Zbekiston respublikasi oliy



Download 4,4 Mb.
bet12/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Nazorat savollari



  1. Turbogeneratorlar konstruksiyasining oʻziga xos tomonlari.

  2. Gidrogeneratorning konstruksiyasining oʻziga xos tomonlari.

  3. Generatorlarning nominal parametrlari.

  4. Generatorlarni ishlatish protsessida chulg’amlarning izolyatsiyasi eskirishi sabablari.

  5. Generatorlarning bilvosita va bevosita sovitish kamchiligi va afzalligi.

  1. Generatorni havo bilan sovitish.

  2. Turbogeneratorlarni vodorod bilan bilvosita sovitish.

  3. Generatorlarni suyuqlik bilan bevosita sovitish.

  4. Qoʻzg’atgichlarning quvvati generator quvvatining qancha foyizini tashkil qiladi?

  5. Generatorni qoʻzg’atish tokini rostlash nimaga olib keladi? 11.Generatorni mustaqil qoʻzg’atish deganda nimani tushunasiz? 12.Generatorni oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish deganda nimani tushunasiz? 13.Sinxron generatorni oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish tizimining kamchiliklari? 14.Generatorlarni qoʻzg’atishni avtomatik rostlashning afzalliklari?

15.«Kompaundlash» terminini tushuntirib bering. 16.Generatorning maydonini soʻndirish deb nimaga aytiladi? 17.Generatorning maydonini soʻndirish nima uchun ishlatiladi?
18.Generatorning magnit maydonini soʻndirish usullarini aytib bering. 19.Rotor chulg’amining zanjiriga tez ishlovchi avtomatning yoy soʻndiruvchi
panjarasini ulash usulini aytib bering.

2. Kuch transformatorlari


    1. Kuch transformatorlarning turlari va ularning nominal parametrlari

Elektr stansiya va podstansiyalariga oʻrnatilgan kuch transformatorlari elektr energiyani bir kuchlanishdan ikkinchisiga aylantirish uchun xizmat qiladi. Uch fazali transformatorlar eng koʻp tarqalgan, chunki ularda jami quvvati xuddi shuncha boʻlgan uchta bir fazali transformatorlarga qaraganda isroflar 12—15%, aktiv materiallar sarfi bilan qiymati 20—25% kam.
Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 MVA gacha, 330 kV kuchlanishli, quvvati 1000 MVA li uch fazali transformatorlarni va 500/110 kV li, birlik quvvati 250 kVA li avtotransformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Transformatorlar quvvatining chegaraviy qiymati ularni transportirovka qilish sharoitlari, massasi va oʻlchamlari bilan cheklanadi.
Bir fazali transformatorlar, odatda, yetarli quvvatga ega boʻlgan uch fazali
transformator tayyorlash mumkin boʻlmagan yoki transportirovka qilish ancha qiyin boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi. Bir fazali transformatorlar guruhlarining eng katta quvvati 500 kV

2.1-rasm. Transformatorlarning prinspial sxemalari: а)-ikki chulg‘amli; b)-uch chulg‘amli;v)-past chulg‘amli
ajratilgan ikki chulg‘am.
kuchlanishda 1600 MVA;
750 kV kuchlanishda 1250 MVA ga teng.

Har bir fazadagi turli kuchlashdagi chulg’amlar soniga qarab transformatorlar ikki chulg’amli va uch chulg’amliga boʻlinadi (2.1-rasm, a, b). Bundan tashqari, aynan bir xil kuchlanishdagi chulg’amlar, odatda, pasaytiruvchi chulg’ami bir-biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan izolyatsiya qilingan ikki

va undan ortiq parallel tarmoqlardan tashkil topadi. Bunday transformatorlar ajratilgan chulg’amli transformatorlar deb ataladi (2.1-rasm, v). Yuqori, oʻrtacha va past kuchlanishli chulg’amlarni qisqacha YuK, OʻK va PK deb belgilash qabul qilingan.
Past kuchlanishli ajratilgan chulg’amli transformatorlar bitta kuchaytiruvchi transformatorga bir nechta generatorlarni ulash imkonini beradi, oʻz ehtiyojini ta’minlash sxemalarida, shuningdek qisqa tutashuv tokining kattaligini cheklash maqsadida, pasaytiruvchi podstansiyalarda ham keng qoʻllaniladi.
Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki, qisqa tutashuv kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi.
Transformatorning nominal quvvati deb zavod pasportida koʻrsatilgan toʻla quvvatining qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, oʻrnatish joyi va sovitish muhiti nominal boʻlgan sharoitlarda transformatorni shu quvvat bilan uzluksiz yuklash mumkin boʻladi.
Ikki chulg’amli transformatorlarning nominal quvvati uning har bir chulg’amining quvvatidan iborat. Uch chulg’amli transformatorlar chulg’amlarining quvvati bir-biriga teng yoki har xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari har xil boʻlganda har bir alohida chulg’am ichida eng katta nominal quvvatga ega boʻlgan chulg’amning quvvati transformatorning nominal quvvati deb qabul qilinadi.
Chulg’amlarning nominal kuchlanishlari - taransformatorning salt ishlashida birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarining kuchlanishlaridir. Uch fazali transformator uchun bu uning liniya (fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali transformator agar yulduz sxemasida biriktirilib, uch fazali guruhga ulashga
moʻljallangan boʻlsa, bu kuchlanish U/ 3 ga teng boʻladi. Transformator yuklama bilan ishlaganda va uning birlamchi chulg’ami qisqichlariga nominal kuchlanish berilganda ikkilamchi chulg’amdagi kuchlanish nominalga qaraganda transformatorda isrof boʻlgan kuchlanishning kattaligiga teng miqdorga kichik boʻladi. Transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti k yuqori va past
kuchlanish chulg’amlarining nominal kuchlanishlar nisbatidan iborat boʻladi:

n UYuN
U PN

, (2.1)



Uch chulg’amli transformatorlarda chulg’amlarning har qaysi jufti uchun transformatsiya koeffitsiyenti aniqlanadi: YuK va PK; YuK va OʻK; OʻK va PK.

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish