrlandik, olamga jar soldik, lekin buyuk Navoiy dahosini
san`ati va falsafasini teranligi bilan anglab etmadik‖ [3, 254-255]. Albatta, bu
o‗tlug‗ undovlar Shoirlik arshidan turib aytilmoqda. Chunki buyuklar uchun
Shoirlik:
Shoirlik – bu shirin jondan kechmakdir,
Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir.
Shoirlik – jigarni ming pora etmak,
Bag‗ir qoni bilan satrlar bitmak [4, 184].
Bu shoirlik talabiga javob berish uchun kamida Navoiy bo‗lish kerak-ov?! Aslida
Allohga ming bora shukrlar bo‗lsinki, dillardagi dardlar tilga ko‗chayotgan
zamonlarga yetib keldik. Ammo yuzlab ham ijtimoiy, ham ilmiy-falsafiy
53
muammolarimiz qalashib yotibdi. Chunki o‗zbekchilik kun otardan to kun
botargacha ―mardikorchilik‖ka botibdi. Ayniqsa, ma`naviy cho‗kish qalblarni
qaqshatadi. Misol tariqasida Davlar tilimizni o‗z yurtidagi amaldagi o‗rniga bir
falsafiy qarang va o‗z-o‗zingizdan sababini so‗rang! Bu yurtda qachondan beri
yolg‗onchilik ―to‗r‖ga chiqib oldi. Oriyatimiz, g‗ururimiz qayda, qachon qoldi?
Shoir bir paytlar to‗lg‗onib-qon yig‗lab bitgan ekan:
O‗zbek Navoiyni o‗qimay qo‗ysa,
Oltin boshni kalla bo‗lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa?
Qora sochning malla bo‗lgani shudir…
O‗zbek Navoiyni o‗qimay qo‗ysa,
Aldangani, alla bo‗lgani shudir.
Yulg‗uch aziz bo‗lib, bilgich xor bo‗lsa,
Paytavaning salla bo‗lgani shudir [5, 235].
Nega Elimiz deyarli faqatgina to‗qqizinchi fevralda Alisher Navoiysini eslab
qoladi?! Bu kun butun olam eslaydi-ku! O‗zbekistondagi, ayni damdagi AQSH
elchisi Navoiyni o‗qib dahshatga tushgan ekan: Know, all human kind: the greatest
curse is enmity; the greatest blessing – amity. Ammo shohbaytlarni o‗girmasi
puxtaligiga ham ikkilanganmi u shaxsh bu oltin baytni o‗zbekchasiga qoyillatib
o‗tgan to‗qqizinchi fevralda so‗zladi va bu chiqishidan dunyo xalqlari ham
Navoiyni chuqurroq o‗qishi kerakligini ko‗zladi:
Olam ahli bilinggizkim, ish emas dushmanlig‗,
Yor o‗ling bir-biringizgaki, erur yorlig‗ ish [6,78].
Yana yetmaganiga Elchi janoblari Navoiysi bilan O‗zbek xalqini qutladi. Biz
bu qutlovlardan odilona xulosalar chiqarayanmizmi? Yaxshyam, Elchi janoblari
mana bu satrlarni o‗qimaganga o‗xshaydi:
Aql ila olam yuzin obod qil,
Xulq ila olam elini shod qil [7, 5].
Bu iboralar: ―olam ahli‖, ―olam yuzi‖, ―olam eli‖ qachon aytilgan, qaysi xalq
tarafidan aytilgan. Biz qayerlarda qolib ketdik?! Bu kun Navoiyning ko‗zga
surtgulik pokiza etagiga g‗o‗r boshimiz yetadimi? Ilm bu kun boshimizdami yoki
ko‗z yoshimizdami? Navoiy nega bizga: ―Kamol et kasbkim, olam uyidan, Senga
farz o‗lmag‗ay g‗annok chiqmoq‖ yoki ―Quyoshliq istasang kasbi kamol et‖ [8, 5]
deb ishongan edi? Bu ishonchlarni qachon oqlaymiz? Nechun shoirimiz ―dod‖
soladi: ―Navoiy ijodini tahlil qilib kimlar fan nomzodi, doktor va undan baland
unvonlarga muyassar bo‗lmadilar. Navoiy ne-ne shoirlarga, rassomlarga,
haykaltaroshlarga ilhom bermadi. Navoiy qanchadan-qanchalarimizni mansab
kursisi, mo‗may maosh, ulgurji qalam haqi bilan ta‘minlamadi. Lekin biz
hammamiz bir bo‗lib, o‗zimizning bor ilmiy zakovatimiz, ijodiy qobiliyatimiz,
zamon bergan tajribamizni ishga solib Navoiyni kommunistik mafkuraga xizmat
qildirmoqchi bo‗ldik, bu ulkan ijodiy ummonda g‗avvos bo‗lib, undan dur-javohir
termadik, balki ana shu mafkuraga mos tushadigan so‗zlar yig‗dik.
Bir maktab bolani turg‗azib, Navoiyning qanday so‗zlarini bilasiz, deb
so‗rasangiz, hamma o‗quvchilar bir ovozdan: ―Odamiy ersang demagil odami,
54
Oniki yo‗q xalq g‗amidin g‗ami‖ deb javob beradi. Negaki, maktab devorlarida,
dam olish uylarining bezaklarida, kinolar, teatrlar, klublar – hamma yerda
Navoiyning shu so‗zlari yozilgan. Go‗yo Navoiy boshqa so‗z aytmaganday…
Navoiyning bizlarga olib bergan unvonlari evaziga biz uning ijodini
boshdan-oyoq ters tahlil qildik…dostonlarini ham qatag‗onlik qaychisidan omon
qo‗ymadik‖ [9, 255]. Bu armonli gaplar Abdulla Oripov ta‘biri bilan tuyganda:
―Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o‗tgan va o‗tayotgan goh mashaqqatli,
goh armonli, goh to‗g‗yonli, goh iftixorli yo‗llarning manzara va ohanglari,
sadolari Erkin Vohidov she`riyatida to‗la mujassamdir.
Hali oldinda uzoq, ravon yo‗llar kutib turibdi. Biz Mustaqillikka erishgan
O‗zbekistonimiz uchun, ona xalqimiz uchun bundan buyon ham astoydil xizmat
qilishga (demakki, endi bu ulug‗laimiz o‗z o‗tlug‗ ijodlari bilan – F.Shodiyev
izohi) shaymiz‖ [10, 5]. Demakki, biz hali ham yo‗l boshidamiz. Kim aytadi, Erkin
Vohid, Abdulla Orif yohud Navoiy qoshidamiz?! Erkin Vohid umid qilganidek:
El komil bo‗lmasa yurt emas ulug‗,
Beqadr mahalla bo‗lgani shudir.
Qalb to‗la nur xalqning rizqi ham to‗lug,
Ombor to‗la g‗alla bo‗lgani shudir.
O‗zbek o‗zligini anglasa bekam,
Uning ―Barakalla‖ bo‗lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo‗lgani shudir .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
To‗xliyev B. Alisher Navoiy va yoshlar tarbiyasi. –T.: Bayoz, 2015, 3-bet.
2.
Vohidov E. Bahramandlik // Haqqulov I. Zanjirband sher qoshida. – T.:
Yulduzcha, 1989, 7-bet.
3.
Vohidov E. Iztirob. –T.: O‗zbekiston, 1992, 254-255-betlar.
4.
Vohidov E. Kuy avjida uzilmasin tor. She`rlar va doston. – T.: G‗afur G‗ulom
nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991, 184-bet.
5.
Vohidov E. Umrim daryosi. Saylanma. Uchinchi jild. – T.: Sharq, 2001, 235-
bet.
6.
Navoiydan 100 hikmat. – T.: Yangi asr avlodi, 2016, 78-bet.
7.
Hikmatlar shodasi. – T.: O‗zbekiston, 2013,5-bet.
8.
To‗xliyev B. Alisher Navoiy va yoshlar tarbiyasi. – T.: Bayoz, 2015, 5-bet.
9.
Vohidov E. Iztirob. – T.: O‗zbekiston, 1992, 255-bet.
10.
Erkin Vohidov saboqlari (Shukur Qurbon to‗plovchi, tuzuvchi, hammuallif).
–T.: Alisher Navoiy nomidagi O‗zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,
2016, 5-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |