Zbekiston respublikasi oliy


Sinxron generatorlarni qoʻzg’atish tizimlari



Download 4,4 Mb.
bet9/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Sinxron generatorlarni qoʻzg’atish tizimlari


Sinxron generatorlarning rotor chulg’amlari qoʻzg’atgichlar deb yuritiladigan oʻzgarmas tokning maxsus manbaidan ta’minlanadi. Qoʻzg’atgichlarning quvvati generator quvvatining 0,3—1% ni tashkil qiladi, nominal kuchlanish esa 100 V dan to 600-650 V ga cha boʻladi. Generator qancha kuchli boʻlsa, qoʻzg’atgichning nominal kuchlanishi ham shuncha katta boʻladi.
Qoʻzg’atgich, yordamchi va boshqaruvchi qurilmalarni birgalikda qoʻzg’atish tizimi deb atash qabul qilingan.
Qoʻzg’atgichni generator rotorining chulg’ami bilan elektrik ulash koʻpincha kontakt, halqa va choʻtkalar yordamida amalga oshiriladi. Choʻtkasiz qoʻzg’atish tizimlari ham yaratilgan va ulardan foydalanilmoqda.
Qoʻzg’atish tizimlari ishonchli va tejamli boʻlishi; qoʻzg’atish tokini kerakli oʻzgartirish imkoniyatini berishi; yetarli darajada tez ta’sir etuvchi boʻlishi kerak, shuningdek tarmoqda avariya paydo boʻlganda eng yuqori qoʻzg’atishni ta’minlash kerak.
Qoʻzg’atish tokini rostlash yoʻli bilan sinxron generatorning kuchlanishi va uning tarmoqqa beradigan reaktiv quvvati oʻzgartiriladi. Generator qoʻzg’atishini rostlash generatorlarning parallel ishlashi turg’unligini oshirishga imkoniyat
beradi.
Masalan, qisqa tutashuv paytida hosil boʻladigan kuchlanishning keskin
kamayishida generatorning uyg’otilishini jadallashtirish (tez orttirish) qoʻllaniladi, bu oʻz navbatida generatorlarning elektr tebranishini toʻxtatishga yordam beradi va parallel ishlash turg’unligini saqlash imkoniyatini beradi. Bundan

    1. - rasm. Jadallashdagi qo`zg‘atish kuchlanishining o‘zgarishi

tashqari, rostlash va qoʻzg’atishni jadallashtirish tez amalga oshirilishi releli himoya ishining

ishonchliligini orttiradi va elektr stansiyalarning oʻz ehtiyoji uchun ishlaydigan dvigatellarning oʻz-oʻzidan ishga tushish sharoitini yengillashtiradi.
Qoʻzg’atish tizimining eng muhim harakteristikalari quyidagilar boʻladi: jadallashtirish: V=0,632(Uf,pot-Uf,nom)/Ut,nomt1 (1.6-rasmga) boʻlganda rotor chulg’amidagi kuchlanishning oʻsish tezligini aniqlovchi tez ishlashi hamda maksimal qoʻzg’atish kuchlanishi kattaligining nominal qoʻzg’atish kuchlanishiga nisbati - Uf,pot/Uf,nom = kj jadallilik karraligi.
Turbogeneratorlar uchun standartga muvofiq kj > 2, qoʻzg’atishning oʻsish
tezligi esa sekundiga 2 1/s dan kam boʻlmasligi kerak. Jadallik karraligi kollektorli qoʻzg’atgich generatorning vali bilan tutashtirilganda gidrogeneratorlar uchun 1,8 dan va boshqa qoʻzg’atish tizimlari uchun 2 dan kam boʻlmasligi kerak. Qoʻzg’atish kuchlanishining oʻsish tezligi 4 MVA quvvatli gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,3 1/s dan, katta quvvatdagi gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,5 1/s dan kichik boʻlmasligi kerak.
Uzoq masofaga elektr uzatish liniyasiga ulangan kuchli gidrogeneratorlarniig qoʻzg’atish tizimiga ancha yuqori talab qoʻyiladi (k<3...4, qoʻzg’atishning oʻsish tezligi sekundiga 10Uf,nom gacha).
Rotorning chulg’ami va bilvosita sovitiluvchi generatorlarning qoʻzg’atish
tizimi nominal tokka nisbatan 2 marta katta tokka 50 sekund davomida chidashi kerak. Bu vaqt rotorning chulg’ami bevosita sovitiluvchi generatorlar uchun 20 sekundgacha kamayadi.

Generatorlarning qoʻzg’atish tizimini ikkita guruhga: mustaqil qoʻzg’atishli
va oʻz–oʻzidan qoʻzg’atishli (nomustaqil qoʻzg’atish) guruhlarga boʻlish mumkin.
Birinchi guruhga generatorning vali bilan biriktirilgan, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan hamma elektr mashinali qoʻzg’atgichlar kiradi. Ikkinchi guruhni maxsus pasaytiruvchi transformatorlar orqali generatorning chiqishidan bevosita ta’minlanuvchi qoʻzg’atish tizimlari tashkil etadi. Shu guruhga yana elektr stansiyalarning oʻz ehtiyoji shinalaridan ta’minlanuvchi, oʻzgaruvchan tok dvigatellaridan harakatga keluvchi, alohida joylashgan elektr mashinali qoʻzg’atgichli qoʻzg’atish tizimini ham kiritish mumkin.
Mustaqil qoʻzg’atishli generatorlar eng koʻp tarqalgan. Bu usulning asosiy afzalligi shundan iboratki, bunda sinxron generatorning uyg’onishi elektr tarmog’i rejimiga bog’liq boʻlmaydi va shuning uchun ham eng ishonchli hisoblanadi.
Quvvati 100 MVt va undan kam boʻlgan generatorlarda, odatda, qoʻzg’atgich sifatida sinxron generatorning vali bilan biriktirilgan oʻzgarmas tok generatori qoʻllaniladi (1.7 -rasm).




1.7-rasm. Generatorning mustaqil elektromashinali prinsipial sxemasi
Qoʻzg’atgichning oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish sxemasi asosida bajarilgan (qoʻzg’atgichning qoʻzg’atish chulg’ami (QQCh) qoʻzg’atgichning oʻz yakoridan ta’minlanadi). Qoʻzg’atgichning uyg’onishini boshqarish QQCh zanjiriga oʻrnatilgan shuntli reostat ShQ bilan qoʻlda yoki qoʻzg’atishni avtomatik boshqarish AQU bilan avtomatik amalga oshiriladi.

Oʻzgarmas tok generatori bilan qoʻzg’atish tizimining kamchiligi asosan qoʻzg’atgichning oʻzining kamchiligi bilan aniqlanadi. Bu kamchiliklardan biri aylanish chastotasi kichik boʻlgan gidrogeneratorlarda (=1,2 1/c) qoʻzg’atgichlarning, ayniqsa uyg’onish tezligi oʻsishining nisbatan yuqori boʻlmasligidir.
Koʻrilayotgan qoʻzg’atish tizimining boshqa kamchiligi katta aylanish chastotasiga ega boʻlgan turbogeneratorlarga tegishli. Bunga sabab choʻtka va

kollektorning titrashi hamda ishlash sharoitining og’irligi (kommutatsiya sharoitlari) tufayli oʻzgarmas tok generatorining ishonchli ishlashining kamayishidir.
Quvvati 165 MVt dan katta boʻlgan turbogeneratorlar uchun qoʻzg’atish quvvati shunchalik katta boʻladiki, bunda kommutatsiya sharoitlari boʻyicha 3000 ayl/min aylanish chastotasida oʻzgarmas tok generatorining ishlashini ta’minlash ancha qiyinchilik tug’diradi.
Qoʻzg’atgichning ishonchli ishlashini oshirish maqsadida uning aylanish chastotasini kamaytirish uchun ayrim hollarda qoʻzg’atgich generatorning vali bilan reduktor orqali biriktiriladi. Bunday tizim qator generatorlarda, shular qatori TГВ-300 va TВМ-300 generatorlarida ham qoʻllanilgan. Bunday qoʻzg’atish tizimining kamchiligi qoʻshimcha mexanik uzatmaning mavjudligidir. Yirik generatorlarni qoʻzg’atish uchun yarim oʻtkazgichli toʻg’rilagichli qoʻzg’atish tizimi qoʻllaniladi.




1.8-rasm. Elektromashinali mustaqil uyg‘otishning prinsipial sxemasi
Oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish tizimi, umuman, mustaqil qoʻzg’atish tizimiga qaraganda kamroq ishonchli, chunki ularda qoʻzg’atgichning ishi oʻzgaruvchan tok tarmog’i rejimiga bog’liq boʻladi. Tarmoqda kuchlanish kamayishiga olib keladigan qisqa tutashuv qoʻzg’atish tizimining normal ishlashini buzadi, vaholanki, bunday

hollarda qoʻzg’atish tizimi generator rotorining chulg’amida tokning jadallashtir- lishini ta’minlashi lozim.
Elektr mashinali qoʻzg’atgichi boʻlgan agregatli sinxron generatorni qoʻzg’atishning prinsipial sxemasi 1.8-rasmda koʻrsatilgan. Qoʻzg’atgich agregat elektr stansiyaning oʻz ehtiyojini qondirish shinasidan ta’minlanuvchi asinxron dvigatel AD dan va oʻzgarmas tok generatori Q dan iborat. Qoʻzg’atishni jadallashtirishda qoʻzg’atgich agregatning ishonchli ishlashini oshirish uchun

qoʻzg’atgich Q ni aylantiruvchi asinxron dvigatel zarur oʻta yuklanish xususiyati bilan tanlanadi.
Bunday qoʻzg’atish agregatlari elektr stansiyalarida zaxira qoʻzg’atish manbai sifatida keng tarqalgan.
Yarim oʻtkazgichli oʻzgartirgichli oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish sxemalariniig mumkin boʻlgan variantlaridan biri 1.9-rasmda keltirilgan.
Sxemaning asosiy elementlariga yarim oʻtkazgichli oʻzgartirgichlarning ikki guruhi
- boshqarilmaydigan hamda boshqariladigan toʻg’irlagichlar, kuch kampaundlash transformatori KKT va toʻg’rilagichli transformator kiradi.
Boshqarilmaydigan ventil generator

statorining tokiga ikkilamchi toki proporsional boʻlgan transformator KKT dan boshqariladigan ventil generatorning
1.9-rasm. Yarim o‘tkazgichli o‘z-
o‘zidan qo`zg`atishning prinsipial sxemasi

kuchlanishiga ikkilamchi kuchlanishi proporsional boʻlgan transformator dan ta’minlanadi. Toki generatorning statori tokiga proporsional boʻlgan ventili yuklama mavjudligida mashinani qoʻzg’atish hamda qisqa tutashuvda qoʻzg’atishni jadallashtirishni ta’minlaydi. Toʻg’irlagichlarning quvvati generatorning salt yurishida qoʻzg’atishni hamda normal rejimida qoʻzg’atishni rostlash uchun yetarli qilib hisoblanadi. Boshqarilmaydigan ventillar nominal rejimda generatorni qoʻzg’atish uchun sarflanadigan tokning 70—80% ini ta’minlaydi. Yarim oʻtkazgichli qoʻzg’atish tizimining parametrlari toʻg’ri tanlansa, ular oʻz xususiyatlari boʻyicha mustaqil tiristorli qoʻzg’atish tizimiga yaqinlashadi va shuning uchun quvvatli sinxron mashinalarda qoʻllaniladi.

    1. Download 4,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish